Sitozol-sitoplazmaning bir qismi bo* lib, membranali organoid-
lar orasidagi bo'shliqda joylashadi. Uning hajmi hujayra umumiy
hajmining 50%ni tashkil etadi. Sitozol
tarkibida oraliq almashinuv
fermentlari va ribosomalar uchraydi. Ribosomalarda sintezlangan
oqsillaming deyarli yarmisi sitozolda uning doimiy komponenti si-
fatida qoladi. Sitozol biomolekulalar to ‘planadigan joy boMib, shun
ingdek bu yyerda
turli metabolik jarayonlar, jum ladan glikoliz, yog‘
kislotalari,
aminokislotalar, nukleotidlar sintezi sodir boMadi.
Sitoplazmaning va aynan gialoplazmaning asosiy vazifasi: hujayra
ichidagi tuzilmalami
o lzaro birlashtirib, ular orasidagi kimyoviy mu-
nosabatlami belgilab berishdir. Gialoplazma orqali ko£pgina hujayra
ichi transport jarayonlari amalga oshadi: aminokislotalar, nukleotidlar,
yog1 kislotalari tashiladi. Gialoplazmada doimiy ravishda plazmatik
membrana va undan hujayra organoidlariga yo ‘nalgan ionlar oqimi
amalga oshadi. Gialoplazma ATF molekulalari to'planadigan va ha-
rakat qiladigan joy. Gialoplazmada
turli mahsulotlarning, masalan
glikogen, yog4 tomchilarining to ‘planishi kuzatiladi. Gialoplazma
turli fermentlarga
ega boMib ular glikoliz, aminokislotalarning oqsili
sintezidagi faollashishi, reaksiyalarini katalizlashda ishtirok etadi.