Bunga plazmatik membrana ustida joylashgan tuzilm alar kiradi.
Bulardan biri glikokaliks boMib, hayvon hujayralarida yaxshi taraqqiy
etgan, o ‘simlik hujayrasida kamroq uchraydi. Uning tarkibiga mem
brananing periferik oqsillari, glikolipidlar va glikoproteinlar kiradi.
Glikokaliks tashqi muhit bilan aloqada bo‘lgani uchun hujayra tashqi
apparatning muhim resteptorlik vazifasini bajaradi. Glikokaliksning
tuzilishi xar bir hujayra uchun muayyan bo‘lib, takrorlanmaydi, shun-
ga qarab hujayralar bir-birini tanib oladi. Ichak epiteliysi yuzasidagi
mikrotukchalar orasida joylashgan glikokaliks hujayra usti hazm qil
ish jarayonida ishtirok etadi.
Hujayra tashqi apparatining membranausti tuzilmalariga shun-
ingdek prokariot va o ‘simlik hujayralaridagi hujayra devori kiradi.
Bu tuzilmalaming mahsuloti hujayraning o ‘zida sintezlanib plazma
tik membrana yuzasiga chiqariladi. Bularning tuzilish prinsipi temir-
betonga o ‘xshaydi-elastik asosga karkas tolalar kirib turadi. Tarkibi
polisaxaridiardan iborat. Hujayra devori faqat himoya vazifasini ba-
jarib qolmay,turgor holatni saqlaydi.
Hayvon hujayrasi organizmdan ajratib olinib suvga solib qo‘yilsa
biroz vaqtdan so‘ng hujayra shishib yoriladi, chunki plazmatik mem
brana orqali ichiga suv kiradi. Organizm ichida bu xodisa ro‘y ber-
maydi, chunki u yyerda hujayralararo suyuqlikdagi tuzlar kontsen-
tratsiyasi hujayra ichidagi kontsentratsiyasiga yaqin.
Chuchuk suv havzalarida erkin yashovchi bir hujayrali organizm
lar ham lizislanmaydi (parchalanmaydi). Chunki doimiy ravishda hu
jayra nasosi - qisqaruvchi vakuol ishlaydi. lzotonik muhitda yashov
chi dengiz sodda hayvonlarida qisqaruvchi vakuol yo‘q .
Agarda suvga bakteriya yoki o‘simlik hujayrasi joylashtirilsa,
uning hujayra devori butun bo‘lsa u lizislanmaydi. Agar maxsus
fermentlar ta’sir ettirib hujayra devori eritilsa shu vaqtning o ‘zida
hujayra shishib yoriladi. Demak, hujayra devori hujayra ichiga ortiq
cha suv kirishidan saqlar ekan. Hujayra ichiga suv kirgan mahalda
hujayra devori taranglashib turgor holat yuzaga keladi va ortiqcha
suv kirishiga to‘sqinlik qiladi.
0 ‘simliklaming hujayra devori ikki komponentdan tuzilgan:
1. Am orf gelsimon matriksi- polisaxaridlar bo‘lmish gemiselly-