hayvonlarnikidek k o‘p boMadi. Mitoxondriyalar adaptatsiya hosil
qilish xususiyatiga ega. Masalan, kalamushlami gipodinamiya (kam
harakatlanish) sharoitiga joylashtirganda, mitoxondriyalardagi krista-
lar va ko‘ndalang targ‘il muskul tolasidagi mitoxondriyalar soni ke-
skin kamaya borganligi kuzatiladi. Lekin, hayvonlar aktiv harakatga
keltirilganda (suzdirilganda), mitoxondriyalar o ‘z sonini va holatini
tezda tiklaganlar.
Mitoxondriyalarning tashqi va ichki membranari tarkibi va fizik
xususiyatlari bilan farq qiladi. Osmotik bosimning ortishi yoki ka-
mayishidan ichki membrana burishib yigMIib qoladi, lekin key-
inchalik to ‘gMrlanishi mumkin. Tashqi membrana cho‘zila olmasligi
tufayli uziladi. Tashqi membranada lipidlar bilipid qatlamni hosil
qilsa, ichki membranada faqat bir qism lipidlar bilipid hosil qilishda
ishtirok etadi. Tashqi membrana endoplazmatik to‘r membranalari
bilan o ‘xshash boMadi. Ichki membrana va mitoxondriya matriksi
oksidlanish va fosforlanish fermentlariga boy boMadi.