gan m itoz yoki kariokinez va kam uchraydigan am itoz usulida
b o‘linadilar.
Mitoz.
Birinchi marta hujayralardagi yadroning bo‘linishini 1874
yilda rus olimi I.D.Chistyakov aniqlagan. Mitoz atamasini birinchi
marta 1882 yilda V.Flemming qo‘Hagan.
B o‘linish sikliga kirgan hujayralarda mitoz davri ko‘p
vaqtni
egallamaydi. Masalan: ildiz meristemasi hujayralarida interfaza 16-
30soat, mitozni o‘zi - 2-3 soat davom etadi. lchak epiteliysi hujay
ralarida interfaza 20soat, mitoz - 1 soat kechadi. Tuxum hujayraning
maydalanish bosqichida butun hujayra sikli 1 soatga bormaydi.
Mitoz quyidagi fazalardan iborat: profaza, metafaza, anafaza,
telofaza. Fazalar orasida aniq chegara yo‘q. Chunki mitozning o ‘zi
silliq kechadi. Faqat anafazaning boshini aniqlash mumkin.