MA’RUZA 8. HUJAYRANING QAYTA TIKLANISHI
Reja:
1. Hujayralai*ning bo‘linishi
2. Mitoz
3. Profaza va
Metafaza
4. Anafaza va Teleofaza
M.Shleyden va T.Shvannlar yaratgan
hujayra nazariyasini
R.Virxov to‘ldirib “har bir hujayra faqat hujayradan” deb aytadi.
1879 yilda T.Boveri va V.Flemminglar hujayrada yangi hujay-
ralarning hosil boMishiga olib keladigan jarayonlarni ta’riflaydilar.
1887yilda A.Veysman gametalar hosil bo‘lishida hujayra boMinishning
boshqa turi (meyoz) kechishini aniqlaydi.
Hujayra boMinishining har qanday shaklida DNK replikatsiyasi
kuzatiladi.
Hujayraning bir boMinishidan ikkinchi bo‘linishigacha boMgan
vaqt o ra lig i
hujayra sikli
deyiladi. Turli
hujayralar uchun uning
davomiyligi har xil. Bakteriya hujayrasi har 20 minutda bir marta
bo‘linadi.
K o‘p hujayrali organizmlar hujayralari har xil bo‘linish xususi-
yatiga ega. Erta embriogenezda hujayralar tez-tez bo'linsa, yetuk
organizmda bu xususiyatini yo ‘qotadilar. K o‘p hollarda xattoki
boMinish xususiyatini y o‘qotadilar: mahsuslashgan, differensiatsiyaga
uchragan hujayralar (nerv).
Organizmda doimiy yangilanib turuvchi to ‘qimalar (epiteliy,
qon, biriktiruvchi ) bo4lib, ulaming hujayralari doim bo‘linib turadi.
0 ‘simlik organizmida bunday to‘qima kambiydir.
Hujayra sikli uchta bosqichdan iborat: 1. interfaza. 2. mitoz 3.
sitokinez.1
Hujayra siklining turli davrlari bir-biridan DNK, RNK, oqsil m iq
dori bilan ajraladi.
Interfaza uchta davrdan iborat:
sintezdan aw alg i G l, sintez S,
sintezdan keyingi G2 davri.
Sintezdan aw alg i davr hujayra hajmining ortishi va DNK sinteziga
1
Gerald Karp. Cell and Molecular Biology. USA, 2013, «Wiley».286-288p.
143
tayyorgarlik davri. Bu davrdagi hujayra hajmining ortishi sintez
davridagi DNK sintezi uchun sharoit hisoblanadi. G1 davrda DNK va
RNK metabolizmi fermentlari sintezlanadi.
Sintetik davr hujayra siklining asosiy davri. Uning blokadasi
(qurshovi)
siklni to ;xtatib qo'yadi. DNK sintezisiz hujayralar mi
totik bo‘linmaydi. Bundan ikkita boMinish orasida replikatsiyaning
bo‘lmasligi mustasnodir. S davming davomiyligi DNK replikalsiyas-
ining o ‘tish tezligiga bog4liq, har xil hujayralarda turlicha 30 rninut-
dan 7 soatgacha.
S davming o ‘tishi uchun zarur RNK va oqsillar sintezi G1 davrda
boshlangan bo‘lib, bu yyerda davom etadi.
DNK sinteziga parallel
ravishda sitoplazmada gistonlaming sintezi va ulam ing yadroga mi-
gratsiyasi (o‘tishi), ulaming DNK bilan bog‘lanishi amalga oshadi.
Bu darvda rRNK sintezlanib, u G2 davrda mitozning borishi uchun
ishlatiladi.
Postsintetik yoki premitotik davr G2. Interfazaning boshqa davr-
lariga nisbatan qisqa. B a’zi hollarda boMmasligi mumkin. Ayrim hu
jayralar esa bu darvda uzoq qolib ketadi.
Bu davrda hujayra RNK lari va oqsilari sintezi davom etadi. M i
tozning borishi uchun kerak bo‘lgan iRNK sintezi boradi.
Undan av-
val hujayra bo4inishini belgilab beruvchi oqsillar sintezida ishtirok
etadigan ribosomalarning rRNK si sintezlanadi. Mitotik bo‘linish du-
kining oqsili tubulin ham shu davrda sintezlanadi. Bu davrda keyingi
G1 davming kechishi uchun kerak bo‘lgan RNK sintezlanadi.