Hujayra biologiyasi I. A. AbduIov X. U. X albekova




Download 5,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/113
Sana06.06.2024
Hajmi5,62 Mb.
#260794
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   113
Bog'liq
NamDU-ARM-1159-Hujayra biologiyasi

DNK kompaktizatsiyasi
DNKning oqsillar bilan xromatin tarkibidagi o ‘zaro munosabati- 
dan uning kompaktizatsiyasi (taxlanishi) amalga oshadi. DNP (dezo- 
ksiribonukleoprotein) moiekulasi xromatin tuzilishidagi eng kichik 
birlik. Uning yuksak darajadagi taxlanishini mitozda ya’ni xromo­
soma maksimal darajada kondensatsiyalanib kompakt yigMlganida 
ko‘rish mumkin.
Xromosomalar tarkibidagi DNP fibrillami birinchi marta 1957 
yilda X.Ris topgan boMib, ularga elementar xromosoma fibrillari deb 
nom beradi.
Odamning bitta xromosomasidagi DNK ning uzunligi o‘rtacha 
4 sm. Metafaza xromosomasining uzunligi 4 mkmni tashkil etadi. 
Demak, odamning metafaza xromosomasidagi DNK moiekulasi 10 
OOOmarta qisqarib, taxlanib joylashadi.
DNK tarkibidagi gistonlar guruhlar hosil qilib joylashadi. Har bir 
guruh 8 ta gistondan iborat boMib, bu tuzilma nukleosoma nomini 
olgan. Nukleosomaning kattaligi 10 nm boMib, uning ustida DNK 
moiekulasi o craladi. Har bir nukleosoma atrofida 140 nukleotidlar
135


juftligidan iborat DNK molekulasi o‘ralib joylashadi. Natijada nuk- 
leosomani hosil boMishida DNK uzunligi 7 marta qisqaradi. Nukleo- 
somalar orasidagi DNK boMagida H I oqsili joylashadi. DNKning bu 
qismi linker DNK deyiladi. Linker DNKning uzunligi 10-60 tagacha 
nukleotidlardan iborat. Shunday qilib, fibrill tuzilmasi ipga tizilgan 
munchoqlami (marjonni) eslatadi.
HI gistoni nukleosomalami keyingi bosqichda kondensatsiyalan- 
ishida muhim ahamiyatga ega. Bu bosqich xromatin DNK sining 
keyingi tuzilish darajasidir. Bunda nukleosomalar 6 tagacha boMib 
birlashib 25 nm diametrga ega bo4lgan nukleomeralami hosil qiladi.
A.Klug modeliga asosan nukleomeraning bitta qadamiga (lOnm) 6 ta 
nukleosoma to‘g‘ri kelsa, DNKning uzunligini 40 marta qisqarishiga 
olib keladi.
Mitoz bo‘linishda DNK replikatsiyasi (2 hissa oshishi) natijasida 
har bir xromomsoma ikkita xromatindan iborat bo‘ladi. Har bir xro- 
matida ikkita nukleoproteid iplaridan-xromonemalardan- tuzilgan, 
demak xromosoma tanasida bu iplar to ‘rtta. Xromosomalar tarki- 
bidagi bu tuzilmani birinchi marta 1880 yilda Baranetskiy (Polsha) 
topgan bo‘lib, 1992 yilda Veydovskiy ularni xromonema deb nom- 
laydi. Xromonemalaming zichlashib spirallari tugunchalar hosil qilib 
joylashishi natijasida xromomeralar hosil boMadi.
DNK ning tuzilish darajalari quyidagi bosqichlardan iborat:
1. Nukleosoma - DNK spiralining giston oqsillari ustida o ‘ralishi.
2. Nukleomera - 6-8 ta nukleosomaning globula shaklida bir- 
lashishi. Bir nechta nukleomer larning o‘zaro yaqinlashishidan DNP 
(dezoksiribonukleoprotein) lar hosil bo'ladi.
3. Xromonema. DNP fibrillalarining nogiston oqsillari yordamida 
rozetkasimon tuzilmalami hosil qilishi.
4. Xromomera. Xromonemalaming spiralsimon yig‘ilishidan ho­
sil bo‘lgan xromosoma iplari.
Xromosomalar bo‘linayotgan hayvon hujayralarida 1882 yilda 
Flemming va o ‘simlik hujayralarida Strasburger tomonidan aniqlan- 
gan. Xromosoma nomini 1888 yilda ulaming bo‘yalish xususiyatiga 
qarab Valdeyer bergan.

Download 5,62 Mb.
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   113




Download 5,62 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hujayra biologiyasi I. A. AbduIov X. U. X albekova

Download 5,62 Mb.
Pdf ko'rish