Lekin aniqlanishicha, xromosomalarning kondensatsiyasi telofazaga-
cha amalga oshadi. Bu ulami uzun DNK molekulasi hujayralar ora
sida to‘siq hosil boMayotganda shikastlanishdan saqlar ekan.
Xromosoma tanasini ikkiga birlamchi belbogM-sentromera-
ajratadi. Uning joylashishiga qarab: 1. Metasentrik-teng yelkali 2.
Submetasentrik - noteng yelkali va 3. akrosentrik - bitta yelkasi juda
kalta boMgan xromosomalarni ajratiladi(22rasm).
Sentromera yoki kinetoxor- xromosomaning
muhim tarkibiy qismi
boMib, 1937 yilda K.Darlington tomonidan shunday nomlangan. Bu yy-
erda tubulin polimerizatsiyalanib boMinish duki mikronaychalari hosil
boMadi va xromosomalarni hujayrani qutblariga tortadi. Sentromerada
DNK zanjirining o ‘rami cho‘ziqroq boMganligi uchun bu joy xromoso
maning boshqa joylarga qaraganda och bo^aladi. Sentromerada uchta
zona farqlanadi: o‘rta kinetoxor uchastkasiga xromosomalar birikadi,
ikkita chekka qismi xromatidlami biriktiradi.
Odatda xromosomalar-
da bitta sentromera boMadi-monosentrik , lekin disentrik(di-ikki) va
polisentrik(poli-ko‘p) xromosomalar ham uchraydi.
Ikkilamchi belbog‘.
Ular odatda xromosomalarning uchki
(telomer) qismlarga yaqin joyda joylashadi va yadrochalarning hosil
boMishida ishtirok etadi. Shuning uchun ular yadrocha hosil qiluvchi
markaz yoki nukleolyar zona deyiladi(22rasm).
Ikkilamchi belbog4da yadrochadagi
r-RNK sintezini va uning
etilishini boshqaruvchi genlar joylashgan boMadi.
Ayrim xromosomalarda ikkilamchi belbogM xromosoma telom-
erasiga yaqin joylashgan boMadi. Bu yyerda DNK zanjirining o‘rami
ancha uzun boMganligi uchun telomera xromosomadan ancha uzo-
qda joylashib, yoMdosh hosil qiladi. YoMdoshli xromosomalar SAT
xromosomalar
deyiladi. Sine Acido Thymonucleico- y a’ni
nuklein
kislotasiz degani, lekin tadqiqotlar natijasida maMum boMganki, bu
haqiqatdan yiroq chunki yoMdoshni xromosoma tanasiga biriktirib
turuvchi ip tarkibida DNK topilgan. Buni 1912 yilda Rossiyalik olim
S.G.Navashin aniqlagan. Lekin shunga qaramay SAT xromosoma de-
gan nomi haligacha ishlatiladi.
Telomera - xromosomaning
oxirgi qismi boMib, xromosomalam-
ing mustaqilligini va butunligini ta’minlaydi.
Xromosomaning uzilgan qismlari bir-biri bilan osonlikcha bir-
lashishi mumkin. Lekin telomera qismlari bir-biri bilan hech qachon
137
birlashmaydi. Telomera DNKning kichik takrorlanib keluvchi ketma-
ketliklari boMib, taxmin qilinishicha o ‘zida gen saqlamaydi. Telomer-
lar “oMim markerlari”-ular xromosomaning uchida bo'lganligi
uchun
asta-sekin emirilib xromosomani mutasiyalardan saqlaydi. H ar bir
boMinishdan keyin telomer uzunligi qisqarib boradi, himoyasiz qol-
gan xromosomalar o‘zaro yopishib, genetik
informatsiya aralashib
ketadi va hujayra nobud boMadi. Rak hujayralari o‘zlarini oMimdan
himoya qilishni o ‘rganganlar. Ularda maxsus mexanizm mavjud
boMib, telomeralari yemirilmaydi.
/ V
22-rasm
.
Xromosomalarning tuzilishi. A - Xromosoma
turlari: a-akrosentrik, b-submetasentrik, c-metasentj'ik; Б.
B. Xromosomaning ichki tuzilishi; 1-sentromera; 2-DNKning
spiralsimon о ‘ralgan ipi; 3-xromatidalar; 4-yo
‘
Idoshcha
;
5-ikkilamchi belbog
*