Metafaza xromosomalari matriksi




Download 5,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/113
Sana06.06.2024
Hajmi5,62 Mb.
#260794
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   113
Bog'liq
NamDU-ARM-1159-Hujayra biologiyasi

Metafaza xromosomalari matriksi. 
Matriks xromosoma tana- 
sini o ‘rab oladi, tarkibi RNK dan iborat. Mitoz davomida matriks 
metafazadan boshlab shakllanadi. Telofaza oxirida matriks xromo­
somalar atrofida granulalar ko‘rinishida to‘planadi. Demak, matriks 
mitotik xromosomalarning granulyar va fibrillyar tuzilmasi. Matriks 
mahsulotlari interfazada sintezlanadi.
Xromosomaning uzunligi bo‘yicha uning irsiy jihatdan faolligi bir 
xil emas, xromosomalami maxsus buyoqlar bilan bo‘yalganda, uning 
ayrim qismlari to ‘q bo‘yalib, boshqa qismlari esa och bo‘yaladi, y a5ni 
geteroxromatin va euxromatin hosil qiladi.
138


Geteroxromatin qismida xromosomalar qattiq spirallashgani uc­
hun to‘q bo‘yaladi, bu yyerda asosan nofaol genlar joylashgan.
Euxromatin qismida esa faol genlar joylashadi va bu yyerda 
xromosomalar spirallashishi bo‘shroq bo‘ladi. Shuning uchun och 
bo‘yaladi.
Geteroxromatin uchastkalari telomerlar, sentromeralar, yadrocha 
markazi atrofida uchraydi.
Fakultativ va strukturaviy geteroxrom atin ajratiladi. Fakul- 
tativ geteroxromatin vaqtinchalik kondensatsiya holatiga o ‘tadi, 
bunda uning yuzasida sintez jarayonlari to ‘xtaydi. Lekin bu holat 
vaqtinchalik bo'lib, funksional faolligi tiklanganda yana euxrom- 
tinga aylanadi.
Strukturaviy geteroxromatin bunday holatga o‘tmaydi. Unda hech 
qanday sintez jarayonlari bormaydi.
Geteroxromatinning ba’zi bo‘laklari yadro ichki membranasida 
joylashadi. Uning bu aloqasi shunchalik mustahkamki sentrifugalash 
natijasida ham uzilmaydi. Bog‘lanishlar yadro poralari joyida yo‘q.
Xromosomalarning 
uzunligi 
0,2-5,0mkm, 
eni 
0,2-3,0 mkm 
bo‘lishi mumkin. Ayrim hasharot va amfibiyalaming xromosomalari 
yirik, zam bunig4 va suvo4tlarining xromosomalari esa mayda bo‘ladi. 
Odam xromosomalarining kattaligi 1-10 mkm ga teng.
Bir hujayradagi barcha xromosomalar yig‘indisi xromosoma 
to ‘plami deyiladi. Ikki xil to ‘plam farqlanadi - gaploid- “ n” va 
diploid- “2n”.
K ario tip . Turning bir somatik hujayrasidagi xromosomalari soni, 
ularning katta-kichikligi, tuzilishi, har bir xromosomada sentromera- 
ni joylashishi hammasi birgalikda tur kariotipini hosil qiladi. 0 ‘zaro 
yaqin turlar ham kariotipi bo‘yicha farq qiladi.
Kariotip har bir tur uchun doimiy bo4lib, shu turning asosiy bel- 
gilaridan biri hisoblanadi. Kariotipda autosomalar va jinsiy xromoso­
malar alohida ko'rsatiladi. Masalan, odamning somatik hujayralarida 
kariotip 46 (2n) xromosomalar to ‘plamida bo‘lib, autosomalari 44, 
jinsiy xromosomalari ayoIda-XX va erkakda-XY ko‘rinishda bo‘ladi.
Juda yaqin turlar ham xromosomalar to ‘plami bilan farq qiladi. 
Bu farq bir xromosoma soni yoki o'lcham i, shakli k o ‘rinishida nam- 
oyon bo‘lishi mumkin. Shuning uchun kariotip taksonomik( sistema- 
tikada ishlatiladigan) belgi hisoblanadi.
139


Xromosomalar taxlil amaliyotida yana bir usul qoMlaniladi. Bu 
xromosomalarning differensial bo‘yalish usuli. Xromosomalar fluo- 
roxrom bo‘yog‘i bilan bo‘yalganda mikroskop ostida ular yuzasida 
yo‘l-yo‘1 chiziqlar paydo boTadi. Bu chiziqlar har bir xromosoma uc­
hun muayyan boMib takrorlanmasdir, xuddi odamning barmoq izlari 
singari. Tashqi tuzilishi jihatidan bir xil bo‘lib ko‘ringan xrom oso­
malar differensial bo‘yalgandan keyin bir-biridan butunlay farq qila­
di. Bu usul odam xromosomalarini sinchiklab o ‘rganishga yordam 
berdi. Sitologik tahlilning bu usuli odam xromosomalari xaritalarini 
tuza boshlashga, ya’ni genlarning joylashgan joyini aniqlashga asos 
soldi. Odam xromosomalari ularning katta kichikligiga karab 7 ta 
guruhga ajraladi. Tashqi tuzilishi jihatidan l-2chi juft xromosomalari 
yirik, 13chi juft xromosoma- akrosentrik, 19-20-lari- mayda ekan- 
ligini ko‘rish mumkin. Lekin, differensial bo‘yash usuli yordamida 
xatto bitta guruhga kiruvchi xromosomalar orasida ham farq borligi 
m a’lum bo‘ldi.
Ayollarda XX va erkaklarda XY boMib genlar nisbati 1098ta 
ayollarda : 78ta erkaklarda; nukleotidlar soni -160 mln ayollarda; 23 
mln erkaklarda. Erkaklarning turli kasalliklarga beriluvchanligi, ayol- 
larga nisbatan ular xromosomalari orasidagi farq hisoblanadi. Chun­
ki ayollardagi bitta X xromomsomasidagi buzilishlar ikkinchi xuddi 
shunday xromosoma hisobiga tiklanadi.

Download 5,62 Mb.
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   113




Download 5,62 Mb.
Pdf ko'rish