da perinuklear bo‘shliq joylashadi.Tashqi membrananing ba’zi joy-
lari donador endoplazmatik to ‘rga o‘tib uning yuzasida ribosomalar
joylashadi. Yadro membranasi o ‘tkazuvchanlik xossasiga ega bo‘lib u
orqali ionlar, kichik molekulalar: aminokislota va nukleotidlar o ctadi.
DNKaza kabi oqsillar yadroga erkin o ‘tadi. Shu tarzda yadrodan
tashqariga ham moddalar chiqariladi. Shuningdek yadro qobigci orqa
li moddalar o ‘tishining yana bir yo‘li membrana yuzasida o‘simta
paydo bo‘lib, u yadro membranasi bilan o‘ralib vakuol k o‘rinishida
sitoplazmaga chiqadi. Tashqi va ichki membranalar ba’zi joylarida
birikib bu yerlarda yadro poralari joylashadi.
Yadro poralari birgalikda poralar kompleksini tashkil etadi. Yadro
poralari geterogen oqsil tuzilmasiga ega.
Tashqi va ichki membran-
alarda poralar joyida 8 tadan oqsil globulalari joylashadi. Pora kom-
pleksining markazida markaziy globula joylashib u chekka giobulalar
bilan fibrill tolalari orqali birikadi. Markaziy globulada kanal bo‘lib,
u orqali gialoplazmaga sintezlangan iRNK chiqadi. Poralar komplek-
si tarkibida RNKaza fermenti topilgan bo‘lib, bu yyerda iRNKning
yetilishi kuzatiladi. Shuningdek yadro
porasi faqat iRNKning emas
boshqa molekulalaming ham yadrodan gialoplazmaga chiqariiishida
va teskari jarayonda ishtirok etadi.