|
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifasi
|
bet | 2/8 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 168,56 Kb. | | #230372 |
Bog'liq taxminaBitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifasi. Boshlang’ich sinf darsliklariga kiritilgan mumtoz adabiyot vakillari asarlarining tarbiyaviy jihatlarini tahlil qilish va ularni o’quvchilarga o’rgatish.
Ishning ilmiy yangiligi. O’rganilishi ko’rsatilgan yozuvchilar asarlariga hozirgi kunda yosh avlod uchun juda dolzarb bo’lgan odob-axloq masalasi jihatidan qaralishi va tahlil qilinishi. Boshlang’ich sinf darsliklarida berilgan pand-nasihat ko’rinishida yozilgan bunday asarlar qay tarzda yosh avlod tarbiyasiga ta’sir qila oladi, shu savolga javob berilganligi.
Ishning amaliy ahamiyati. Mazkur bitiruv malakaviy ishidan pedagogika va psixologiya, boshlang’ich ta’lim talablari kurs va bitiruv ishlarini yozishda foydalanishlari mumkin.
Ishning obyekti. Boshlang’ich sinf darsliklaridagi mumtoz adabiyot namoyondalarining asarlaridan namunalar.
Ishning predmeti. Bu namunalarning o’quvchilar odobi va axloqiga ta’siri o’rganish.
Ishning tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I BOB. BOSHLANG’ICH SINF “O’QISH” DARSLIKLARIDA BERILGAN MUMTOZ ADABIYOT NAMUNALARIDA ODOB-AXLOQ MAVZUSINING USTUVORLIGI
“Axloq” so’zi arabchadan olingan bo’lib, insonning m uomala va ruhiy xususiyatlari majmuini, fe’lini, tabiatini anglatadigan “xulq” so’zining ko’plik shaklidir. “Axloq” iborasi muayyan tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xatti-harakatining keng qamrovli qismini bildiradi. Axloqni umumiy tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan bo’lsak, doiraning eng kichik qismini — odob, undan kattaroq qismini — xulq, keng qamrovli qismini — axloq egallaydi.2
Odob — inson haqida yoqimli taassurot uyg’otadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida burilish yasaydigan darajada m uhim ahamiyatga ega bo’lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o’z ichiga oladi.
Xulq — oila, jam oa, m ahalla-ko’y miqyosida ahamiyatli bo’lgan, am m o jam iyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta ‘sir ko’rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti-harakatlarning majmui.
Axloq — jamiyat, zamon, ba’zan insoniyat tarixi uchun namuna bo’la oladigan umumbashariy ahamiyatga ega ijobiy xatti-harakatlar yig’indisi, insoniy kamolot darajasini belgilovchi ma’naviy hodisa. Bu fikrlarimizni misollar orqali tushuntirishga harakat qilamiz. Deylik, metroda yoshgina talaba yigit hamma qatori o ‘tiribdi. Navbatdagi bekatdan bir keksa kishi chiqib, uning ro’parasida tik turib qoldi. Agar talaba darhol: “O’tiring, otaxon!” deb joy bo’shatsa, u chiroyli amal qilgan bo’ladi va bu amali bilan atrofdagilarda yaxshi kayfiyat uyg’otadi; chetdan qarab turganlar unga ich-ichidan minnatdorchilik bildirib: “Baraka topgur, odobli yigitcha ekan”, deb qo’yadilar. Aksincha, talaba yo teskari qarab olsa, yoki o ‘zini mudraganga solib, qariyaga joy bo’shatm asa, g’ashimiz keladi, ko’nglimizdan: “Buncha beodob, surbet ekan!” degan fikr o’tadi, xullas, u bizda yoqimsiz taassurot uyg’otadi. Lekin, ayni paytda, talabaning qariyaga joy bo’shatgani yoki bo’shatmagani oqibatida vagondagi yo’lovchilar hayotida darhol birorbir ijobiymi, salbiymi — muhim o’zgarish ro’y bermaydi.
Xulqqa quyidagicha misol keltirish mumkin: mahallamizdagi oila bosh liqlaridan biri imkon boricha qo’ni-qo’shnilarning barcha ma’rakalarida xizmatda turadi, qo’lidan kelgan yordamini hech kimdan ayamaydi, ochiqko’ngil, ochiqqo’l, doimo o’z bilimini oshirib borishga intiladi, tirishqoq, oila a’zolariga mehribon va h.k. Unday odamni biz xushxulq inson deymiz va unga mahallamizning namunasi sifatida qaraymiz. Bordi-yu, aksincha bo ‘lsa, u qo’ni-qo’shnilar bilan qo’pol kutubxonasi muomala qilsa, to’y-ma’rakalarda janjal ko’tarsa, sal gapga o’dag’aylab, musht o’qtalsa, ichib kelib, oilada xotin-bolalarini urib, haqoratlasa, uni badxulq deymiz. Uning badxulqliligidan oilasi, tevarak-atrofdagi ba’zi shaxslar jabr ko’radi, mahalladagilarning tinchi buziladi, lekin xatti-harakatlari jamiyat ijtimoiy hayotiga yoki insoniyat tarixiga biror bir ko’zga tashlanadigan ta’sir o’tkazmaydi. Biroq, bu fikrlardan odob va xulqning jamiyatdagi roli u qadar ahamiyatli emas ekan, degan xulosa chiqmasligi kerak; fuqarolar orasida odoblilik va xushxulqlilikning keng yoyilishi jamiyat axloqiy hayotigagina emas, balki butunisicha ijtimoiy taraqqiyotga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bu ta’sir tufayli, garchand jamiyat birdaniga yuksalib ketmasa-da, asta-sekinlik bilan, muntazam ravishda yaxshilanib, ravnaq topib boradi.
Axloqqa kelsak, masala o’ta jiddiy mohiyat kasb etadi: deylik, bir tuman yoxud viloyat prokurori o’zi mas’ul hududda doimo qonun ustuvorligini ta’minlash uchun intiladi, adolat qaror topishini ko’zlab ish yuritadi, lozim bo’lsa, hokimning noqonuniy farmoyishlariga qarshi chiqib, ularning bekor qilinishiga erishadi; oddiy fuqaro nazdida nafaqat o’z kasbini e’zozlovchi shaxs, balki haqiqiy huquq posboni, adolatli tuzum timsoli tarzida gavdalanadi; u umrini millat, Vatan va inson manfaatiga bag’ishlagan yuksak axloq egasi; u, o’zi yashayotgan jamiyat uchun namuna bo’laroq, o’sha jamiyatning yanada taraqqiy topishiga xizmat qiladi. Agar mazkur prokuror, aksincha, qonun himoyachisi degan nomi bo’laturib, o’zi qonunni buzsa, shaxsiy manfaati yo’lida oqni qora, qorani oq deb tursa, u axloqsizlik qilgan bo’ladi: oddiy fuqaro nazdida birgina kishi prokuror adolatsiz emas, balki butun jamiyat adolatsiz ekan, degan tasavvur uyg’onadi. Bunday tasavvurlarning muntazam kuchayib borishi esa oxir-oqibat o’sha jamiyat yoki tuzumni tanazzulga olib keladi.
Bu o’rinda shuni alohida ta’kidlash joizki, axloqiy tarbiya natijasida odoblilik — xushxulqlilikka, xushxulqlilik yuksak axloqiylikka aylangani kabi, axloqiy tarbiya yo’lga qo’yilmagan joyda muayyan shaxs, vaqti kelib, odobsizlikdan-badxulqlilikka, badxulqlilikdan-axloqsizlikka o’tishi mumkin.
Yosh avlodga tarbiya berishdek murakkab vazifani hal etishda maktab juda katta ahamiyat kasb etadi. Ayni shu joyda yoshlarimiz ijtimoiy jamiyat va ilmiy texnika taraqqiyoti talablariga javob bera oladigan mukammal ma’lumotlarni oladilar. Maktab yoshlarining dunyoqarashlariga poydevor hamda g’oyaviy e’tiqodlari uchun negiz yaratadi, ularning irodalarini shakllantiradi, xalqimiz baxtsaodati yo’lida sidqi dildan mehnat qilishga tayyorlaydi. Hozirgi zamon maktabi tubdan yangilanmoqda. O’quvchilarga tarbiya berish, ularga ta’lim berish bilan mustahkam va yaxlit birlikda amalga oshiriladi. Ammo, tarbiyaning o’z vazifasi, mazmuni, shakl hamda uslublari bor.
O’quv tarbiyaviy jarayon uzviyligi maktab oldiga qo’yilgan ehg muhim pedagogik qoidalardan biri hisoblanadi, shunig uchun ham sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bevosita o’quv jarayoni bilan bog’langandir. Darsdan tashqari mashg’ulotlar o’quvchilarda asosiy vazifalari bo’lmish ilm olishga ishtiyoq uyg’otish, qobiliyati va iste’dodlarini ro’yobga chiqarishga imkoniyat yaratishdan maktabni muvaffaqiyatli tugatish, kasb-korga intilish hissini tarbiyalashdan iboratdir. Yoshlarning kundalik ehtiyojlari, intilishlari, talab va qiziqishlarini faqat dars jarayoni bilan qondirib bo’lmaydi. Sinfdan va maktabdan tashqari mashg’ulotlar o’quvchilar faoliyatining barcha qirralarini qamrab olmog’i lozim. Har bir o’quvchi bilan yakkama-yakka ishlash, uni ijtimoiy-ruhiy jihatdan o’rganish sinf faoliyatiga yangicha mazmun olib kiradi. Yoshlarning g’oyaviy-siyosiy ongini shakllantirish, ularda atrof-muhitga, jamiyatga ongli munosabatda bo’lish, jonajon Vatanni cheksiz sadoqat bilan sevish, xalqimizning milliy qadriyatlarini e’zozlash hissini tarkib toptirish vatanparvarlik tarbiyasining mag’zi bo’lmog’i lozim.
Tаrbiya dеgаndа shаkllаnаyotgаn shахsdа shахsiy, ахlоqiy sifаtlаrni shаkllаntirishni tushunаmiz. Tаrbiya, tа’lim bеrish bilаn mustаhkаm аlоqаdа bo’lgаni hоldа o’zigа xos qоnuniyatlаrgа hаm egаdir. Tа’lim – tаrbiya yagоnа jаrаyondir. Lеkin ulаr bir-birigа аynаn o’хshаsh emаs. Tа’lim vа tаrbiyaning birligi аvvаlо, ulаrning mаqsаdining umumiyligidadir. Bir butun pеdаgоgik jаrаyondа tа’lim dоimо tаrbiyaviy vаzifаlаrni, tаrbiya esа hаyotni bilish, ungа tаyyorlаnishdа mаs’uliyatli vаzifаni bаjаrаdi.3
Аbdullа Аvlоniyning “Dаrs ilа tаrbiya оrаsidа bir оz fаrq bo’lsа hаm bir biridаn аyrilmаydigаn, birining birigа bоg’lаngаn kаbidur” dеb tа’kidlаshi bеjiz emаs. Mа’lum bo’lаdiki, tа’lim vа tаrbiyani bir-biridаn аjrаtish mumkin emаs. Shu bоis, hоzirgi kun pеdаgоgikаsining аsоsiy vazifаsi bilim bеrib, tаrbiyalаsh tаmоyiligа ko’rа tаrbiyalаb, bilim bеrish bo’lmоg’i lоzim.
Sharq xalqlarida qadimdan farzand tarbiyasi va odob-axloqiga alohida e’tibor qaratiladi. Azaliy axloqiy tushunchalarni yoshlar ongiga singdirish maqsadida bu mavzuda ko’plab badiiy asarlar yaratilgan. Ular umumiy nom bilan fanda didaktik adabiyotlar deyiladi.
Didaktik adabiyot - badiiy ifodalangan pand-nasihat tarzidagi adabiyot. Bunda axloqiy- taʼlimiy, ilmiyfalsafiy, diniy bilimlar va g’oyala badiiy talqin qilinadi. Didaktika ildizi xalq og’zaki ijodiga borib taqaladi (“Qobusnoma”). G’arb va Sharq xalqlari, jumladan, turkiy xalqlar adabiyotida didaktika uzoq, tarixga ega. Didaktikaga doir ilk namunalar Mahmud Koshg’ariyning “Devonu lug’otit turk” asarida uchraydi. O’zbek mumtoz adabiyotidagi didaktikaning dastlabki yirik namunalari Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” dostonlaridir. Bu asarlarda xalqning adolat, maʼrifat, axloq, odob haqidagi qarashlari, pand-nasihatlari sheʼriy shaklda bayon etilgan.
Abdulla Avloniy odamlarni xulq, xatti-harakat nuqtayi nazaridan ikki guruhga bo’ladi: “Axloq ulamosi insonlarning xulqlarini ikkiga bo’lmishlar; agar nafs tarbiyat topib, yaxshi ishlarni qilurga odat qilsa, yaxshilikg’a tavsif bo’lub ―yaxshi xulq, agar tarbiyatsiz o’sub, yomon ishlar ishlaydurgan bo’lub ketsa, yomonlikka tavsif bo’lib ―yomon xulq atalur”.4 Didaktikadan ijtimoiy, falsafiy, ilmiy qarashlarni ommalashtirish vositasi sifatida ham foydalanganlar. Didaktikaga xos bo’lgan xususiyatlardan Ahmad Yassaviy, Boqirg’oniy Sulaymon, So’fi Olloyor, Huvaydo, Haziniy kabi tasavvuf namoyandalari ham samarali foydalanganlar.
Sharq yozma adabiyotida “pandnoma”,”mavʼizatnoma”, “nasihatnoma”, “axloq kitoblari” singari nomlar bilan tasnif qilinuvchi asarlar Bolalar adabiyoti ning dastlabki namunalari hisoblanadi. Maye, Kaykovusning “Mavʼizatnomai Kaykovus” (“Qobusnoma”), Shayx Sa’diyning “Guliston” va “Bo’ston”, Jomiyning “Bahoriston” asarlari shular jumlasidandir. Bular tarjima vositasida o’zbek bolalar adabiyotiga kirib kelgan. Alisher Navoiyning “Hayrat ulabror”, “Mantsh uttayr” va “Mahbub ulqulub” asarlari, Xojaning “Miftoh uladl” va “Gulzor”, Gulxaniyning “Zarbulmasal” asarlari esa o’zbek bolalar adabiyoti ning mumtoz namunalari bo’lib, pandnasihat ruhidagi maqolat va hikoyatlari bilan asrlar mobaynida yosh avlodni yaxshi insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qilib kelmoqda.5
“Didaktika” - yunoncha “didakticos”, ya’ni “ibratli” degan so’zdan olingan. “Didaktik adabiyot” deganda nasihat, o’git, ibrat ruhidagi asarlar tushuniladi. Bu Sharqda ham, G’arbda ham bo’lgan. Sharq so’z san’atida pand-nasihat ruhi ustunroq, ochig’i, u shunisi bilan G’arb adabiyotidan farq qiladi ham. X asrdayoq buyuk Abu Ali ibn Sino Sharq ko’proq nasihat yo’li bilan, G’arb esa hayotni real ko’rsatish orqali kishini tarbiyalashga moyilligini maxsus qayd etib o’tgan edi. Og’zaki va yozma adabiyoti, axloqiy-diniy merosi pand-hikmatga o’ta boyligi uchun ham Sharqni jahonda donishmand deb bilishadi. Bizda she’riyatning bu darajada ravnaq topib, xalq orasida katta mavqe egallashiga sabab bo’lgan omillardan biri ham –shu. O’zbekiston Qahramoni, O’zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov: “Sharqqa she’riyatni o’rgatib bo’lmaydi”, – deganida ham aynan shu jihatlarni ko’zda tutgan. Shunga qaramay, Sharq, jumladan, o’zbek mumtoz adabiyotini, tamoman pand-nasihat ruhidagi asarlardan iborat, deb tushunish – mutlaqo xato. Sharqda maxsus didaktik adabiyot yuzaga kelgan. Uni, adabiy shakliga ko’ra, quyidagicha nisbiy tasnif qilish mumkin:6
Nasriy didaktik asarlar. Masalan, milodiy IV asrda Hindistonda sanskrit tilida mashhur “Panchatantra”, ya’ni keyinchalik “Kalila va Dimna” nomi bilan mashhur bo’lib ketgan buyuk didaktik asar dunyoga keladi. Uning butun Sharq, qolaversa, jahon adabiyotiga katta ta’siri bor. Bu kitob asrlar mobaynida bir necha tillarga tarjima qilingan. Arab ertaklari asosida shakllangan “Ming bir kecha”da ham mohiyatan didaktik ruh juda ustun turadi. Keyinchalik Kaykovusning mashhur “Qobusnoma”si yozildi. XVI asr o’zbek adibi Xoja (Podshoxoja binni Abdulvah-hobxoja) ning “Gulzor” hamda “Miftoh ul-adl” (“Adolat kaliti”) asarlari ham sof nasriy yo’lda bitilgan didaktik adabiyot namunalari hisoblanadi.
Nasriy-she’riy didaktik asarlar. Shayx Muslihiddin Sa’diy Sheroziyning bag’oyat mashhur “Guliston” asari aynan shu guruhga mansub. U ham nasriy, ham she’riy, ya’ni aralash yo’lda bitilgan. Alisher Navoiy ham pandnoma ruhidagi “Mahbub ul-qulub” asarini aynan nasriy-she’riy shaklni o’zaro omixta qilib yozdi.Garchi majoziy timsollar, hayvonlar, asosan, qushlar misolida bitilgan bo’lsa ham, Gulxaniyning “Zarbulmasal”i ham didaktik adabiyotning ana shunday nasriy-she’riy, ya’ni aralash turiga kiradi.
She’riy didaktik asarlar. Sharqda faqat nazmiy usulda yaratilgan maxsus didaktik she’riyat ham shakllangan. Aytaylik, o’zbek mumtoz she’riyatida Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig”, Haydar Xorazmiyning Nizomiy Ganjaviy “Maxzan ul-asror”ini erkin tarjima qilish asnosida bitgan “Gulshan ul-asror”, Alisher Navoiyning “Xamsa”ga birinchi asar sifatida kiritilgan “Hayrat ul-abror” dostonlari aynan o’zbek didaktik she’riyatining yorqin namunalari hisoblanadi.Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” dostonida axloqiy-ma’naviy fazilatlarning hayotiy hikoya-tasvirlar, mantiqiy tahlil-xulosalar orqali berilishi, birinchidan, muallif nuqtayi nazarini nihoyatda tiniqlashtirib ifodalash imkonini beradi, shu tariqa uning aynan qanday g’oyani ilgari surayotganini aniq bilib turasiz, ikkinchidan, bu ta’sirchanlikni sezilarli darajada oshiradi, uchinchidan, ko’tarilgan masala-muammolar bugun uchun ham o’z ahamiyati, ya’ni dolzarbligini aslo yo’qotmaganidan dalolat beradi. Zamonaviy o’zbek adabiyotida ham didaktik ruhdagi asarlar yaratilib turadi.
|
| |