I bob. Boshlang’ich sinf “O’qish” darsliklarida berilgan




Download 168,56 Kb.
bet6/8
Sana13.05.2024
Hajmi168,56 Kb.
#230372
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
taxmina

Bir taharruksiz badan onglaki, joni bo’lmag’ay”.
Mana shunday sevgining haroratli kuychisi bo’lgan Navoiy, “Mahbub ul-qulub”ning 3-qismida soxta oshiqlardan istehzo bilan kulib:
Kishi o’zni yasag’on birla bo’lurmu oshiq,
Subhi kozib yorumas, o’ylaki subhi sodiq”,-deydi.
Uchinchi turdagi sevgi dunyodan va real hayotning butun ne’matlaridan voz kechgan. Navoiyning fikri va ta’biricha, olam va insonning xudoning zuhuri ekanini tushunmay, butun orzu maqsadini u dunyoga, xudoga qovushishga qaratgan kishilarning sevgisi bo’lib, “agar havodis yeli sipehr gulshani avroqin uchursa, alarg’a andin xabar yo’q va anjum gulbarglarin har sori sovursa alarg’a andin asar yo’q”dir.
Navoiy sevgining ijtimoiy mohiyatini mukammal yoritmagan bo’lsa ham, lekin uni insonning olijanob fazilatlari bilan boglashi hamda “ishqi ilohiy” tufayli dunyodan voz kechgan badbinlarni tanqid qilishi, shubhasiz, katta ijobiy ahamiyatga ega edi.
Boshqa boblarda Navoiy islom dini va shariatni hamda “taqdirga ishonchni targib etsa-da, lekin ularda ham ijobiy mohiyatga ega bo’lgan ijtimoiy-axloqiy fikrlarni yoritadi. Masalan, qanoat bobida “Qone’ darveshning quruq noni tome’ shohning Xitoyi xonidin xubroqdur va forig faqirandeshning yovg’on umochi olg’uchi g’anining nabotiy kulojidin marg’ubroq”, desa sabr bobida matonatni ta’riflab:
Kimki bir shiddat aro sabru tahammul ayladi.
Baxt annig neshini no’shu xorini gul ayladi”,-deydi.
Navoiy “Mahbub ul-qulub”ning III qismida saxovat va himmat, muruvvat va vafo, til odobi va boshqa masalalar haqida so’zlaydi, tanbehlar, maqol va hikmatli so’zlar keltiradi. U saxovat va himmatni ta’riflab, baxillik va xudbinlikni qoralab bunday deydi:15
“Saxovat insoniyat bog’ining borvar shajaridur (mevali daraxtidir), balki ul shajarning mufid samaridur (foydali mevasidir). Odamiylik kishvarining bahri mavjvari, balki ul mavj bahrining simin gavhari. Saxovatsiz kishi - yog’insiz abri bahor va royihasiz (hidsiz) mushki totor. Mevasiz yig’och hamonu o’tun hamon va yog’insiz bulut hamonu tutun hamon... Isrof saxo emas... yorug’ kunda sham’i kofuriy yoqqonni aqldin begona derlar. Mubohot (maqtanish - N. M.) uchun bermak xudnamoliq va aning bila o’zin saxiy demak behayoliq. Ulki el ko’rmaguncha bermas laimdur, saxiy emas. Tilab berganni ham saxodin yiroq bil; ibrom (qistash) bergandin bermaganni yaxshiroq bil. Birta o’tmakni ikki bo’lub, yarmin bir ochga berganin saxiy de; o’zi yemay barini muhtojqa berganni axiy de”.
Vafo va muruvvatni ham Navoiy insonning olijanob fazilati va sifati deb ta’riflaydi va yashagan muhitidan shikoyat qilib:
Kimga qildim bir vafokim, yuz jafosin ko’rmadim,
Kurguzub yuz mehr, ming dardu balosin ko’rmadim,-deydi.
Tilni “ko’ngul xazinasining qulfi” va so’zni shu “xazinaning kalidi” deb ta’riflagan. Navoiy til odobiga katta e’tibor berib, kishilarni qisqa va mazmunli, o’rinli va mantiqli so’zlashga chaqiradi, sergap, laqma va tiliga ortiqcha erk berganlarni qoralaydi. Shu bilan birga, u maqtanchoq va kibr-havoga berilgan kishilarni ham achchiq tanqid qiladi.
Navoiy kishilarga tanbeh berib, “mazlumga baxshoyish ko’rguzki, zolimdin osoyish ko’rgaysen, zeridastlarg’a naf’ yetkur, agar tilasangki zeridastlardin zarar ko’rmagaysen”, o’zingni “salotin (sultonlar) dargohidin yiroq va xavoqin (xoqonlar) bazmgohidin qiroq tut”, deydi va yigitlikni “umr gulshanining bahori... hayot shabistonining nahori” deb ta’riflab, yoshlarni yaxshi xulq-odobli bo’lishga, ilm-hunar o’rganish va kattalarning tajribasini egallab olishga chaqiradi. “Mahbub ul-qulub”da yana bir qator axloqiy-ta’limiy masalalar bo’yicha qimmatli o’gitlar, pand-nasihatlar bor.
“Mahbubul-qulub”ning qadimgi qo’l yozma nusxalari juda oz. Ilm-fanda ma’lum bo’lgan qo’l yozma nusxalardan uchtasi XVI asrga, qolganlari esa XVIII-XIX asrlarga mansubdir. “Mahbubul-qulub”ning 1565/66-yillarda (hijriy 973 yilda) ko’chirilgan nusxasi Parij Milliy kutubxonasida, XVI asrda ko’chirilgan deb faraz qilingan mukammal bir nusxasi Rossiya Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutining Leningrad bo’limida, 1595/96-yillarda (hijriy 1004-yilda) ko’chirilgan nusxasi Leningradda, Saltikov-Shchedrin nomidagi Davlat xalq kutubxonasida saqlanadi. “Mahbubul-qulub” Buxoro toshbosmaxonasida va Istambulda, 1939-yilda Toshkentda nashr etildi. Rossiya Fanlar Akademiyasining nashriyoti 1048-yilda A. Kononov tomonidan tayyorlangan “Mahbubul-qulub”ning chog’ishtirma tekstini arab yozuvida bosib chiqardi.16
Shunday qilib, otashnafas shoir qariyb olti asr davomida o’z poeziyasining bepayon maydonida yangi-yangi avlodlarni kutib olarkan, mehr-u shafqatdan, adolatdan, do’stlikdan saboq berib keldi. Har qaysi asrda ma’rifat va adolat uchun kurashning oldingi saflarida turib, ikki-yuzlamalik va jaholatni, loqaydlik va takabburlikni, ig’vogarlik va yolg’onchilikni fosh qildi, olijanob inson shaklini jo’shqin misralarda tasvirladi.
Navoiy zamondoshlariga juda kerak, hech kim aytolmagan, ammo xalqqa g’oyat zarur katta fikrlarni aytgan qudratli san’atkor edi. U keyingi asrlar, avlodlar uchun ham aziz va mo’’tabar bo’lib qoldi. Navoiyning buyukligi shunda ediki, u o’z davrini keng ko’lamda, to’la ifodalab berdi. Qahramonlari obrazida ahamiyatini aslo yo’qotmaydigan chinakam insoniy, umumbashariy xislatlarni aks ettirdi.
Shuni ta’kidlash lozimki, hech qaysi davr bizning mustaqillik davrimiz kabi ulug’ shoirning qadriga yetmagan va xalq ommasiga shunchalik yaqinlashtirmagan edi.
Ha, bugun Hazrat Navoiy har bir uyga kirib keldi. Uning nuroniy siymosi bilan birga bizning zehnimizga va qalbimizga bitmas-tuganmas ruhiy boylik va hayajon abadiy xamroh bo’lib qoldi. Odatda badiiy adabiyot orqali xalq o’zini taniydi, tarixiy ahvolini, jamiyatda tutgan o’rnini tushunib oladi. O’zbek xalqi ham Navoiy asarlarida o’zini tanidi va qadimdan beri, o’z kuchi, talantiga komil ishonch bilan qarab kelganini anglatadi.



Download 168,56 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 168,56 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I bob. Boshlang’ich sinf “O’qish” darsliklarida berilgan

Download 168,56 Kb.