|
I bob. Boshlang’ich sinf “O’qish” darsliklarida berilgan
|
bet | 1/8 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 168,56 Kb. | | #230372 |
Bog'liq taxmina
BOSHLANG’ICH SINF “O’QISH KITOB” LARIDA BERILGAN MUMTOZ ADABIYOT VAKILLARINING ASARLARIDA AXLOQ VA ODOB MAVZUSINING TALQINI
Mundarija
KIRISH...................................................................................................................
I BOB. BOSHLANG’ICH SINF “O’QISH” DARSLIKLARIDA BERILGAN MUMTOZ ADABIYOT NAMUNALARIDA ODOB-AXLOQ MAVZUSINING USTUVORLIGI
1.1 Kaykovusning “Qobusnoma” asarida ota-onani hurmatlash mavzusi………...
1.2. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asarida ta’lim va tarbiya, ma’naviy kamolot, axloq va odobga doir qarashlar…………………………………………
II BOB. BOSHLANG’ICH SINFLARGA MUMTOZ ADABIYOT VAKILLARI ASARLARINI О‘QITISHNING О‘QUV-USLUBIY TA’MINOTI
2.1. Alisher Navoiyning axloqiy-ta’limiy asarlarini o’rgatishning pedagogik asoslari ……………………...……………………………………………………
2.2. Gulxaniyning “Zarbulmasal” asari ustida ishlash..........................…………..
Xulosa va tavsiyalar………………….……………………………….
ADABIYOTLAR RО’YXATI…………………….………………....…….…...
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Yangi O’zbekistonni barpo etish ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat, ezgulik, odamiylik, gumanizm g’oyalariga tayanadi. Buning uchun, fikr tarbiyasini, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasini tashkil etish va xalqimizning necha ming yillik hayotiy tushuncha va qadriyatlariga asoslanib ilmiy - nazariy va kompleks tadqiqotlarni olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimiz Prezidenti Sh. Mirziyoyev “Hukumatning, tegishli vazirlik va idoralar hamda butun ta’lim tizimining, hurmatli domlalarimiz va professor-o’qituvchilarning eng muhim vazifasi – yosh avlodga puxta ta’lim berish, ularni jismoniy va ma’naviy yetuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir.” 1 , deya ta’kidlashlari ham bejiz emas.
Uchinchi Renessans poydevorini yaratish asosiy maqsad qilib belgilangan bir davrda o’rta asr mutafakkirlarining ma’naviy merosini o’rganishga yanada e’tiborli bo’lish, didaktik asarlarning tarjimalarini amalga oshirib keng ommaga yetkazish, pedagogik tahlilarini yaratib ta’lim jarayonida unumli foydalanish amalga oshirilishi zarur bo’lgan muhim vazifalardir. Chunki, xalqimiz ta’kidlaganidek, buyuk ajdodlarimizning betakror va noyob ilmiy-ma’naviy merosi biz uchun doimiy harakatdagi hayotiy dasturga aylanishi kerak. Bu o’lmas meros hamisha yonimizda bo’lib, bizga doimo kuch-quvvat va ilhom bag’ishlashi lozim.
O’rta asrlarda yashab ijod etgan Movarounnahr va Xurosonlik alloma va mutafakkirlarning bugungi kungacha yetib kelgan ma’naviy meroslari ta’lim-tarbiya mazmuniga beqiyos manba sifatida xizmat qiladi. Ularning aksariyati YUNESKOning madaniy meros ro’yxatidan o’rin egallagan. Bugungi kunda Sharq alloma va mutafakkirlarining Respublikamiz muzey-qo’riqxona “Hujjatlar” hamda kutubxona fondlarida, shunigdek, Rossiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Misr, Hindiston, Eron, Turkiya kabi ko’plab xorijiy mamlakatlardagi kutubxonalarning “oltin fondi”da qo’lyozma shaklidagi ko’plab didaktik asarlari saqlanmoqda. Ushbu didaktik asarlarni tarjima qilish, tadqiqotga jalb etish va ilmiy muomalaga kiritish, mavjud tarjimalarni ilmiy sharh, ma’rifiy, falsafiy hamda pedagogik tahlillarini yaratishni davrning o’zi taqozo etmoqda. So’nggi yillarda o’rta asr Sharq alloma va mutafakkirlarning ilmiy, falsafiy, ma’naviy merosini har tomonlama tadqiq qilish, ilmiy-amaliy ahamiyatini yoritish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
|
| |