19
1.2.Maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘yin faoliyatining xususiyatlari.
O‘quvchi yoshlar faoliyatini boshqarishda yuzaga keladigan nizoli vaziyatlarni
bartaraf etish yo‘llariHar qanday o‘yinning va o‘yin faoliyatining markazida bola
katta kishilarning faoliyati va o‘zaro munosabatini, muomalasini o‘ziga xos tarzda
aks ettirishi, takrorlashi imkoniyati turadi. SHunga ko‘ra o‘yin ijtimoiy ahamiyat
kasb etib, bola insoniyat tomonidan asrlar davomida yarailgan qimmatli bilimlar,
amaliy ko‘nikmalar, malakalar va odatlarni o‘rganishga imkon yaratadi, oqibatda
uni shaxslararo muloqotning mohiyatiga olib kiradi. Shunday qilib, psixolog
adabiyotlar tahliliga tayanib maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘ziga xos
xususiyatlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
1) bola odamlarning faoliyati, ularning predmetlarga munosabati va o‘zaro
muomalasiga qiziqadi;
2) bolalar rolli o‘yinda atrofdagi voqelikning eng tashqi ifodali, jo‘shqin xis-
tuyg‘uli jihatlarini aks ettiradilar;
3) rolli o‘yinda bola kattalar bilan bir xil sharoitda, yagona zaminda
yashayotganini his etgan holda o‘z istagini amaliyotga tadbiq qiladi;
4) kattalar hayoti va faoliyatiga kirish bolaning tasavvuri timsollari tariqasida
namoyon bo‘lsa ham, umuman uning chinakam shaxsiy hayotida o‘chmas iz
qoldiradi. Bola psixikasining taraqqiy etishda o‘yinning roli beqiyosdir.
Biz bolaning psixik taraqqiyotini o‘yinsiz tasavvur qilishimiz qiyin. Chunki,
o‘yin orqali bola faqat jismoniy tomondan emas, balki psixologik tomondan ham
rivojlanadi. O‘yin orqali bola olamni, undagi narsa hodisalarni, ularga xos
xususiyatlarni o‘rganibgina qolmay, balki nutq so‘zlashga, mustaqil fikrlashga xayol
qilishga, ijod qilishga, muomala madaniyatiga o‘rganadi.
Ko‘pchilik psixologlar hamda pedagoglar o‘yinning psixologik masalalari
bilan bevosita shug‘ullanib, o‘yinlarning bolani psixik kamol toptirishdagi
ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tganlar. Ma’lumki, o‘yin bola uchun voqelikni aks
ettirishdir. Bu voqelik bolani qurshab turgan voqelikdan ancha qiziqarlidi.O‘yinning
qiziqarliligi uni anglab etishning osonligidadir.
20
Kattalar hayotida faoliyat, xizmat, yumush qanday ahamiyatga ega bo‘lsa, bola
hayotida o‘yin ham xuddi shunday ahamiyat kab etishi mumkin. Jahon psixologiyasi
fanida to‘plangan boy ma’lumotlarga asoslanib, quyidagicha mulohaza yuritish
mumkin. Masalan, eng sodda psixik jarayondan eng murakkab psixik jarayongacha
hammasining eng muhim jihatlarini shakllantirishda o‘yinlar katta rolь o‘ynaydi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda harakatning o‘sishiga o‘yinning ta’siri haqida
gap borganda avvalo shuni aytish kerakki, birinchidan, o‘yinni tashkil qilishning
o‘ziyoq mazkur yoshdagi bolaning harakatini o‘stirish va takomillashtirish uchun
eng qulay shart-sharoit yaratadi.
O‘quvchi yoshlar faoliyatini boshqarishda yuzaga keladigan nizoli vaziyatlarni
bartaraf etish yo‘llariIkkinchidan, o‘yinning bola harakatiga ta’sir etishining sababi
va xususiyati shuki, harakatning murakkab ko‘nikmalarini sub’ekt aynan o‘yin
paytida emas, balki bevosita mashg‘ulot orqali o‘zlashtiradi.
Uchinchidan, o‘yinning keyinchalik takomillashuvi barcha jarayonlar uchun
eng qulay shart-sharoitlarni vujudga keltiradi. Shu boisdan o‘yin faoliyati xatti-
harakatni amalga oshirish vositasidan bolaning faolligini ta’minlovchi mutaqil
maqsadga aylanadi. Negaki, u (o‘yin) sub’ekt (jonzot) ongining dastlabki ob’ekti
darajasiga o‘sib o‘tadi. Maktabgacha yoshdagi bola muayyan xususiyatga ega
bo‘lgan rolni tanlaydi, shu bilan birga u yoki bu personajga xos qat’iy yurish-turishni
ongli ravishda ijro etishga intiladi. SHunday ekan, o‘yin mazkur bola uchun eng
zarur faoliyatga aylana boradi va yangi shakldagi harakatlarni, takomillashtirish,
ularni anglagan holda esga tushirish ehtimoli yaqqol voqelikka aylana boshlaydi.
Mazkur harakatlarni egallash bolada jismoniy mashqlarni ongli ravishda bajarish
imkoniyatini vujudga keltiradi (A.V.Zaporojets).
O‘quvchi yoshlar faoliyatini boshqarishda yuzaga keladigan nizoli vaziyatlarni
bartaraf etish yo‘llariBolaning o‘yinlar shart-sharoitidan kelib chiquvchi ongil
maqsadi harakatlarni bajarish kezida o‘z ifodasini topadi va uning o‘z oldiga
qo‘ygan
maqsadi
esda
olib
qolish
va
esga
tushirish
jarayonlariga
aylanadi.maktabgacha yoshdagi bolalarda yosh davrining xususiyati sifatida
o‘zining yorqin ifodasini topadi . Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o`z xulqini
21
o‘zi boshqarish ko‘nikmasi o‘yin faoliyatida ham, boshqa sharoitlarda ham qarib
baravarlashadi .Bazan ular ayrim vaziyatlarda ,masalan musoboqa paytida
o‘yindagiga qaraganda yuqoriroq ko‘rsatkichga ham erishishlari mumkin.O‘yin
vao‘yin faoliyati bolada o‘z xulqini boshqarish ko‘nikmalarni shakilantirish ochun
muhim ahamiyat kasb etadi. Bolaning aqliy o‘sishi to‘g‘risida fikir yuritilganda
,oldingi bobda qayd qilinganidek ,shuni ham aytish kerakki , narsalarni yangi nom
bilan atashda yoki yangicha nomlash xolatidan kelib chiqib ,subekt o‘yin paytida
faol harakat qilishga urinadi . Chunki u moddiy narsalarga asoslangan harakat
rejasidan tasavvur qilinayotgan fikr yurtiladigan jismlar mohiyatni aks etiruvchi
harakat rejasiga o‘tadi bola jismlarni moddiy shaklidan birdaninga xayoliy
ko‘rinishga o‘tishida unga tayanch nuqtasi bo‘lishi kerak,vaxolanki shunday tayanch
nuqtasini vazifasini bajaruvchi narsalarning aksariyatidan o‘yinda bevosita obekt
sifatida foydalaniladi .
O‘yin faoliyatida maskur jisimlar qandaydir alomatlarni aks ettiruvchi sifatida
emas ,balki ana shu tayanch narsalar to‘g‘risida fikirlash uchun xizmat qiladi
,shuningdek ,tayanch nuqtasi harakatning yaqqol narsa bilan bog‘liq jihatini aks
ettiradi. Yuqorida aytilganidek ,narsa bilan o‘yin harakatlarning takomillashuvi
harakat shakli ,xususiyati ,bosqichi kabilarni qisqartirish va umumlashuvi ularning
aqliy ko‘rinishdagi mantiqan izchil ,yig‘iq shakilga o‘tishining asosini tashkil
qiladi.o‘yin faoliyatida bolalarda harakatning yangi kurinishi, ya’ni uning fikriy,
aqliy jihati namoyon bo‘ladi va shuning uchun o‘yin harakatlarini shakllantirish
jarayonida bolada fikrlash faoliyatining dastlabki ko‘rinishi vujudga keladi.
Bolaning aqliy kamol topishida yoki uning umumiy kamolotida o‘yinning muhim
ahamiyat kasb etishi xuddi mana shu dalil orqali uz ifodasini topadi.
Bola o‘yin faoliyatida maktab ta’limiga tayyorlanib boradi, shu boisdan, unda
aqliy harakatlarning yaqqol shakllari tarkib topa boshlaydi. Rolli o‘yin faqat alohida
olingan psixik jarayon uchun ahamiyatli emas, balki bolada shaxs xususiyat va
fazilatlarini shakllantirishda ham zarurdir. Binobarin, katta yoshdagi odamlar rolini
tanlab, uni bajarish bolaning his-tuygularini qo‘zgatuvchilar bilan uzviy bogliq
holda namoyon bo‘ladi. Chunki o‘yin davomida bolada har xil xohish va istaklar
22
tug‘ila boradi, bular boshqa narsalarning tashqi alomatlari, o‘ziga rom etishi sababli
hamda bolaning ixtiyoridan tashqari, tengdoshlarining ta’siri ostida tug‘iladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning еtakchi faoliyati bu o‘yindir. Bog‘cha yoshidagi
bolalarning o‘yin faoliyati masalasi asrlar davomida juda ko‘p olimlarning diqqatini
o‘ziga jalb qilib kеlmoqda.
Bog‘cha yoshidagi bolalar o‘zlarining o‘yin faoliyatlarida ildam qadamlar bilan
olg‘a qarab borayotgan sеrmazmun hayotimizning hamma tomonlarini aks ettirishga
intiladilar. Bog‘cha yoshidagi bola atrofidagi narsalar dunyosini bilish jarayonida
shu narsalar bilan bеvosita amaliy munosobatda bo‘lishga intiladi. Bu o‘rinda shu
narsa haraktеrliki bola bilishga tashnaligidan atrofdagi o‘zining haddi sig‘adigan
narsalari bilangina emas, balki kattalarga mansub bo‘lgan o‘zining kuchi ham
еtmaydigan, xaddi sig‘maydigan narsalar bilan ham amaliy munosobatda bo‘lishga
intiladi.Shuni Ham aytib o‘tish kеrakki, fan-tеxnika mislsiz rivojlangan bizning
xozirgi zamonamizdagi yaratilayotgan, xayratda Holdiradigan narsalar bolalarga
go‘yo bir mo‘jizadеk ko‘rinadi. Natijada ular Ham o‘zlarining turli o‘yinlari
jarayonida o‘xshatma qilib har xil hayoliy narsalarni uylab chiqaradilar (uchar ot,
mashina odam, gapiradigan daraxt kabi).
Bundan tashqari, bolalarning turli hayoliy .Bolalarning o‘yin faoliyatlarida har
xil hayoliy va afsonaviy obrazlarni yaratishlaridan shunday xulosa chiqarish
mumkin: odamning (shu jumladan bolalarning ham) tashqi muhitdagi narsa va
xodisalarni aks ettirish jarayonlari passiv jarayon emas, balki faol hamda ijodiy,
yaratuvchan, o‘zgartiruvchan jarayondir. Bolalar o`yin faoliyatlarining yana bir
ajoyib xususiyatalari shundan iboratki, o`yin jarayonida bolaning qiladigan xatti-
harakatlari va bajaradigan rollari ko`pincha umumiylik g`araktеriga ega bo`ladi.
Bolaning maktabda muvaffaqiyatli o‘qishi ko‘p jihatdan ularning maktabga
tayyorgarlik darajalariga bog‘liq. Bola avvalo maktabga
|