2.BOB.MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR PSIXOLOGIYASI




Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana23.05.2024
Hajmi0,65 Mb.
#251049
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
O‘quvchi yoshlar faoliyatini boshqarishda yuzaga keladigan nizoli vaziyatlarni bartaraf etish yo‘llari

 


26 
2.BOB.MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR PSIXOLOGIYASI 
2.1.Bolalarni maktabdagi ta’lim jarayoniga psixik jihatdan tayyorlash
Bolaning maktabga tayyorgarligining psixologik xususiyatlari kattta ahamiyat 
kasb etadi.Maktabga borish bolalarning hayotida juda katta voqeadir. Maktab hayoti 
bolalarga yangi bir dunyoni ochib beradi. Maktab davrida bolalarning asosiy 
faoliyatlari o‘zgaradi. Endi bolalarning asosiy faoliyatlari, vazifasi va ijtimoiy 
burchi o‘qish bo‘lib qoladi.6-7 yoshli bolalar uchun yangi faoliyat bo‘lgan o‘qish 
ulardan yangi sifat, xususiyatlarga ega bo‘lishlarini talab etadi. O‘qish faoliyati 
uchun bolalarda barqaror diqqat, o‘tkir zehn, mustaqillik, ishchanlik va batartiblik 
xislatlari bo‘lishi kerak.
Bog‘chadan 
maktabga 
o‘tishlari natijasida kattalar bilan bo‘lgan 
munosabatlarida ham birmuncha o‘zgarish yuz beradi. Bolalarning maktabga 
o‘tishlari, ularning yaslidan bog‘chaga o‘tishlariga qaraganda murakkab bosqichdir. 
Shuni ham nazarda tutish kerakki, bola maktabga o‘tishi bilan uning ijtimoiy 
holatida ham o‘zgarish ro‘y beradi. Chunonchi maktab yoshiga yaqinlashgan bolalar 
bog‘chada "katta" deb hisoblanar edilar. Maktabga o‘tgach, ular yana «eng 
kichkinalar» qatoriga tushib qoladilar.Bolalarning maktabga o‘tishlari bilan yuzaga 
keladigan ana shunday jiddiy o‘zgarishlarni nazarda tutib, ularni maktabdagi yangi 
hayotra har tomonlama tayyorlash kerak.Bolalar bog‘chasining asosiy vazifalaridan 
biri bolalarga har tomonlama tarbiya berish, ularniig taraqqiyot darajalarini 
maktabda o‘qiy oladigan qilishdan iboratdir. Bu esa o‘z navbatida maktabdagi 
o‘qitish ishlari bilan bog‘chadagi ta’lim-tarbiya ishlari o‘ptasida ma’lum izchillik 
bo‘lishini talab qiladi.Bog‘chada bolalarning jismoniy jihatdan o‘sishlariga 
qanchalik e’tibor berilsa, ularning aqliy va ahloqiy o‘sishlariga ham shunchalik 
e’tibor beriladi. Ularning maktabga chiqishlari doimo nazarda tutilib, o‘tkaziladigan 
turli didaktik mashg‘ulotlarda bolalarning idroklari, tasavvur va xotiralari, xayol 
hamda tafakkurlari, irodalari tizimili tarzda taraqqiy ettirib boriladi.Bolaning 
maktabga tayyorgarligining psixologik xususiyatlari Maktabga borish bolalarning 
hayotida juda katta voqeadir. Maktab hayoti bolalarga yangi bir dunyoni ochib 


27 
beradi. Maktab davrida bolalarning asosiy faoliyatlari o‘zgaradi. Endi bolalarning 
asosiy faoliyatlari, vazifasi va ijtimoiy burchi o‘qish bo‘lib qoladi. 
6-7 yoshli bolalar uchun yangi faoliyat bo‘lgan o‘qish ulardan yangi sifat, 
xususiyatlarga ega bo‘lishlarini talab etadi. O‘qish faoliyati uchun bolalarda 
barqaror diqqat, o‘tkir zehn, mustaqillik, ishchanlik va batartiblik xislatlari bo‘lishi 
kerak. Bog‘chadan maktabga o‘tishlari natijasida kattalar bilan bo‘lgan 
munosabatlarida ham birmuncha o‘zgarish yuz beradi. Bolalarning maktabga 
o‘tishlari, ularning yaslidan bog‘chaga o‘tishlariga qaraganda murakkab bosqichdir. 
Shuni ham nazarda tutish kerakki, bola maktabga o‘tishi bilan uning ijtimoiy 
holatida ham o‘zgarish ro‘y beradi.
Chunonchi maktab yoshiga yaqinlashgan bolalar bog‘chada "katta" deb 
hisoblanar edilar. Maktabga o‘tgach, ular yana «eng kichkinalar» qatoriga tushib 
qoladilar.­Bolalarning maktabga o‘tishlari bilan yuzaga keladigan ana shunday 
jiddiy o‘zgarishlarni nazarda tutib, ularni maktabdagi yangi hayotra har tomonlama 
tayyorlash kerak.Bolalar bog‘chasining asosiy vazifalaridan biri bolalarga har 
tomonlama tarbiya berish, ularniig taraqqiyot darajalarini maktabda o‘qiy oladigan 
qilishdan iboratdir. Bu esa o‘z navbatida maktabdagi o‘qitish ishlari bilan 
bog‘chadagi ta’lim-tarbiya ishlari o‘ptasida ma’lum izchillik bo‘lishini talab 
qiladi.Bog‘chada bolalarning jismoniy jihatdan o‘sishlariga qanchalik e’tibor 
berilsa, ularning aqliy va ahloqiy o‘sishlariga ham shunchalik e’tibor beriladi. 
Ularning maktabga chiqishlari doimo nazarda tutilib, o‘tkaziladigan turli didaktik 
mashg‘ulotlarda bolalarning idroklari, tasavvur va xotiralari, xayol hamda 
tafakkurlari, irodalari tizimili tarzda taraqqiy ettirib boriladi.Bolalarni maktabdagi 
o‘qish jarayoniga tayyorlashda ularning nytqini o‘stirish juda zarur shartlardan 
biridir. Shuning uchun katta guruh bolalarini maktabdagi o‘qishga tayyorlashda o‘z 
ona tillarini yaxshi o‘pganishlariga, ya’ni so‘z boyligini orttirishga, to‘g‘ri talaffuz 
va to‘la hamda to‘g‘ri jumla tuza olishlariga ahamiyat berish kerak. Bolalarning 
tashqi olam haqidagi tasavvurlarini kengaytirish, boyitish ishlari ular nutqini 
o‘stirish asosida olib borilishi kerak. 


28 
Shu narsa diqqatga sazovorki, hamma bog‘chalardagi maktab yoshiga to‘lgan 
bolalar maktabdagi o‘qishga bab-baravar tayyor bo‘lavermaydilar. Ayrim bolalar 
maktabga kelgach, yangi sharoitga tez kirishib keta olmaydilar. Ularda o‘qish uchun 
qandaydir bir xususiyat yetishmayotgandek ko‘pinadi. Bu o‘pinda shunday bir savol 
tug‘iladi. Bolalarni qay paytda psixologik jihatdan maktabdagi o‘qishga tayyor deb 
hisoblash mumkin.
Ayrim psixologlarning fikricha, bola maktabda o‘qishi uchun atrofdagi narsa 
va hodisalarga doir anchagina tasavvurlarga ega bo‘lishi hamda ma’lum darajada 
aqliy jihatdan o‘cran bo‘lishi lozim. Biroq u hayotda shynday voqealar uchraydiki, 
anchagina tasavvur boyligiga ega bo‘lgan va hattoki yozish hamda o‘qishni 
biladigan bolalar ham maktabdagi o‘qishga tayyor bo‘lmaydilar. Ular maktab va 
o‘qituvchining talablarini bajara olmaydilar.
Aksincha, ayrim bolalar yetarli tasavvur boyligiga ega bo‘lmasalar ham, 
maktabda o‘qib keta oladilar. Lekin, bundan maktabdagi o‘qish jarayoni uchun 
ma’lum darajada aqliy jihatdan o‘cran bo‘lish maktabda dastlab o‘qib ketish uchun 
eng zarur shartlardan biridir. Lekin bu bolaning o‘qishga tayyor ekanligini 
aniqlashdagi hal qiluvchi omil emas, chunki bu yerda yosh masalasi ham mavjud. 
Boshqa bir olimlar, bolaning o‘qishga tayyor ekanini aniqlashdagi asosiy narsa iroda 
sifatlarining yetilganligidir, deydilar. Bu fikr bir yoqlamalikka yo‘l qo‘yishdan 
boshqa narsa emas. 
Yetti yoshga to‘lish davri bolalikning tugash davriga to‘g‘ri keladi. Xuddi ana 
shu davrdan boshlab bolalarda o‘z-o‘zini anglash tarkib topa boshlaydi. Shuning 
uchun bolalarning yetti yoshga to‘lgan davridan boshlab tizimli sur’atda o‘qitishga 
o‘tish maqsadga muvofiqdir. K.D.Ushinskiyning fikricha bolaning maktabdagi 
o‘qish faoliyatiga tayyorligi ayrim psixik jarayonlarning taraqqiyot darajasi bilan 
emas balki bola shaxsining umumiy taraqqiyot darajasi bilan aniqlanadi.Ta’limga 
psixologik tayyorgarlik deganda bolaning ob’ektiv va sub’ektiv jihatdan maktab 
talabiga munosibligi nazarda tutiladi. U maktab ta’limiga avval psixologik jihatdan 
tayyorlanadi. Binobarin, uning psixikasi bilim olishga yetarli darajada rivojlanadi. 


29 
Shu yoshdagi bola idrokining o‘tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi o‘zining 
qiziquvchanligi, dilkashligi, xayrihohligi, ishonuvchanligi, tafakkurning yaqqolligi 
bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi. Maktab ta’limiga tayyorlanayotgan 
bolada diqqat nisbatan uzoq muddatli va shartli barqaror bo‘ladi. Bola diqqatining 
xususiyatlari rolli va syujetli o‘yinlarda rasm chizish va qurish yasash 
mashg‘ulotlarida loy hamda plastilindan o‘yinchoqlar tayyorlashda o‘zgalar nutqini 
idrok qilish va tushunishda matematik amallarni yechishda hikoya tinglash va 
tuzishda ko‘rinadi. Bola o‘z diqqatini muayyan ob’ektga to‘plashga intiladi. Uning 
xotirasi qiziqarli ajobiy g‘aroyib kishini taajjubga soladigan ma’lumot va hodisalarni 
puxta esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu 
davrgacha bevosita kattalar rahbarligida u yoki bu axborotlarni o‘zlashtirib kelgan 
bo‘lsa endi o‘z hohish-irodasi bilan zarur ma’lumotlar to‘plashga o‘z oldiga aniq 
maqsad va vazifa qo‘yishga harakat qiladi. Bolaning ana shu faolligi xotirasining 
muayyan darajada rivojlanganligini bildiradi. U she’r hikoya va ertaklarni esda 
qoldirish uchun ko‘p takrorlash yod olishning eng qulay yo‘l va usullaridan 
foydalanish ta’lim jarayonida unga juda qo‘l keladi.
Birinchi sinf o‘quvchisi ko‘pincha obrazli xotiraga suyanib bilish faoliyatini 
tashkil etsa ham bu ish xotiraning boshqa turlarini inkor qilmaydi. Aksincha ta’lim 
so‘z-mantiq xotirasini taqazo etadi. So‘z-mantiq xotirasining mavjudligi ma’nosini 
tushunib esda olib qolish jarayonining samaradorligi ortishiga keng imkoniyat 
yaratadi. Tajribadan ma’lumki bola ma’nosiz so‘zlardan ko‘ra ma’nodor 
tushunchalarni birmuncha tez va mustahkam eslab qolish xususiyatiga ega. Uning 
nutqi maktab ta’limiga tayyorgarlik bosqichida kattalar bilan muloqotga kirishishi 
kishilarning fikrini o‘qib olish va to‘g‘ri idrok qilish darajasida nutqning tuzilishi 
esa grammatika qoidalariga mos, mantiqan izchil ifodali miqdor va ko‘lam jihatidan 
fikr almashishga yetarli bo‘ladi. u eshitgan va ko‘rganlari to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni tushuna oladi. O‘zidagi axborotlarni muayyan tartibda bayon qila 
biladi, aqliy faoliyat operatsiyalaridan o‘rinli foydalanadi.
Bog‘cha Yoshidagi bolalar shaxsining shakllanishiga ko‘ra, bu davrni uch 
bosqichga ajratish mumkin:


30 

Download 0,65 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  2.BOB.MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR PSIXOLOGIYASI

Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish