23
uchish, suzish singari harakatlarni ham bemalol bajarishlari mumkin.
Musiqa
bo‘yicha mashg‘ulotlarda esa xilma-xil ritmik va plastik harakatlarni bajaradilar,
turli mashqlarni aniq, tez, engil va chaqqon bajara oladilar.
6-7 Yoshli bolalar
nerv sistemasini mustahkamlash, ularni surunkali
kasalliklardan
xalos etish, ko‘rish va eshitish qobiliyatiga alohida e’tibor berish,
Shuningdek, umurtqa pog‘onasining to‘g‘ri rivojlanishiga ahamiyat berish,
nihoyatda muhim. Kattalar shu Yoshdagi bolalar
bilan ish olib borar ekanlar, bu
Yoshdagi bolalar organizmi hali o‘sishi davom etayotganligini doimo hisobga
olishlari lozim. Masalan, bolani majburan yozishga o‘rgatish hali barmoq muskullari
to‘liq rivojlanmaganligi sababli ularga ma’lum
darajada zarar keltirishi, bolaning
chiroyli
yoza olmasligi esa, o‘z-o‘zidan bolani o‘ziga nisbatan ishonchini yoki
o‘qishga nisbatan qiziqishini kamayishiga olib kelishi mumkin.
Motivatsion tayyorgarlik.
Katta bog‘cha Yoshdagi bolalar asosan, maktabda
o‘qish uchun ehtiyoj sezadilar, lekin bu xohish va ehtiyoj motivi turlicha bo‘lishi
mumkin.
"Menga chiroyli forma, daftar, qalam va ruchkalar sotib olib
berishadi”', "Maktabda o‘rtoqlarim ko‘p bo‘ladi va men ular bilan mazza qilib
o‘ynayman”, "Maktabda uxlatishmaydi
".
Bunday motivlarni bolalarga odatda ota-
onalar singdiradilar.
Maktabning tashqi ramzlari, shubhasiz bolalarni juda
qiziqtiradi, lekin bu maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun asosiy sabab bo‘la
olmaydi.Ota-onalar, pedagog, tarbiyachilar
tomonidan bolalarga bilish, o‘rganish
motivlarini singdirilishi maktabda muvafaqqiyatli o‘qish omili bo‘lib xizmat qila
oladi.