24
taqqoslay olish, tahlil eta olish, umumlashtira olish, ma’lum bir xulosa chiqara olish,
Shuningdek etarli darajada rivojlangan boshqa bilish jarayonlarini ham talab etadi.
Masalan, 6-7 Yoshli bola tabiat haqida
ayrim hodisalarnigina emas, balki
organizmning tabiat bilan bog‘liqligini va o‘zaro ta’sirini ham tushunishi va
o‘zlashtirishi mumkin. 6-7 Yoshli bolalar aqliy rivojlanishning natijasi bo‘lib,
yuqori darajada rivojlangan ko‘rgazmali obrazli tafakkur bilan bola atrof olamdagi
predmetlarning asosiy xususiyatlarini va predmetlar orasidagi bog‘liqlikni ajrata
olishidir. SHuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, ko‘rgazmali-harakatli va
ko‘rgazmali-obrazli tafakkur nafaqat 6-7
Yoshli bolalar, balki kichik maktab
Yoshidagi o‘quvchilarning ham aqliy rivojlanishida asosiy vazifani bajaradi.
Bolaning maktabda muvaffaqiyatli o‘qishi nafaqat uning aqliy va jismoniy
tayyorgarligi, balki shaxsiy, ijtimoiy-psixologik tayyogarligiga ham bog‘liq.
Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilar o‘rtog‘ining salbiy xususiyatlarini
ko‘pchilik va begonalar o‘rtasida bemalol ayta olish xususiyatiga ega bo‘ladilar. Bu
esa axloqi va odobi jihatidan tanqidga uchrayotgan bolani o‘rtoqlari jamosiga
qo‘shilishdan bosh tortishiga yoki umuman maktabga kelishni istamasligiga sabab
bo‘lishi mumkin. SHu sabab bolani o‘rtoqlari va ustozlari
tomonidan tanqidga
uchramaydigan darajada axloq-odob qoidalariga o‘rgatish ahamiyati jihatidan kam
bo‘lmagan axloqiy tayyorgarlik hisoblanadi. Bolani maktabga irodaviy tayyorgarligi
uni yangi kun tartibiga amal qilishida, dars jarayonida qunt bilan bilimlarni
o‘zlashtirishida, uy vazifalarini bajarishida o‘z yordamini ko‘rsatadi. Maktabga
o‘qish uchun kelayotgan bola yangi ijtimoiy mavqeini
- turli majburiyatlari va
huquqlari bo‘lgan va unga turli talablar qo‘yiladigan - o‘quvchi mavqeini olish
uchun tayyor bo‘lmog‘i lozim.
Ushbu xohish va harakat bolaning maktabda muvaffaqiyatli o‘qishi uchun
tabiiy ravishda asos bo‘la oladi. Bolaning endi o‘zini katta bo‘lganini, bog‘cha bolasi
emas, balki ma’lum bir majburiyatlari bor o‘quvchi bo‘lishini anglashi,
jiddiy
faoliyat bilan shug‘ullanayotganligini bilishi nihoyatda muhim. Bolaning maktabga
borishini istamasligi ham salbiy holat hisoblanadi. Maktabga shaxsiy va ijtimoiy-
psixologik tayyorgarlik bolalarda tengdoshlari, o‘qituvchilari bilan munosabatga
25
kirisha olish xususiyatini shakllantirishni ham o‘z ichiga oladi. Har bir bola bolalar
jamoasiga qo‘shila olishi, ular bilan hamkorlikda
harakat qila olishi, ba’zi
vaziyatlarda ularga yon bosib, boshqa vaziyatlarda yon bosmaslikka erisha olishi
zarur. Ushbu xususiyatlar bolaning maktabdagi yangi sharoitlarga tez moslasha
olishini ta’minlab beradi. 6-7 yoshli bolalar o‘qishidagi asosiy qiyinchilik shundaki,
ko‘pincha bu yoshdagi bolalar o‘qituvchini uzoq vaqt davomida tinglay olmaydilar,
o‘quv harakatlariga uzoq vaqt o‘z diqqatlarini qarata olmaydilar. Bunga sabab, faqat,
shu yoshdagi bolalarda ixtiyoriy diqqatning
rivojlanmaganligida emas, balki
bolaning kattalar bilan muloqotga kirisha olish xususiyatiga ham bog‘liq. Chunki,
shu xususiyati rivojlangan bolalar erkin muloqotga kirisha oladilar, qiziqtirgan
narsalar haqida so‘ray oladilar. Natijada ularning o‘qishga bo‘lgan qiziqishlari ortadi
va o‘qituvchi gapirayotgan narsalarni diqqat bilan uzoq vaqt eshita oladilar. Demak,
bolaning maktabga tez moslashishi va muvaffaqiyatli o‘qishida shaxsiy va ijtimoiy-
psixologik tayyorgarligining ham ahamiyati juda katta.
Bu davrda bolalarda avvalo bilish sohalari, so‘ngra esa emotsional motivatsion
yo‘nalish bo‘yicha ichki shaxsiy hayot boshlanadi. U yoki bu yo‘nalishdagi
rivojlanish obrazlilikdan ramzlikkacha bo‘lgan bosqichlarni o‘taydi. Obrazlilik
deyilganda bolalarning
turli obrazlarni yaratishi, ularni o‘zgartirishi va erkin
harakatga keltirishi, ramzlilik deyilganda esa belgilar tizimi (matematik, lingvistik,
mantikiy va boshqalar) bilan ishlash malakasi tushuniladi. Maktabgacha yosh
davrda ijodkorlik jarayoni boshlanadi. Ijodkorlik layoqati, asosan,
bolalarning
qonstruktorlik o‘yinlarida, texnik va badiiy ijodlarida namoyon bo‘ladi. Bu davrda
maxsus layoqatlar kurtaklarining birlamchi rivojlanishi ko‘zga tashlana boshlaydi.
Maktabgacha davrda tasavvur, tafakkur va nutq umumlashadi. Bu esa bu yoshdagi
bolalarda tafakkur qilish omili sifatida ichki nutq yuzaga kelayotganligidan dalolat
beradi. Bilish jarayonlarining sintezi bolaning o‘z ona tilini to‘liq egallashi asosida
yotadi. Bu davrda nutqning shakllanish jarayoni yakunlana boshlaydi. Nutq
asosidagi tarbiya jarayonida bolada sodda axloq me’yorlari va qoidalar egallaniladi.