• Ishning vazifasi
  • Kurs ishining obyekti . Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik birlashmalarni tashkil etish Kurs ishining predmeti.
  • Kurs ishining metodlari.
  • Kurs ishining tuzilishi. Kirish, 2 bob, 4 bo‘lim, xulosa, tavsiyalar, glosariya va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
  • 1.1. Maktabgacha yoshdagi bolalar taraqqiyoti va faoliyatining psixologik tavsifi
  • I bob o‘quvchi yoshlar faoliyatini boshqarishda yuzaga keladigan nizoli vaziyatlarni bartaraf etish yo‘llari




    Download 0,65 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/12
    Sana23.05.2024
    Hajmi0,65 Mb.
    #251049
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    O‘quvchi yoshlar faoliyatini boshqarishda yuzaga keladigan nizoli vaziyatlarni bartaraf etish yo‘llari

    Kurs ishining maqsadi
    : Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik 
    birlashmalarni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni 
    egallash, ta’lim jatumanida innovatsion texnalogiyalardan foydalanish va uning 
    ahamiyatini aniqlashdan iborat. 
    Ishning vazifasi: 
    1. Mavzuga oid abiyotlar pedagogik va psixologik adadabiyotlar taxlili. 



    2. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik birlashmalarni tashkil 
    etishning o‘ziga xos xususiyatlari; 
    3. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik birlashmalarni tashkil etish 
    omillari; 
    Kurs ishining obyekti
    . Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik 
    birlashmalarni tashkil etish 
    Kurs ishining predmeti. 
    Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik 
    birlashmalarni tashkil etish shakl, metod va vositalarini takomillashtirish. 
    Kurs ishining metodlari. 
    Pedagogik, psixologik, metodik, ilmiy va ilmiy-
    texnikaviy manbalarni nazariy taxlil etish; anketa so‘rovnomalari o‘tkazish, 
    kuzatish, suhbat,tajriba-sinov ishlari, kurs ishi natijalarini umumlashtirish va 
    matematik-statistikuslublarini qo‘llash. 
    Kurs ishining tuzilishi. 
    Kirish, 2 bob, 4 bo‘lim, xulosa, tavsiyalar, glosariya va 
    foydalanilgan adabiyotlardan iborat. 
     
     



    I BOB. 
    O‘quvchi yoshlar faoliyatini boshqarishda 
    yuzaga keladigan nizoli vaziyatlarni bartaraf 
    etish yo‘llari 
    1.1. Maktabgacha yoshdagi bolalar taraqqiyoti va faoliyatining 
    psixologik tavsifi 
    O‘quvchi yoshlar faoliyatini boshqarishda yuzaga keladigan nizoli vaziyatlarni 
    bartaraf etish yo‘llariBolaning 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan maktabgacha yoshi 
    bolalik davrining katta bir qismini tashkil etadi. Asosan mana shu davrdan boshlab 
    bolaning mustaqil faoliyatlari rivojlanadi hamda shaxsiy individual xususiyatlari 
    (shaxsiy fazilatlari) tarkib topa boshlaydi. Rus pedagoglaridan P.F.Lesgaftning 
    fikricha, insonning maktabgacha yoshidagi davri shunday bir davrki, ana shu davr 
    mobaynida kelgusida qanday xarakter xislatlari paydo bo‘lishi belgilanadi va 
    axloqiy sifatlarining asoslari yuzaga keladi. Insonning kamol topa borishida 
    maktabgacha yoshdagi davrning ahamiyatiga doir P.F.Lesgaftning bu fikri rus 
    pedagogi A.S.Makarenkoning quyidagi fikriga to‘la mos keladi. A.S.Makarenko 
    bolalarni juda kichik davridan boshlab tarbiyalash zarurligi haqida gapirib, 
    tarbiyaning eng muhim asoslari bolaning besh yoshgacha bo‘lgan davri mobaynida 
    yuzaga keltiriladi. Mana shu davrda qilingan butun tarbiya, tarbiya jarayonining 
    90% ini tashkil etadi, degan edi. 
    Haqiqatan ham bolaning maktabgacha yoshidagi davri shu qadar mazmundor 
    va faol davrdirki, bu davr bolaning kelgusi o‘sishida albatta o‘z aksini qoldiradi. 
    Shuning uchun maktabgacha yoshidagi davr ta’sir o‘tkazish kuchi jihatidan g‘oyat 
    mas’uliyatlidir.Bola ilk yoshdan maktabgacha davrga o‘tgach, uning butun yashash 
    sharoitida jiddiy o‘zgarishlar yuz beradi.
    Birinchidan, bola bog‘cha yoshiga o‘tgach, uning faoliyat doirasi ancha 
    kengayib, mustaqilligi yanada ortadi. Uning o‘yinlari, xattiharakatlari ham 
    boshqacha mazmunga ega bo‘la boshlaydi.
    Ikkinchidan, bolaning butun faoliyatida nutqning roli orta boradi.
    Uchinchidan, bola maktabgacha yoshga o‘tgach, muayyan dastur asosida 
    maxsus pedagog tomonidan tarbiyalana boshlaydi. Maktabgacha yoshdagi bolaning 



    yashash sharoitida barobar kattalashgan, biroq uning muskullari hali yetarli darajada 
    mustahkamlanmagan bo‘ladi. Mana shuning uchun bog‘cha yoshidagi bolaning 
    yuragi bir qisqarishda organizm uchun yetarli qon siqib chiqara olmaydi. Bola 
    yuragining katta odamlar yuragiga qaraganda nisbatan tezroq urishining sababi ham 
    mana shundadir. Chunonchi, agar 1 yoshdagi bolaning yuragi bir marta qisqarishda 
    10,2 kub/sm qon siqib chiqarsa, 7 yoshli bolaning yuragi bir marta qisqarishda 23 
    kub/sm dan qon siqib chiqaradi. Katta yoshdagi odamning yuragi esa bir marta 
    qisqarishda 60 kub/sm dan ortiqroq qon siqib chiqaradi. Maktabgacha yoshdagi 
    davrda yurakning nisbatan tezroq ishlashi tufayli bolaning qon bosimi katta 
    kishilarga nisbatan biroz kuchliroq bo‘ladi. 
    O‘quvchi yoshlar faoliyatini boshqarishda yuzaga keladigan nizoli vaziyatlarni 
    bartaraf etish yo‘llariMaktabgacha yoshdagi bolalar nafas olish a’zolarining ishida 
    ham anchagina o‘zgarishlar yuzaga keladi. Bu yoshdagi bolalar o‘pkasining normal 
    ishlashi va rivojlanishiga ko‘krak qafasining o‘sishi ko‘p jihatdan ta’sir etadi. 
    Chunki, o‘pkaning faoliyati asosan ko‘krak qafasining shakli va elastikligiga 
    (harakatchanligiga) bog‘liq bo‘ladi. Bolalarning ko‘krak qafaslari nafas olish uchun 
    qulay emas. Bolalarda diafragmaning bir qadar tik joylashganligi ko‘krak qafasining 
    vertikal uzunligini qisqartirib qo‘ygan. Bundan tashqari, maktabgacha yoshdagi 
    bolalarda ko‘krak qafasining doirasi ham kattalarnikiga qaraganda juda tor bo‘ladi. 
    Shu sababli bolalarning nafas olishlari katta odamlarning nafas olishlariga nisbatan 
    nozikiroq bo‘ladi.
    Bolalar o‘pkasining hajmi yetarli darajada kattalashmaguncha chuqur nafas 
    ololmaydilar. Natijada bolalar chuqur nafas olishning o‘rniga tez nafas olish bilan 
    qoniqadilar. Bolaning bog‘cha yoshidagi davrida boshqa organlari kabi ko‘krak 
    qafasining o‘sishi ham biroz sekinlashadi. Lekin ko‘krak qafasi doirasining 
    kengayishi bu davrda ancha tez davom etaveradi. Bola ko‘krak qafasining doirasi 
    yiliga 1–2 sm dan kengayib borib, 13–14 yoshga yetganda o‘z shakli va hajmi 
    jihatidan katta odamlarning ko‘krak qafasiga yaqinlashadi.Bolaning 3 yoshdan 7 
    yoshgacha bo‘lgan davrida nafas olishining miqdori deyarli o‘zgarmaydi. Lekin bu 
    davrda bola haddan tashqari harakatchan bo‘lgani uchun uning organizmi .Kattalar 



    va tengdoshlari bilan bo‘lgan munosabat orqali bola axloq me’yorlari, kishilarni 
    anglashi, Shuningdek, ijobiy va salbiy munosabatlar bilan tanisha boshlaydi. 
    Bog‘cha Yoshidagi bola endi o‘z gavdasini yaxshi boshqara oladi. Uning harakati 
    muvofiqlashtirilgan holda bo‘ladi. Bu davrda bolaning nutqi jadal rivojlana 
    boshlaydi, u yangiliklarni egallashga nisbatan o‘z bilganlarini mustahkamlashga 
    ehtiyoj sezadi, o‘zi bilgan ertagini qayta-qayta eshitish va bundan zerikmaslik, shu 
    davrdagi bolalarga xos xususiyatdir. 
    O‘quvchi yoshlar faoliyatini boshqarishda yuzaga keladigan nizoli vaziyatlarni 
    bartaraf etish yo‘llariBog‘cha Yoshidagi bolalar nutqni bir muncha to‘la 
    o‘zlashtirganlari va haddan tashqari harakatchanliklari tufayli ularda o‘zlariga yaqin 
    bo‘lgan katta odamlar va tengdoshlari bilan munosabatda bo‘lish ehtiyoji tug‘iladi. 
    Ular tor doiradan kengroq doiradagi munosabatlarga intila boshlaydilar. Ular endi 
    bog‘chadagi o‘rtoqlari va qo‘ni-qo‘shnilarning bolalari bilan ham jamoa bo‘lib 
    o‘ynashga harakat qiladilar.Hamma narsani bilib olishga bo‘lgan ehtiyoj kuchayadi. 
    Bog‘cha Yoshidagi bola tabiatiga xos bo‘lgan kuchli ehtiyojlardan yana biri, uning 
    har narsani yangilik sifatida ko‘rib, uni har tomonlama bilib olishga 
    intilishidir.Bog‘cha Yoshidagi bolalar hayotida va ularning psixik jihatidan 
    o‘sishida qiziqishning roli kattadir, qiziqish xuddi ehtiyoj kabi, bolaning biror 
    faoliyatga undovchi omillardan biridir. Shuning uchun ham qiziqishni bilish 
    jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab psixik hodisa desa bo‘ladi.Bolaning kamol 
    topishida qiziqishning ahamiyati shundaki, bola qiziqqan narsasini mumkin qadar 
    chuqurroq bilishga intiladi va uzoq vaqt davomida qiziqqan narsasi bilan 
    shug‘ullanishdan zerikmaydi. Bu esa o‘z navbatida bolaning diqqati hamda irodasi 
    kabi muhim xislatlarni o‘stirishga va mustahkamlashiga yordam beradi. 3-7 Yoshli 
    bolalarning psixik rivojlanishida badiiy-ijodiy faoliyat turi bo‘lgan musiqaning 
    ahamiyati ham juda kattadir. Musiqa orqali bolalar ashula aytishga, musiqa ohangiga 
    mos ritmik harakatlar qilishga o‘rganadilar. Maktabgacha yoshidagi bolalar 
    o‘yinining psixologik xususiyatlar.Ma’lumki, bolaning Yoshi ulg‘ayib, mustaqil 
    harakat qilish imkoniyati oshgan sari, uning atrofidagi narsa va hodisalar bo‘yicha 


    10 
    dunyoqarashi kengayib boradi. Maktabgacha Yoshdagi bolalarning etakchi faoliyati 
    o‘yindir. Bu Yoshdagi bolalarning o‘yinlarini uchga bo‘lish mumkin: 
    1)predmetli o‘yinlar(15-20 minut o‘ynaladi); 
    2)syujetli-rolli o‘yinlar (30-60 minut o‘ynaladi); 
    3) qoidali o‘yinlar (1soatdan -2kungacha davom etishi mumkin). 
    O‘quvchi yoshlar faoliyatini boshqarishda yuzaga keladigan nizoli vaziyatlarni 
    bartaraf etish yo‘llariBog‘cha Yoshidagi bolalarning o‘yin faoliyatlari masalasi 
    asrlar davomida juda ko‘p olimlarning diqqatini o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Bog‘cha 
    Yoshidagi bolalar o‘zlarining o‘yin faoliyatlarida ildam qadamlar bilan olg‘a qarab 
    borayotgan sermazmun hayotimizning hamma tomonlarini aks ettirishga 
    intiladilar.Bola atrofidagi narsalar dunyosini bilish jarayonida ular bilan bevosita 
    amaliy munosobatda bo‘lishga intiladi. Bu o‘rinda shu narsa harakterliki, bola 
    bilishga tashnaligidan atrofdagi o‘zining haddi sig‘adigan narsalari bilangina emas, 
    balki kattalar uchun mansub bo‘lgan, o‘zining kuchi ham etmaydigan, haddi 
    sig‘maydigan narsalar bilan ham amaliy munosabatda bo‘lishga intiladi. Masalan: 
    bola avtomashinani yoki tramvayni o‘zi haydagisi, xaqiqiy otga minib yurgisi, 
    uchuvchi bo‘lib, samolyotda uchgisi va rostakam militsioner bo‘lgisi keladi. 
    Tabiiyki bola o‘zidagi bunday ehtiyojlarning birontasini ham haqiqiy yo‘l bilan 
    qondira olmaydi. Bu o‘rinda savol tug‘iladi. Bolalarning tobora ortib borayotgan 
    turli ehtiyojlari bilan ularning tor imkoniyatlari o‘rtasidagi qarama-qarshilik qanday 
    yo‘l bilan hal qilinadi? Bu qarama-qarshilik faqatgina birgina faoliyat orqali, ya’ni, 
    bolaning o‘yin faoliyati orqaligina hal qilinishi mumkin. Buni quyidagicha izohlab 
    berish mumkin: 
    - birinchidan, bolalarning o‘yin faoliyati qandaydir moddiy mahsulot ishlab 
    chiqarishga qaratilgan faoliyat emas. Shuning uchun bolalarni o‘yinga undovchi 
    sabab (motiv) kelib chiqadigan natija bilan emas, balki shu o‘yin jarayonidagi turli 
    harakatlarning mazmuniga bog‘liqdir; 
    - ikkinchidan, bolalar o‘yin jarayonida o‘z ixtiyorlaridagi narsalarni, o‘zlarini 
    qiziqtirgan, ammo kattalargagina mansub bo‘lgan narsalarga aylantirib, 
    xohlaganlaricha erkin faoliyatda bo‘ladilar. Bolalarning o‘yin faoliyatlari ularning 


    11 
    jismoniy va psixik jihatdan garmonik ravishda rivojlanishi uchun birdan-bir 
    vositadir.O‘yin bolalar hayotida shunday ko‘p qirrali faoliyatki, unda katgalarga 
    mansub bo‘lgan mehnat ham, turli narsalar haqida tafakkur qilish, xom-xayol surish, 
    dam olish va xushchaqchaqlik jarayonlarining barchasi o‘yin faoliyatida aniq 
    bo‘ladi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, o‘yin faqat tashqi muhitdagi narsa 
    hodisalarni bilish vositasigina emas, balki qudratli tarbiya vositasi hamdir. Ijodiy va 
    syujetli o‘yinlarda bolalarning barcha psixik jarayonlari bilan birgalikda ularning 
    individual xususiyatlari ham shakllanadi. Demak, bog‘chadagi ta’lim-tarbiya 
    ishlarining muvaffaqiyati ko‘p jihatdan bolalarning o‘yin faoliyatlarini maqsadga 
    muvofiq tashkil qila bilishga bog‘liqdir. Shunday qilib, o‘yin bolalar xayoli 
    tomonidan yaratilgan narsa emas, aksincha, bolalar xayolining o‘zi, o‘yin davomida 
    yuzaga kelib, rivojlanadigan psixik jarayondir. Shuni ham ta’kidlash joizki, fan-
    texnika mislsiz rivojlanayotgan hozirgi davrda hayratda qoldiradigan narsalar 
    bolalarga go‘yo, bir mo‘‘jizadek ko‘rinadi. Natijada ular ham o‘zlarining turli 
    o‘yinlari jarayonida o‘xshatma qilib (ya’ni, analogik tarzda), har xil xayoliy 
    narsalarni o‘ylab topadilar (uchar ot, odam mashina, gapiradigan daraxt kabilar). 
    Bundan tashqari, bolalarning turli xayoliy narsalarni o‘ylab chiqarishlari yana shuni 
    anglatadi-ki, ular o‘zlarining har turli o‘yin faoliyatlarida faqat atroflaridagi bor 
    narsalarni emas, balki ayni chog‘da ehtiyojlarini ham aks ettiradilar.Bolalarning 
    o‘yin faoliyatlarida turli hayoliy va afsonaviy obrazlarni yaratishlari odamning (shu 
    jumladan, bolalarning ham) tashqi muhitdagi narsa va hodisalarni aks ettirish passiv 
    jarayoni emas, balki faol, ijodiy yaratuvchanlik jarayoni ekanligidan dalolat 
    beradi.Bolalar o‘yin faoliyatining yana bir xususiyati bu o‘yin jarayonida bolaning 
    qiladigan xatti-harakatlari va bajaradigan rollarining ko‘pincha umumiylik 
    harakteriga ega bo‘lishidir. Buni shunday tushunish kerakki, bola o‘zining turli-
    tuman o‘yinlarida faqat o‘ziga tanish bo‘lgan yolg‘iz bir shofyorning, vrachning, 
    militsionerning, tarbiyachining, uchuvchining xatti-harakatlarnigina emas, balki 
    umuman shofyorlarning, vrachlarning, tarbiyachilarning hamda uchuvchilarning 
    xatti-harakatlarini aks ettiradi. 


    12 
    Bu yoshdagi bolalar o‘z vaqtining ko‘p qismini o‘yin bilan o‘tkazadi, ayniqsa 
    3 yoshdan 6-7 yoshgacha o‘yinlar ahamiyatli taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tadi: 
    predmetli-boshqaruv va ramziy o‘yinlardan tortib to qoidali syujetli-rolli 
    o‘yinlargacha. Bu yosh davrida barcha o‘yin turlarini ko‘rish mumkin.Bu yosh davri 
    davomida bolalarning quyidagi asosiy faoliyat turlari izchillikda takomillashib 
    boradi: predmetlar bilan boshqarish o‘yini, qonstruktiv tipdagi individual predmetli 
    o‘yin, jamoaviy syujetli-rolli o‘yinlar, individual va guruhiy ijod, o‘yin-musobaqa, 
    o‘yin-muloqot, uy mehnati.
    Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar asosan predmetlar, turli xil o‘yinchoqlar 
    bilan yolg‘iz o‘zlari o‘ynaydilar. O‘zlarining predmetli va konstruktorli o‘yinlarida 
    idrok, xotira, tasavvur, tafakkur jarayonlarini, Shuningdek o‘z harakat 
    qobiliyatlarini takomillashtirib boradilar. Albatta, turmush tajribalari va faoliyatlari 
    doirasi cheklangan kichik yoshdagi bolalar (ba’zan kichik guruh bolalari ham) 
    o‘zlarining o‘yinlarida qonkret odamlarni va ularning harakatlarini aks ettiradilar 
    xolos. Masalan, (oyisini, dadasini, akasini, tarbiyachisini va shu kabilarni). O‘rta 
    yoki katta bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘yinlarida esa bunday obrazlar umumiylik 
    harakteriga ega bo‘la boshlaydi. Sekin-asta o‘rta maktabgacha davrga borib o‘yin 
    jamoaviy bo‘lib boradi va unga ko‘proq bolalar qo‘shila boshlaydi. Bolalarning 
    individual xususiyatlarini, ularning jamoa o‘yinlari davomida kuzatish qulaydir. 
    O‘z o‘yinlarida bolalar kattalarning predmetlarga munosabatinigina emas, 
    balki ko‘proq ularning o‘zaro munosabatlarini ham aks ettiradilar va ularga taqlid 
    etadilar. Shuningdek, jamoa o‘yinlarida bolalar bir guruh odamlarning murakkab 
    hayotiy faoliyatlarini aks ettiradilar. Masalan, «poezd» o‘yinini olaylik. Bunda 
    mashinist, parovozga ko‘mir yoquvchi, provodniklar, qontrolyor, kassir, stansiya 
    xodimlari va yo‘lovchilar bo‘ladi. Bolalarning mana shu kabi jamoa o‘yinlari 
    artistlarning faoliyatiga o‘xshaydi. Chunki, jamoa o‘yinidagi har bir bola o‘z rolini 
    yaxshi ado etishga intilishi bilan birga, o‘yinning umumiy mazmunidan ham chetga 
    chiqib ketmaslikka tirishadi. Bu esa, har bir boladan o‘zining butun qobiliyatini 
    ishga solishni talab etadi. Ma’lum rollarga bo‘lingan jamoa o‘yini, bolalardan qat’iy 
    qoidalarga bo‘ysunishini va ayrim vazifalarni talab doirasida bajarishni taqozo etadi. 


    13 
    Shuning uchun bolalarning bunday jamoa o‘yinlari psixologik jihatdan katta 
    ahamiyatga ega. Chunki, bunday o‘yinlar bolalarda irodaviylik, xushmuomalalik, 
    o‘yin qoidalariga, tartib-intizomga bo‘ysungan va shu kabi boshqa ijobiy hislatlarni 
    tarbiyalaydi va rivojlantiradi. Kеlajak avlodga estеtik tarbiya bеrishda xam oilaning 
    muxim urni bor. Oila davrasida kushiklar kuylanishi, biror ertak yoki asarni oila 
    davrasida ukish, birga spеktakl va kino kurish va taxlil kilish, kiyinish madaniyatini 
    shakllantirish, uyda gullar parvarish kilish, rasm solish va xakozolar bolani estеtik 
    tarbiyasini shakllantirishdagi jixatlardir.
    O‘quvchi yoshlar faoliyatini boshqarishda yuzaga keladigan nizoli vaziyatlarni 
    bartaraf etish yo‘llariOta-onalar voyaga еtayotgan farzandlarining jismoniy 
    barkamolligiga uta ma`suliyat bilan karashlari lozim. Masalan: ertalabki badan 
    tarbiya mashklarini bolalar bilan birgalikda bajarish, tugri va vitaminlashtirilgan 
    ovkat bеrish, dam olishni, uykuni tugri tashkil etish vaktida shifokor nazoratidan 
    utkazishlari 
    zarur.
    Bola xayotida mеxnat tarbiyasi muxim sanaladi. Bolalarni mеxnatga muxabbat 
    ruxida tarbiyalash, ularda mеxnat kilish odobini shakllantirish va kunikmalar xosil 
    kilishda, ularning kizikishlari xisobga olingandagina erishiladi. Ota-onalar bolani 
    maktabga tayyorlashda unda mеxnat kunikma va malakalarini xosil kilishga, 
    mеxnatga extiyojni tarbiyalashga, boshkalarning mеxnatini kadrlashga, mеxnat 
    natijalarini extiyot kilishga urgatishga jiddiy e`tibor bеrishlari lozim. Mеxnat 
    bolalarda uyushkoklik, dikkat, saranjom-sarishtalikni tarbiyalash, shuningdеk 
    maksadga erishishda sabot va matonat kabi iroda xususiyatlarini rivojlantirish 
    vositasidir.
    Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni oilada tarbiyalashni, ota-onalar bilan 
    xamkorlikni bundan kеyin yanada takomilishtirish yullarini izlab topish oilaviy 
    tarbiyaning ijtimoiy tarbiya bilan alokasini mustaxkamlash maktabgacha tarbiya 
    muassasalari xodimlari pеdagogik omillar, bu soxada ilmiy ish olib boruvchi 
    tadkikotchilar va uslubchilarning muxim vazifasidir.


    14 
    Bolalarni tarbiyalashda davlat axamiyatidagi vazifadir. Uning tugri xal kilinishi 
    tarbiya ishining kuyilishiga komplеks yondoshishga tarbiyaviy muassasalarning, 
    oila va jamiyatchilikning tulik uz aro ta`siri va xarakatlarning birligiga boglik.
    Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta`limiga utishi xmisha uning xayoti, 
    axloki, kizikishi va munosabtalarida anchayin jiddiy uzgarishlarni yuzaga chikaradi. 
    Shuning uchun bolani bogchadayok yoki uydayok maktab ta`limiga tayyorlash, uni 
    uncha kiyin bulmagan bilim, tushuncha, kunikma va malakalar bilan tanishtirish 
    lozim.
    O‘quvchi yoshlar faoliyatini boshqarishda yuzaga keladigan nizoli vaziyatlarni 
    bartaraf etish yo‘llariMaktabgacha ta`lim muassasalarida tarbiyachilar tomonidan 
    utkaziladigan mashuglotlar jarayonida bolalarda mustakil fikrlash kunikma va 
    malakalari xosil kilinadi, tarbiyachining suzini tinglash, urtoklari bilan 
    gaplashmaslik, xar bir tarbiyachi tomonidan bеrilgan savollarga javob bеrishga 
    xarakat kilish, tarbiyachi tomonidan aytilgan fikrlakrni takrorlashga urgatib boriladi. 
    Xar bir yosh guruxlarda kancha mashgulot utkazish bolalar bogchasi ta`lim-tarbiya 
    dasturida bеlgilab kuyilgan.
    Xar bir bogchada mеtodik xonalar mavjud bulib, unda bolalar bogchasida 
    ta`lim-tarbiya dasturining xamma bilimlari buyicha mеtodik kullamalar buladi. 
    Еtishmovchiliklarni ya`ni mеtodik jixatdan, tarbiyachi uzi tayyorlaydi va bu ishga 
    ba`zan tayyorlov guruxidagi bolalarni jalb etadi.
    Tarbiyachi 
    mashgulotlar 
    jarayonida 
    yangi 
    pеdagogik 
    tеxnologiya 
    matеriallaridan va tarbiyaning samarali mеtod va usullaridan foydalana, bolani yosh, 
    ruxiy-fiziologik xususiyatlari inobatga olinsa tarbiya bеrishning samaradorligi 
    oshadi.
    Tarbiyachi xar bir bolani imkoniyatlarini aniklab olishi kеrak, bolalar uzi 
    yashayotgan jamoaga munosabatiga karab bir nеcha guruxlarga bulinadi:
    gurux: Ijobiy xulkli bolalar bulib, ular tеz dustlashadilar. Ularni jamoa a`zolari 
    xurmat qiladi. Bu toifadagi bolalar jamoaning faollari bulib, tarbiyachi jamoa 
    munosabatlarini urnatishda ularga suyanadi.
    Gurux: faol tashabbusga kushiladi, ammo bеkaror buladi. 


    15 
    Gurux: tortinchok bulib uyinda katnashmaydilar, mashgulotlarda sust buladilar. 
    Bunday bolalarga aloxida e`tibor zarur.
    Tarbiyachi xar bir gurux bolalari bilan individual yondoshib, ularni
    bir-biri bilan uz aro munosabatga kirishib, dustlashishga yordam bеradi. 
    Bolalar bogchasining asosiy pеdagogik vazifasi – bolalarni yuksak ma`naviy-
    axlokiy ruxda tarbiyalash va ularni maktabda ukishga xar tomonlama tayyorlashda 
    ota-onalarga muntazam ravishda yordam kursatishdan iborat:
    Maktabgacha tarbiya muassasasi xodimlarining eng birinchi vazifasi – bolalar 
    bogchasi tarbiyalanuvchilarining ota-onalari va oilasining boshka a`zolari ongida 
    bola tarbiyasida oila birinchi darajali axamiyatga egaligi va xar bir oila bolalarining 
    faollashuvida oilaviy va ijtimoiy tarbiyaning birligiga erishilgandagina kutilgan 
    natijaga olib kеlishiga chukur ishonch uygotishdir. Bolalar bogchasi ota-onalarda 
    pеdagogik bilimlar asosini yaratadi. Ularda tarbiya xakidagi fanga kizikish uygotadi. 
    Uz bilimlarini doimo kеngaytirish istagini va unga intilish xissini uygotadi.
    Kеyinchalik esa maktab pеdagogik umumta`limiga kirishib kеtish xissini 
    uygotadi.
    Maktabgacha tarbiya muassasalarida ta`lim-tarbiyani xar tomonlama, jumladan 
    ma`naviy, axlokiy, aqliy, estеtik, jismoniy va mеxnat tarbiyalari birgalikda olib 
    borilib bola maktabga chikariladi. Bola bogchada olgan bilimlarini maktabda davom 
    ettirishga shundagina kiynalmaydi.
    Akl kеng ma`noda sеzish, idrok etishdan boshlanadigan tafakkur va xayolni uz 
    ichiga oladigan jarayondir.
    Bolalarni maktabga tayyorlashda aqliy tarbiyaning urni katta. Bilimlar 
    zaxirasini kеngaytirish, aqliy faollikni va mustakillikni rivojlantirish, maktabda 
    yaxshi ukish, kеyingi mеxnat faoliyatiga tayyorlanishning muxim shartidir.
    Bola 6-7 yoshdan maktabga utishi, ularni maktab ta`limiga tayyorlash uchun 
    aqliy rivojlantirish еtarli bulishini ta`minlash tarbiyachidan katta ma`suliyatni talab 
    etadi.
    Maktabgacha ta`lim yoshida bilim tеz sur`atda rivojlanib boradi, boyib boradi. 
    Nutk shakllanadi, bilish jarayonlari takomillashadi, bola eng oddiy aqliy faoliyat 


    16 
    usullarini egallab boradi. Bolalarda aqliy faoliyatni dastlab muomala orkali, sung 
    mashgulotlar, bilish bеrish orkali amalga oshiriladi.
    Tеvark atrof, buyum va narsalar bolaning sеzgi organlariga ya`ni 
    analizatorlariga ta`sir etadi va sеzgi xosil buladi. Sеzgi bolalarda ayrim xossalarni 
    bilib olishga yordam bеradi. (Issik-sovuk, gadir-budur). Sеzgi atrof-muxitni 
    bilishning dastlabki boskichi xisoblanadi.
    Bolalarni bilimlarni egallab olishlari ularni aqliy faolligini rivojlantirish aqliy 
    malaka va ko‘nikma egallab olishlari, ularning maktabda muvaffaqiyatli o‘qishlari 
    uchun bo‘lajak mеxnat faoliyatiga tayyorlanishda manba bulib xizmat qiladi.
    Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyalashning asosiy vazifalari 
    kuyidagilardan iborat:
    Bolalarda tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi bilimlar sistеmasini, ilmiy 
    dunyoqarashni shakllantirish.
    Bilimga doir ruxiy jarayonlarni rivojlantirish: sеzgi, idrok, xotira, xayol, 
    tafakkur, nutk. Bilishga doir ruxiy jarayonlarni rivojlantirish aqliy tarbiyaning 
    muxim vazifasidir.
    Bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlarni aqliy mеxnat madaniyatini 
    rivojlantirish. 
    Aqliy 
    tarbiyaning 
    vazifasi bolalar 
    qiziquvchilarni, 
    ya`ni 
    qiziquvchanligini ular aqlining sinchqovligini rivojlantirish va shular asosida 
    bilishga qiziqish xosil qilishdan iborat.
    Aqliy malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish, ya`ni eng oddiy faoliyat usullari 
    prеdmеtlarni tеkshirish ulardagi muxim va muxim bulmagan bеlgilarni ajratib 
    kursatish boshka prеdmеtlar bilan taqqoslash maktabgacha tarbiya yoshidagi 
    bolalarga aqliy tarbiya bеrish vazifalaridan biridir. Bu kunikma va malakalar bilish 
    faoliyatining tarkibiy qismlari bo‘lib, bolaning bilimlarini chuqur egallab olishga 
    yordam bеradi.
    Eng muximi shundaki, bolalarga bilim bеribgina qolmay, ularni olgan 
    bilimlaridan aqliy va amaliy vazifalarni xal etishga foydalanishga o‘rgatish.
    Oilada tarbiyani xar tomonlama, jumladan mafkuraviy, axlokiy, estеtik, 
    jismoniy va mеxnat tarbiyasini birgalikda olib borish yaxshi samara bеradi. 


    17 
    Masalan: Mafkuraviy tarbiyani bolaga utmishimizda vatan ravnaki, el-yurt tinchligi, 
    va farovonligi yulida kurashgan xalq qaxramonlari xaqida gapirib bеrish, 
    davlatimizning ramziy bеlgilari bilan tanishtirish, mustakillik, vatan xakidagi shе`r 
    va qo‘shiqlarni yod oldirish orqali singdirish mumkin. Shuningdеk farzandlarimizda 
    Vatan ximoyasiga xar doim tayyorlik tuygusini shakllantirishdan iborat 
    Oilaviy tarbiya jarayonida shaxsning bir kator axlokiy jixatlari shakllanadiki, 
    boshqa xеch qaysi tarbiya ob`еkti oiladagidеk yuqori natija bеrolmaydi. Bularga, 
    insonparvarlik, mеxr-muruvvat, raxm-shafkat, xamdardlik, muomala madaniyati, 
    burch va sadokat, minnatdorchilik kabi ajoyib insoniy fazilatlar kiradi.
    Kеlajak avlodga estеtik tarbiyani bеrishda xam oilaning muxim urini bor. Oila 
    davrasida kushiklar kuylanishi, biror ertak yoki asarni oila davrasida o‘qish, birga 
    spеktakl va kino ko‘rish va taxlil qilish, kiyinish madaniyatini shakllantirish, uyda 
    gullar parvarish qilish, rasm solish bolada estеtik tarbiyani shakllanishidagi 
    jixatlardir.
    Ota-onalar voyaga еtayotgan farzandlarining jismoniy barkamolligiga 
    ma`suliyat bilan karashlari lozim. Masalan: Ertalabki badantarbiya mashqlarini bola 
    bilan birgalikda bajarish, tugri va vitaminlashtirilgan ovqat bеrish, dam olishni, 
    uyquni to‘g‘ri tashkil etish.
    MTMlarning oila bilan ishlash tizimida anik maksad, mazmun bulishi kеrak. 
    MTMning ota-onalar bilan ishlashidan jamoa tarzida va yakkama-yakka xolda 
    ishlash shakllarini moxirlik bilan qo‘shib olib borish, kеng axoli ommasi orasida 
    pеdagogik tashviqot ishlarini tashkil qilish tufayli bolalarni tarbiyalashda ijobiy 
    natijalarga erishish mumkin. Bolalar bog‘chasi xodimlaridan ota-onalar va oila bilan 
    xamkorlikdagi ishlaridan eng kеng tarqalgan shakl va usullarini kеltiramiz.
    Ota-ona va oila bilan yakkama-yakka ishlash. Bunda oilaga tarbiyachining 
    borishi, ota-onalar uchun suxbat utkazish, ularga maslaxat bеrish, ota-onalarni 
    bolaning MTMdagi xayoti bilan tanishtirish kabilar kiradi.
    Ota-onalar bilan jamoa tarzida tashkil qilinadigan ishlar. Bular ota-onalarning 
    guruxiy va umumiy majlislari, ota-onalar maktabi, anjumanlar, shanbaliklar, savol 
    javob kеchalari.


    18 
    Ko‘rsatmali ishlar – ishning bu turi: ko‘rgazmalar uyushtirish, bolalarning 
    ishlarini namoyish kilish, ochik eshiklar kuni, ota-onalar burchagi, ota-onalar uchun 
    kutubxonalar tashkil kilish.
    Bolaning oilasini borib ko‘rish va oila a`zolari bilan yaqindan tanishish.
    Ota-onalar pеdagogik ta`lim bеrish va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.
    Xulosa kilib, bolalar maktab ta`limiga tayyorgarligiga ta`sir etuvchi omillar 
    xaqida gapirar ekanmiz, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni oilada tarbiyaning 
    ota-onalar bilan xamkorlikda, bundan kеyin yanada takomillashtirish yo‘llarini izlab 
    topilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Oilaviy tarbiyaning ijtimoiy tarbiya bilan 
    aloqasini mustaxkamlash maktabgacha tarbiya muassasasi xodimlarining pеdagogik 
    olimlari, bu soxada ilmiy ish olib boruvchi tadqiqot va mеtodistlarning o‘rni juda 
    xam kattadir

    Download 0,65 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 0,65 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I bob o‘quvchi yoshlar faoliyatini boshqarishda yuzaga keladigan nizoli vaziyatlarni bartaraf etish yo‘llari

    Download 0,65 Mb.
    Pdf ko'rish