I bob o‘quvchi yoshlar faoliyatini boshqarishda yuzaga keladigan nizoli vaziyatlarni bartaraf etish yo‘llari




Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana23.05.2024
Hajmi0,65 Mb.
#251049
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
O‘quvchi yoshlar faoliyatini boshqarishda yuzaga keladigan nizoli vaziyatlarni bartaraf etish yo‘llari

birinchi davr

bu 3-4 Yosh oralig‘ida bo‘lib, bola emotsional jihatdan o‘z-
o‘zini boshqarishning mustahkamlanishi bilan bog‘liqdir;
ikkinchi davr

bu 4-5 Yoshni tashkil qilib axloqiy o‘z-o‘zini
boshqarish;
uchinchi davr
 
esa shaxsiy ishchanlik va tadbirkorlik xususiyatining 
shakllanishi bilan xarakterlanadi.
Maktabgacha davrda axloqiy tushunchalar borgan sari qat’iylasha boradi. 
Axloqiy tushunchalar manbai sifatida, ularning ta’lim-tarbiyasi bilan 
shug‘ullanayotgan kattalar, Shuningdek, tengdoshlari ham bo‘lishi mumkin. 
Axloqiy tajribalar asosan muloqot, kuzatish, taqlid qilish jarayonida, Shuningdek, 
kattalarning ayniqsa, onalarning maqtovi va tanqidlari ta’sirida o‘tadi va 
mustahkamlanadi. Bola doimo baho, ayniqsa maqtov olishga harakat qiladi. Bu baho 
va maqtovlar bolaning muvaffaqiyatga erishishga bo‘lgan harakatlarining 
rivojlanishida, Shuningdek, uning shaxsiy hayoti hamda uning kasb tanlashida 
ahamiyati juda kattadir.
Bog‘cha yoshidagi bolalarda muloqotning yangi motivlari yuzaga keladi. Bu 
shaxsiy va ishbilarmonlik motivlaridir. Shaxsiy muloqot motivlari - bu bolani 
tashvishga solayotgan ichki muammolari bilan bog‘liq, ishbilarmonlik motivlari esa 
u yoki bu ishni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan motivlardir. Bu motivlarga asta-
sekinlik bilan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash bilan bog‘liq bo‘lgan o‘qish 
motivlari qo‘shiladi. Bu motivlar ilk bolalik davridan boshlanib, yuzaga keladigan 
bolalarning tabiiy qiziquvchanligi o‘rnida paydo bo‘ladi. O‘zini namoyon qilish 
motivlari ham bu Yoshda yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu motiv, asosan, bolalarning 
syujetli-rolli o‘yinlarida asosiy rolni egallashga, boshqalar ustidan rahbarlik qilishga 
intilishda, musobaqaga kirishishga, nima bo‘lganida ham yutishga harakat 
qilishlarida ko‘rinadi.
Maktabgacha yosh davri bolalari uchun kattalar beradigan baho juda muhim. 
Bolalar birinchi navbatda ma’naviy axloq me’yor va qoidalarini, o‘z 
majburiyatlariga munosabat, kun tartibiga rioya etish, hayvon va narsalar bilan 
muomala qilish me’yorini egallaydilar. Bunday me’yorlarni egallash bu yoshdagi 


31 
bolalar uchun qiyin hisoblanib, ularni yaxshi o‘zlashtirishi uchun syujetli-rolli 
o‘yinlar yordam berishi mumkin. Bog‘cha yoshining oxirlariga kelib, ko‘pchilik 
bolalarda aniq bir axloqiy qarashlar tarkib topadi, Shuningdek, odamlarga 
munosabat bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsiy sifatlar jumladan: kishilarga nisbatan 
diqqat-e’tiborli, mehribon bo‘lish xususiyati ham shakllanadi. Katta yoshdagi 
bolalar ko‘p hollarda o‘z xatti-harakatlari sabablarini tushuntirib bera oladilar.
3-3,5 
yoshlar 
oralig‘ida 
bolalar 
o‘zlarining 
muvaffaqiyat 
va 
muvaffaqiyatsizliklariga o‘z munosabatlarini bildiradilar va bu munosabat, asosan, 
ularning o‘zlariga beradigan yuqori baholari asosida shakllanadi. 4 Yoshli bolalar 
esa o‘z imkoniyatlarini real baholay oladilar. Lekin, 4-5 Yoshli bolalar hali shaxsiy 
xususiyatlarini idrok etishga va baholashga qodir emaslar, Shuningdek o‘zlari 
haqida ma’lum bir xulosani bera olmaydilar. O‘z-o‘zini anglash layoqati katta 
bog‘cha Yoshidan rivojlanib, avval u qanday bo‘lganini va kelajakda qanday 
bo‘lishini fikrlab ko‘rishga harakat qiladi. Bu esa bolalar beradigan 

Download 0,65 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I bob o‘quvchi yoshlar faoliyatini boshqarishda yuzaga keladigan nizoli vaziyatlarni bartaraf etish yo‘llari

Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish