2.2. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar mehnat faoliyatining
xususiyatlar
Bolalarning mehnat faoliyatlarini o‘zida qampagan mashg‘ulotlar asosan
bog‘cha yoshidagi davrdan boshlanadi. Bu yoshda bolalarning mehnatlari juda
sodda va elementar bo‘lsa ham ularning psixik taraqqiyotlarida juda katta
ahamiyatga egadir.Bog‘cha yoshidagi bolalar bilan o‘tkaziladigan sifatlar natijasida
bolalarda mehnatga nisbatan ijobiy munosabat, mehnat qilish ishtiyoqi tug‘iladi.
Kattalarning mehnat faoliyatlariga taqlid qilish dastavval bolalarning o‘yinlarida
namoyon bo‘ladi. Bolalar kattalarning mehnat faoliyatlarini o‘zlarining o‘yinlarida
taqlidan takrorlash bilan cheklanib qolmay, balki kattalar mehnatida bevosita
qatnashish uchun xapakat qila boshladilar. Masalan.: qiz bolalar onalari kir
yuvayotganda
ayrim
kichikroq
narsalarni
(dastrumolchalarni)
chayishda
qatnashadilar. Uy va xovlilarni yig‘ishtirib supurishga, o‘g‘il bolalar esa otasi
bajarayotgan ishda qatnashishga intila boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalarni
mehnatining natijasiga qarab emas, balki mehnat jarayonining o‘ziga qiziqishi
psixologik jihatdan xarakterlidir.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning ishiga baho berib borish ularda mehnatga
nisbatan ijobiy munosabatni tarbiyalashda katta rol o‘ynaydi. Bolalar kuchlari
yetadigan ishlarni bajarayotganlarida ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yishlari turgan gap.
Lekin bunda bolalarni mexnatga jalb qilmaslik kerak, bolalarning bajaradigan
ishlarini kattalarning o‘zlari bir pasda qilib qo‘yishlari mumkin degan ma’no kelib
chiqadi. Sharq xalqida bir maqol bor: “Bolaga ish buyur, ketidan o‘zing yugur”. Bu
juda to‘g‘ri, hayotiy gap. Bolalarga biron yumush buyurilganda, uni qanday
bajarayotganliklaridan ko‘z-quloq bo‘lib turish kerak, degan ma’noni bildiradi.
Bolalarda xususan, kichik yoshdagi bog‘cha bolalarida hali mehnat malakalari
yo‘q, qo‘l muskullari yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Ana shuning uchun bolalar
qasddan yoki anqovliklaridan - emas balki eplay olmasliklaridan biron narsani
tushirib sindirib yuborishlari mumkin. Ana shunday "falokat" yuz bergan paytda
bolani "anqov, ko‘zingga qapacang bo‘lmaydimi" deb urishish yoki koyish
yaramaydi. Buning o‘rniga bolaga shu mehnatni qanday qilib bajarishni ko‘rsatib
34
berish lozim.Bog‘cha yoshidagi bolalarni mehnatsevarlik ruxida tarbiyalashda
ularni inoq jamoaga uyushtirish katta ahamiyatga egadir. Jamoa bo‘lib mehnat
qilishda tarbiyachi hap bir bolaga ma’lum bir mehnatni bajarishni buyuradi. Ana shu
tariqa bolalar jips jamoa bo‘lib mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadilar.Masalan,
katta guruh bolalari jamoa bo‘lib navbatchilik qiladilar. Bunda bir bola stolga
dasturxon yozib chiqsa, ikkinchisi qoshiq va vilkalarni qo‘yib chiqadi, uchinchi bola
esa stulchalarni qo‘yib chiqsa, to‘rtinchi bola stolga nonlarni qo‘yib chiqishi
mumkin.
Bog‘chada
navbatchilikka
o‘rgangan
bolalar
oilada
ham
yordamlashadigan bo‘ladilar.
Umuman, o‘rta va katta yoshdagi bog‘cha bolalariga oilada kuchlari yetadigan
mehnat topshiriqlarini berish kerak. Bu ularni mehnatsevarlikka tarbiyalashda va
ularda ayrim mehnat malakalari hosil bo‘lishi uchun juda katta imkoniyatlar
yaratadi. Ijtimoiy foydali mehnatda ishtirok etmagan bolani keyinchalik mehnatga
jalb qilish juda qiyin bo‘ladi. Bog‘chada bolalar jalb qilinadigan mehnat
faoliyatining turi juda xilma-xildir. Masalan, tabiat burchagidagi jonivor yoki
o‘simliklarni parvarish qilish, bog‘cha hovlisida ishlash, oshxonada va guruhda
navbatchilik qilish, kichkintoylarni kiyintirishga yordam berish va boshqalar. Shuni
ham aytib o‘tish kerakki, kichik yoshdagi bog‘cha bolalari o‘zlarining mehnat
faoliyatlarini hali yo‘lga qo‘ya olmaydilar. Shuning uchun ular mehnatning juda
sodda turlari bilan, ya’ni o‘simliklarga suv qo‘yish, baliqlarga ovqat berish, hovliga
suv sepish va shu kabilar bilan shug‘ullanadilar.
O‘rta va katta guruh bolalari mehnat faoliyatini o‘yindan batamom farqlab unga
nisbatan jiddiy munosabatda bo‘la boshlaydilar. Ular mehnatdan kelib chiqadigan
natijani, ya’ni mehnatning ijtimoiy mohiyatini, kim uchun, nima uchun mehnat
qilish lozimligini tushunadilar. Ular kattalarning oiladagi uy-ro‘zgor ishlariga zo‘r
ishtiyoq bilan yondashadilar, kichkintoylar uchun qog‘ozdan, kartondan, faner va
plastilindan turli o‘yinchoqlar yasaydilar. Pedagogik jihatdan to‘g‘ri tashkil qilingan
mehnat faoliyati bolalarning har tomonlama ya’ni ham jismoniy, ham psixik, ham
estetik, ham axloqiy tomondan barkamol rivojlanishlariga juda katta ta’sir
qiladi.Bog‘cha bolalari biron o‘yin, ta’lim yoki mehnat faoliyatlari bilan mashg‘ul
35
bo‘lar ekanlar, ular harakatlarining asosida ma’lum motivlar, ya’ni ularni harakatga
soluvchi mayllar yotadi. Kichik bog‘cha yoshidagi bolalarning xattiharakatlari
ko‘proq shu xatti-harakatlar amalga oshirilayotgan sharoitga bog‘liq bo‘ladi. Ular
xatti-harakat motivlarini anglab ham yetmaydilar. Shuning uchun ko‘pincha
o‘zlariga mutlaqo hisobot bermay ma’lum bir vaziyatda u yoki bu xatti-harakatni
amalga oshira boshlaydilar. Harakat usullarini egallab borish orqali bolada faollik
rivojlanadi. Ammo faollikning qay darajada rivojlanib borishi irsiyatga hamda
taqlidchanlik qobiliyatiga ham bog‘liq. Bola hayotining dastlabki yillarida kattalar
bilan bo‘ladigan munosabati va narsa-buyumlar bilan bajargan harakati asosiy
faoliyat turi hisoblanadi.bola bilan muomala qilish orqali kattalar ularni sekin-asta
buyumlar olamiga olib kiradilar. Mana shu yo‘l bilan bola buyumlar bilan bo‘ladigan
faoliyatning o‘ziga xos tomonlarini egallab boradi. Bu vaqtda munosabatning o‘zi
narsa va buyumlar bilan bo‘ladigan faoliyatga aylanib qoladi.Bolaning narsa va
buyumlar bilan bo‘ladigan faoliyatini tashkil etish bolaga dastlabki yoshidan
boshlab oilada va maktabgacha tarbiya muassasalarida tarbiya va ta’lim berishning
asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Bunday faoliyatlarda bolalar tarbiyachi rahbarligida narsa va buyumlarning
xususiyatlari to‘g‘risidagi dastlabki bilimlarni, ular bilan bo‘ladigan harakatlar,
tahlil, sintez, umumlashtirish, abstraksiyalash kabi eng oddiy jarayonlarni egallab
oladilar.2,5 yoshdan keyin buyumlar bilan bo‘ladigan faoliyatda bolalar ancha
yuqori ko‘rsatkichlarga erishadilar va ularning o‘yin hamda tasviriy faoliyatga
o‘tishlari uchun asos yaratiladi. Kattalar tomonidan tashkil etilgan muomala
munosabatlarida, faoliyatlarda o‘z-o‘zini anglab olishning dastlabki shakllari
shakllanadi. Bola jamoada o‘zini shaxs sifatida anglay boshlaydi. Bola
taraqqiyotining mana shu bosqichida ular kattalarning ko‘rsatmasisiz, mustaqil
harakat qilishini xohlaydilar.
Bolada xulq-atvor sababining paydo bo‘lishi va uni o‘z xohishiga bo‘ysundira
olishi unda ongning shakllanganligidan dalolat beradi. Agar boladagi faollik va
mustaqillik kattalar ta’sirida uyg‘otilgan bo‘lsa, u holda 4-6 yoshli bolalar ancha
36
mustaqil bo‘lib qoladilar va har xil faoliyatlarga tezda kirishib keta oladilar. Bunda
bolalar ongliligining roli ortadi, u ba’zan hatto ijodiy xususiyat kasb etadi.
37
XULOSA
Bolaning maktabga tayyorgarligining psixologik xususiyatlari kattta ahamiyat
kasb etadi.Maktabga borish bolalarning hayotida juda katta voqeadir. Maktab hayoti
bolalarga yangi bir dunyoni ochib beradi. Maktab davrida bolalarning asosiy
faoliyatlari o‘zgaradi. Endi bolalarning asosiy faoliyatlari, vazifasi va ijtimoiy
burchi o‘qish bo‘lib qoladi.6-7 yoshli bolalar uchun yangi faoliyat bo‘lgan o‘qish
ulardan yangi sifat, xususiyatlarga ega bo‘lishlarini talab etadi.
O‘qish faoliyati uchun bolalarda barqaror diqqat, o‘tkir zehn, mustaqillik,
ishchanlik va batartiblik xislatlari bo‘lishi kerak. Bog‘chadan maktabga o‘tishlari
natijasida kattalar bilan bo‘lgan munosabatlarida ham birmuncha o‘zgarish yuz
beradi. Bolalarning maktabga o‘tishlari, ularning yaslidan bog‘chaga o‘tishlariga
qaraganda murakkab bosqichdirBog‘cha yoshidagi bolalarning ishiga baho berib
borish ularda mehnatga nisbatan ijobiy munosabatni tarbiyalashda katta rol
o‘ynaydi. Bolalar kuchlari yetadigan ishlarni bajarayotganlarida ko‘p xatolarga yo‘l
qo‘yishlari turgan gap. Lekin bunda bolalarni mexnatga jalb qilmaslik kerak,
bolalarning bajaradigan ishlarini kattalarning o‘zlari bir pasda qilib qo‘yishlari
mumkin degan ma’no kelib chiqadi.
Sharq xalqida bir maqol bor: “Bolaga ish buyur, ketidan o‘zing yugur”. Bu juda
to‘g‘ri, hayotiy gap. Bolalarga biron yumush buyurilganda, uni qanday
bajarayotganliklaridan
ko‘z-quloq
bo‘lib
turish kerak, degan ma’noni
bildiradi.Bolaning 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan maktabgacha yoshi bolalik
davrining katta bir qismini tashkil etadi. Asosan mana shu davrdan boshlab bolaning
mustaqil faoliyatlari rivojlanadi hamda shaxsiy individual xususiyatlari (shaxsiy
fazilatlari) tarkib topa boshlaydi. Rus pedagoglaridan P.F.Lesgaftning fikricha,
insonning maktabgacha yoshidagi davri shunday bir davrki, ana shu davr mobaynida
kelgusida qanday xarakter xislatlari paydo bo‘lishi belgilanadi va axloqiy
sifatlarining asoslari yuzaga keladi. Insonning kamol topa borishida maktabgacha
yoshdagi davrning ahamiyatiga doir P.F.Lesgaftning bu fikri rus pedagogi
A.S.Makarenkoning quyidagi fikriga to‘la mos keladi.
38
A.S.Makarenko bolalarni juda kichik davridan boshlab tarbiyalash zarurligi
haqida gapirib, tarbiyaning eng muhim asoslari bolaning besh yoshgacha bo‘lgan
davri mobaynida yuzaga keltiriladi.boyitish ishlari ular nutqini o‘stirish asosida olib
borilishi kerak.
Shu narsa diqqatga sazovorki, hamma bog‘chalardagi maktab yoshiga to‘lgan
bolalar maktabdagi o‘qishga bab-baravar tayyor bo‘lavermaydilar. Ayrim bolalar
maktabga kelgach, yangi sharoitga tez kirishib keta olmaydilar. Ularda o‘qish uchun
qandaydir bir xususiyat yetishmayotgandek ko‘pinadi. Bu o‘pinda shunday bir savol
tug‘iladi. Bolalarni qay paytda psixologik jihatdan maktabdagi o‘qishga tayyor deb
hisoblash mumkin. Ayrim psixologlarning fikricha, bola maktabda o‘qishi uchun
atrofdagi narsa va hodisalarga doir anchagina tasavvurlarga ega bo‘lishi hamda
ma’lum darajada aqliy jihatdan o‘cran bo‘lishi lozim. Biroq u hayotda shynday
voqealar uchraydiki, anchagina tasavvur boyligiga ega bo‘lgan va hattoki yozish
hamda o‘qishni biladigan bolalar ham maktabdagi o‘qishga tayyor bo‘lmaydilar.
Ular maktab va o‘qituvchining talablarini bajara olmaydilar. ) qoidali o‘yinlar
(1soatdan -2kungacha davom etishi mumkin).
Bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘yin faoliyatlari masalasi asrlar davomida juda
ko‘p olimlarning diqqatini o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Bog‘cha Yoshidagi bolalar
o‘zlarining o‘yin faoliyatlarida ildam qadamlar bilan olg‘a qarab borayotgan
sermazmun hayotimizning hamma tomonlarini aks ettirishga intiladilar.Bola
atrofidagi narsalar dunyosini bilish jarayonida ular bilan bevosita amaliy
munosobatda bo‘lishga intiladi. Bu o‘rinda shu narsa harakterliki, bola bilishga
tashnaligidan atrofdagi o‘zining haddi sig‘adigan narsalari bilangina emas, balki
kattalar uchun mansub bo‘ladi
|