I bob o‘quvchi yoshlar faoliyatini boshqarishda yuzaga keladigan nizoli vaziyatlarni bartaraf etish yo‘llari




Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana23.05.2024
Hajmi0,65 Mb.
#251049
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
O‘quvchi yoshlar faoliyatini boshqarishda yuzaga keladigan nizoli vaziyatlarni bartaraf etish yo‘llari

«Men kichkina 
paytimda qanday bo‘lgan edim?», «Men katta bo‘lganimda kanday
 
bo‘laman?»
 
singari savollarida ko‘rinadi. Kelajak haqida fikr yuritib, bolalar kelgusida kuchli
jasur, aqlli va boshqa qimmatli insoniy fazilatlarga ega bo‘lishiga harakat qiladilar. 
Kichik va o‘rta bog‘cha Yoshida bola xarakterining shakllanishi davom etadi.U 
asosan, bolalarning kattalar xarakterini kuzatishlari asosida tarkib topadi. Shu 
yillardan boshlab, bolada ahamiyatli hisoblangan - iroda, mustaqillik va 
tashabbuskorlik kabi ahamiyatli shaxsiy xususiyatlar rivojlana boshlaydi. Katta 
bog‘cha Yoshida bola atrofidagi odamlar bilan turli faoliyatlarda muloqot va 
munosabatlarga kirishishga o‘rgana boshlaydi. Bu esa unga kelajakda odamlar bilan 
muloqotga kirisha olishida, ish bo‘yicha va shaxsiy munosabatlarini samarali o‘rnata 
olishida foyda keltiradi. Bolaning atrofidagi kishilar bilan bo‘lgan munosabatlari, 
asosida turli xil motivlar yotadi. Bularning hammasi bolaning individualligini 
tashkil etib, uning boshqa bolalardan nafaqat intellekti, balki axloqiy motivatsion 
jihatdan farqlanadigan shaxsga aylantiradi.


32 
Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsi rivojlanishining asosiy o‘zgarishlari, 
ularning o‘z shaxsiy sifatlari, layoqatlari, muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklarini 
anglash, o‘zini-o‘zi anglashi kabi hislarning yuzaga kelishi hisoblanadi.
Bu yoshdagi bolalar shaxsining shakllanishida ularning ota-onalari haqidagi 
fikrlari va ularga beradigan baholari nihoyatda ahamiyatlidir.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning xayoli asosan, ularning turli-tuman o‘yin 
faoliyatlarida o‘sadi. Biroq, shu narsa diqqatga sazovorki, agar bog‘cha Yoshidagi 
bolalarda xayol qilish qobiliyati bo‘lmaganda edi, ularning xayoli ham xilma-xil 
bo‘lmas edi. Bog‘cha yoshidagi bolalarning xayollari turli xil mashg‘ulotlarda ham 
o‘sadi. Masalan, bog‘cha yoshidagi bolalar loydan turli narsalar yasashni, qumdan 
turli narsalar qurib o‘ynashni va rasm solishni yaxshi ko‘radilar, Ana shunday 
mashg‘ulotlar bolalar xayolining o‘sishiga faol ta’sir qiladi. 


33 

Download 0,65 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I bob o‘quvchi yoshlar faoliyatini boshqarishda yuzaga keladigan nizoli vaziyatlarni bartaraf etish yo‘llari

Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish