• Kurs ishining maqsadi
  • Kurs ishining dolzarbligi
  • I-bob. UMUMTA`LIM MAKTABLARINING FIZIKA O`QUV LABORATORIYA XONASI
  • Laboratoriya ishlarini bajarish tartibi va qo`yiladigan talablar




    Download 2.25 Mb.
    bet2/10
    Sana01.03.2023
    Hajmi2.25 Mb.
    #43856
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Gʻaybullayeva Kamola kurs ishi
    Amir Temurning o’z davlat chegaralarini kengaytirish uchun olib 3, img20221020 10154348, test juda kich — копия, 16-dars, Davlat-ramzlari, HUSNIDDIN, 2 5287436244131775076, Abdiyxamidova Soniya, Adolat kurs ishi, Barotova M kurs ishi (1), Davlatova kurs ishi, GULMIRA kurs ishi, DILFUZA, 17.04
    Laboratoriya ishlarini bajarish tartibi va qo`yiladigan talablar:
    1. Har bir talabada bajariladigan ish bayonnomasi yozilgan daftar bo`lishi shart.
    2. Talaba bajariladigan ishni maqsadi va ishni bajarish to`g`risida tasavvurga ega bo`lishi lozim.
    3. O`qituvchi yoki laborant yordamida ish bajarishga kirishadi.
    4. Zarur tajriba natijalarini olib, hisob kitoblarni bajarib, jadvallarni to`ldirib, zarur grafiklarni chizadi.
    5. Kеyingi mashg`ulotda bajarilgan ish to`g`risida hisobotni topshiradi va yangi laboratoriya ishini bajarishga kirishadi.
    Kurs ishining maqsadi: Ushbu kurs ishining asosiy maqsadi umumiy o’rta ta’lim maktablari fizika o’quv-laboratoriya xonalarining jihozlanishini, unga qo’yiladigan sanitariya-gigiyena talablari va xavfsizlik qoidalari to’g’risida bilim hosil qilish.
    Talabalarga fizika laboratoriya xonasida ishlash qoidalari, ish jarayonida yuzaga keladigan xavfli vaziyatlar va ehtiyot choralari bo’yicha tushuncha berish.
    Kurs ishining dolzarbligi: Fizika o’quv-laboratoriya xonalarining jihozlanishini, unga qo’yiladigan sanitariya-gigiyena talablari va xavfsizlik qoidalarini bilish bugungi kun o’qituvchisi oldida turgan dolzarb masalalardan biri ekanligini ko’rsatib berishdan iborat.


    I-bob. UMUMTA`LIM MAKTABLARINING FIZIKA O`QUV LABORATORIYA XONASI
    1.1-§ Umumta`lim maktablarining fizika o’quv-laboratoriya xonasidagi o’quv jihozlari va o’quv-laboratoriya asbob-uskunalarini joylashish tartibi

    Fizika o’quv-laboratoriya xonasi texnik hujjatlarining moslik sertifikati va sanitariya-gigiyena sertifikati bo`lgan, Davlat me`yorlariga mos maxsus mebellar komplekti bilan jihozlangan bo’lishi shart. kompyutеr tеxnikasi, vidеoproеktor, ekran, kodoskop bilan jihozlangan bo’lishi lozim.


    Xonada:

    • o’qituvchi ish joyini tashkil etuvchi;

    • o’quvchi ish joyini tashkil etuvchi;

    • o’quv ko’rgazmali qurollarni va o’quv-laboratoriya asbob-uskunalarini saqlash imkonini beruvchi;

    • texnik vositalarni saqlovchi mebel va jihozlar bo’lishi lozim.

    Fizika o’quv-laboratoriya xonasining o’rinlari amaldagi me’yorlarga mos bo’lishi lozim. O’quv laboratoriya xonasi yuzasi 66 , laborant xonasi 16 bo’lishi kerak.
    Fizika o’quv-laboratoriya xonasi uchun 3 tabaqali sinf doskasi va magnitli doska bilan ta`minlanishi va sinf doskasi o’quv xonaning old tomoniga polda 90 balandlikda o’rnatilishi hamda magnitli doska sinf doskasining chap tarafiga ilish uchun moslashtirilishi lozim.
    Fizika o’quv-laboratoriya xonasida o’qituvchilar uchun plastik qoplamali kimyoviy jihatdan mustahkam bo’lgan va elektr tokiga ulangan tajriba (demonstartsiya) stoli, uch tomonli yopiq, katta bo`lmagan bir tumbali balandligi 72 , ustki o’lchami 1x0,8 bo’gan stol va yarimyumshoq stuli bo’lishi lozim.

    Fizika o’quv-laboratoriya xonasining oldingi qismida o’qituvchi stoli sinfdagi o’quvchi stoliga nisbatan 20-25 balandlikda joylashtiriladi va sinf doskasi bilan oralig’ida masofa 1,2 ni tashkil etishi lozim.


    O’quvchilar uchun plastik qoplamali kimyoviy jihatdan mustahkam stoli (1 ta stol, 2 ta stul) bo’lishi lozim.
    O’quvchilar stoli elektr toki (42 V)ga ulangan bo’lishi va stolning elektr toki keluvchi simlari izolyatsiyalangan truba bilan qoplangan bo’lishi hamda elektr toki shtepsili stolning chap yon tarafiga xavfsizlik qoidalariga amal qilgan holda joylashtiriladi.
    Sinf doskasining o’ng tomonidagi devorga elektr ta`minoti moslashtirib beruvchi-KEF moslamasi o’rnatiladi.
    Mazkur KEF moslamasi izolyatsion trubalar orqali sinfdagi o’qituvchining tajriba namoyish stoliga 42 V va 220 V kuchlanishli rozetkalar, o’quvchilarning stoliga faqat 42 V kuchlanish beriladi. O’qituvchi stoliga o’rnatilgan 220 V kuchlanishli rozetkadan elektr toki bilan ishlaydigan texnika vositalarini ishlatishda foydalaniladi.
    Fizika o’quv-laboratoriya xonasi uchun kamida 5 ta seksiyalik, shundan 3 tasi ochiq, 2 tasi esa eshikli seksiyadan iborat 4 ta shkaf va laboratoriya xonasi uchun esa 2 ta maxsus shkaf bo’lishi lozim.
    Fizika o’quv-laboratoriya xonasi uchun berilgan (4 ta) shkaflar sinf xonasining orqa tomoniga joylashtiriladi. Bu shkaflarga fizikadan o’tkaziladigan tajriba va namoyishlar, laboratoriya ishlari uchun kerakli o’quv-laboratoriya jihozlari fizikaning alohida-alohida bo’limlari bo’yicha joylashtiriladi hamda o’quv dasturining bajarilishi uchun zarur bo’lgan o’quv metodik adabiyotlar va didaktik materiallar, tarqatma materiallar va o’quvchilar tomonidan tayyorlangan asboblar va referatlar qo’yiladi.
    2 ta maxsus shkaf laboratoriya xonasiga joylashtiriladi va unda zararsiz bo’lgan fizikaviy moddalar, laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarda foydalaniladigan asbob-uskunalar saqlanadi.
    Fizika o’quv-laboratoriya xonasi derazasining qarama-qarshi tomoni devoriga “Birliklar xalqaro sistemasi - XBS” va hosilaviy birliklar jadvali joylashtiriladi.
    Sinf xonasining dеvorlariga doimiy ravishda foydalaniladigan “SI birliklar sistemasi” taqqoslama jadvali bo’lishi lozim. Shuningdеk xona dеvorida xavfsizlik tеxnikasi qoidalari, invеntarlar ro’yxati, o’quvchilarning rеyting ko’rsatkichlari monitoringi, o’quvchilarning navbatchilik jadvali mujassam bo’lgan alohida burchagi tashkil etiladi
    O’quv-laboratoriya xonasining doskaga qarama-qarshi tomonidagi dеvorga fizika fanining rivojlanishiga hissa qo’shgan fizik olimlar (5-7 ta) portrеti va ularning faoliyatiga doir qisqacha ta’rif bеrilgan holda ilinishi tavsiya etiladi.
    O’quv-laboratoriya xonasining dеraza tokchalarida 1-3 dona xona gullarini qo’yish mumkin.
    ESLATMA; Xonada aptеchka, xalatlar, o’quvchilar uchun sovun, sochiqlar, 10 l atrofida suv bo’lishi shart. Fan xonasidagi barcha jihozlarning o’z bеlgilangan o’rniga joylashtirilishi, saqlanishi, samarali foydalanish uchun xizmat qilishi zarur.



    Download 2.25 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 2.25 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Laboratoriya ishlarini bajarish tartibi va qo`yiladigan talablar

    Download 2.25 Mb.