• 225-modda. Kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini) ko‘ruvchi sudlar
  • 226-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi
  • -modda. Kassatsiya shikoyati berish (protesti keltirish) huquqi




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet88/124
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #241905
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   124
    Bog'liq
    MSIYtK

    224-modda. Kassatsiya shikoyati berish (protesti keltirish) huquqi
    Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo
    huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar birinchi instansiya
    sudining qonuniy kuchga kirgan, apellatsiya tartibida ko‘rilmagan hal qiluv qarori ustidan
    kassatsiya shikoyati, prokuror esa kassatsiya protesti berishga haqli.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va
    qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga
    kirgan va apellatsiya tartibida ko‘rilmagan hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyati berishga
    haqli, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan nizolar mustasno.
    Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori ustidan to‘liq yoki qisman shikoyat qilinishi
    (protest keltirilishi) mumkin.
    225-modda. Kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini) ko‘ruvchi sudlar
    Kassatsiya shikoyatlari (protestlari):
    tumanlararo ma’muriy sudlarning hal qiluv qarorlari, shuningdek Qoraqalpog‘iston
    Respublikasi ma’muriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlarining birinchi
    instansiya bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari ustidan berilganda — Qoraqalpog‘iston
    Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari tomonidan;
    hududiy harbiy sudlarning hal qiluv qarorlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Harbiy
    sudining birinchi instansiya bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari ustidan berilganda —
    O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan;
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining birinchi instansiya bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv
    qarorlari ustidan berilganda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha
    sudlov hay’ati tomonidan ko‘riladi.
    226-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi
    Kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudiga yo‘llanadi, biroq hal qiluv qarorini
    qabul qilgan sudga beriladi.
    Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud shikoyat (protest) kelib tushgan kundan e’tiboran besh
    kunlik muddatda uni kassatsiya instansiyasi sudiga ish bilan birga yuborishi shart.

    Download 1,69 Mb.
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   124




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Kassatsiya shikoyati berish (protesti keltirish) huquqi

    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish