|
-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish muddatiBog'liq MSIYtK218-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish muddati
Apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori ustidan berilgan
apellatsiya shikoyatini (protestini) apellatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilingan
kundan e’tiboran bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqadi.
Alohida hollarda apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish muddati ishni ko‘rayotgan
sudlov hay’ati tomonidan ko‘pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin.
219-modda. Apellatsiya instansiyasi sudining vakolatlari
Apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish natijalari bo‘yicha:
1) hal qiluv qarorini o‘zgarishsiz qoldirishga;
2) hal qiluv qarorini to‘liq yoki qisman bekor qilishga va yangi qaror qabul qilishga;
3) hal qiluv qarorini o‘zgartirishga;
4) hal qiluv qarorini to‘liq yoki qisman bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga yoxud arizani
(shikoyatni) to‘liq yoki qisman ko‘rmasdan qoldirishga;
5) ushbu Kodeks 220-moddasi beshinchi qismining 7-bandida nazarda tutilgan asos mavjud
bo‘lgan taqdirda, hal qiluv qarorini bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko‘ra
boshqa sudga yuborishga haqli.
Ushbu Kodeks 220-moddasi beshinchi qismining 2, 3 va 6-bandlarida nazarda tutilgan asoslar
aniqlanganda apellatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari
bo‘yicha ko‘radi. Ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari bo‘yicha ko‘rishga o‘tish
haqida ajrim chiqarilib, unda bajarilishi lozim bo‘lgan harakatlar ko‘rsatiladi.
Sud xarajatlarini taqsimlash to‘g‘risidagi masala hal qilinmaganligi yoki noto‘g‘ri hal
qilinganligi sudning hal qiluv qarorini bekor qilish yoki o‘zgartirish uchun asos bo‘lmaydi. Bu holda
qarorning xulosa qismida sud xarajatlari ushbu Kodeksning 115-moddasida nazarda tutilgan
tartibda taqsimlanishi to‘g‘risida ko‘rsatiladi.
|
| |