|
-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirishBog'liq MSIYtK213-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish
Agar apellatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganidan so‘ng uning
imzolanmaganligi yoki uni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan yoxud mansab mavqeyi yoki
familiyasi va ism-sharifining bosh harflari ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolanganligi
aniqlansa, apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldiradi.
Apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risida sud tomonidan ajrim
chiqarilib, uning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning
171-
moddasida
nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
Apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi ajrim ustidan taftish
tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish uchun asos bo‘lgan holatlar bartaraf
etilganidan keyin shikoyat (protest) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sudga yangidan berilishi
mumkin.
214-modda. Apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish
Apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni quyidagi
hollarda tugatadi, agar:
1) apellatsiya shikoyati (protesti) ushbu Kodeksga muvofiq apellatsiya tartibida shikoyat
qilinmaydigan sud hujjati ustidan berilgan va xatoga yo‘l qo‘yilib, ish yuritishga qabul qilingan
bo‘lsa;
2) apellatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya tartibida ko‘rilgan sud hujjati ustidan berilgan va u
apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan xatoga yo‘l qo‘yilib, ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa;
3) apellatsiya shikoyati sud hujjati ustidan shikoyat qilish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs
tomonidan berilgan bo‘lsa;
4) apellatsiya shikoyati ish yuritishga qabul qilinganidan so‘ng shikoyat bergan shaxs
tomonidan shikoyatdan voz kechish to‘g‘risida ariza kelib tushgan va voz kechish apellatsiya
instansiyasi sudi tomonidan qabul qilingan bo‘lsa;
5) apellatsiya protesti ish yuritishga qabul qilinganidan so‘ng protest keltirgan prokuror yoki
yuqori turuvchi prokuror tomonidan protestni chaqirib olish to‘g‘risida ariza kelib tushgan bo‘lsa;
6) apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar ishda taraf
bo‘lgan yuridik shaxs tugatilgan bo‘lsa;
7) apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar ishda taraf
bo‘lgan fuqaro vafot etsa, nizoli huquqiy munosabat esa huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ymasa.
Agar apellatsiya shikoyatida (protestida) shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) hal
qiluv qarorini qabul qilgan birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqish predmeti bo‘lmagan yangi
talablar arz qilingan bo‘lsa, apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatining (protestining) shu
talablarga taalluqli qismi bo‘yicha ish yuritishni tugatadi.
Apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi,
uning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning
171-moddasida
nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
Apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrim ustidan taftish
tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir shaxsning ayni
shu asoslar bo‘yicha apellatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga takroran murojaat qilishiga yo‘l
qo‘yilmaydi.
|
| |