|
-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarishBog'liq MSIYtK210-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish
Apellatsiya shikoyati (protesti) sudya tomonidan quyidagi hollarda qaytariladi, agar:
1) apellatsiya shikoyati (protesti) imzolanmagan bo‘lsa yoxud uni imzolash huquqiga ega
bo‘lmagan shaxs yoki mansab mavqeyi yoki familiyasi, ism-sharifining bosh harflari ko‘rsatilmagan
shaxs tomonidan imzolangan bo‘lsa;
2) apellatsiya shikoyatiga (protestiga) uning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi
shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinmagan bo‘lsa;
3) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda hamda miqdorda to‘langanligini
tasdiqlovchi hujjat apellatsiya shikoyatiga ilova qilinmagan bo‘lsa, qonunda davlat bojini to‘lash
muddatini kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa bu haqda
iltimosnoma mavjud bo‘lmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan bo‘lsa;
4) apellatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarorini qabul qilgan sudni chetlab o‘tgan holda
yuborilgan bo‘lsa;
5) apellatsiya shikoyati (protesti) belgilangan muddat o‘tganidan keyin berilgan bo‘lsa va
o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risida iltimosnoma mavjud bo‘lmasa;
6) apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risida ajrim chiqarilguniga
qadar shikoyatni (protestni) bergan shaxsdan uni qaytarib olish (chaqirib olish) to‘g‘risida ariza
tushgan bo‘lsa.
Apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrimda apellatsiya shikoyatini
(protestini) qaytarish asoslari ko‘rsatiladi, apellatsiya shikoyatini berish chog‘ida to‘langan davlat
bojini qaytarish haqidagi masala hal etiladi.
Apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrimning ko‘chirma nusxasi
shikoyatni (protestni) bergan shaxsga shikoyat (protest) va unga ilova qilinadigan hujjatlar bilan
birga ushbu Kodeksning
171-moddasida
nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
Apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrim ustidan taftish shikoyati
(protesti) berilishi mumkin.
Apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrim bekor qilingan taqdirda,
apellatsiya shikoyati (protesti) dastlab sudga murojaat qilingan kunda berilgan deb hisoblanadi.
Ushbu moddaning
birinchi qismida
ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilgach, shikoyat (protest)
bergan shaxs apellatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga umumiy tartibda yangidan murojaat
qilishga haqli.
|
| |