• 216-modda. Apellatsiya shikoyatidan voz kechish. Apellatsiya protestini chaqirib olish
  • 217-modda. Apellatsiya instansiyasi sudida ishni ko‘rish doirasi
  • -modda. Apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan ishni ko‘rish tartibi




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet83/124
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #241905
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   124
    Bog'liq
    MSIYtK

    215-modda. Apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan ishni ko‘rish tartibi
    Apellatsiya instansiyasi sudi ishni sud majlisida ushbu bobda belgilangan xususiyatlarni
    hisobga olgan holda birinchi instansiya sudida ko‘rish qoidalari bo‘yicha ko‘radi.


    Apellatsiya instansiyasi sudida: ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish to‘g‘risidagi; talabning
    predmetini yoki asosini o‘zgartirish haqidagi; ishga uchinchi shaxslarni jalb etish to‘g‘risidagi
    qoidalar, shuningdek ushbu Kodeksda birinchi instansiya sudida ishni ko‘rish uchun belgilangan
    boshqa qoidalar qo‘llanilmaydi. Bundan ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari
    bo‘yicha ko‘rish holi mustasno.
    Apellatsiya instansiyasi sudining sud majlisiga sud muhokamasini o‘tkazish vaqti va joyi
    haqida tegishli tarzda xabardor qilingan apellatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning va
    ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning kelmaganligi ishni ularning ishtirokisiz ko‘rishga
    to‘sqinlik qilmaydi, bundan jamiyat yoki davlat manfaatlarini ko‘zlab qo‘zg‘atilgan ishlar bo‘yicha
    prokurorning kelmaganligi mustasno.
    216-modda. Apellatsiya shikoyatidan voz kechish. Apellatsiya protestini chaqirib olish
    Apellatsiya shikoyati bergan shaxs ishni ko‘rish yakuni bo‘yicha sud hujjati chiqarilguniga
    qadar undan voz kechishga haqli.
    Sud shikoyatdan voz kechishni ushbu Kodeks 136-moddasining 
    uchinchi qismida 
    nazarda
    tutilgan asoslar bo‘yicha rad etishga va ishni apellatsiya tartibida ko‘rishga haqli.
    Apellatsiya protesti keltirgan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror ishni ko‘rish yakuni
    bo‘yicha sud hujjati chiqarilguniga qadar protestni chaqirib olishga haqli.
    217-modda. Apellatsiya instansiyasi sudida ishni ko‘rish doirasi
    Sud ishni apellatsiya instansiyasida ko‘rish chog‘ida birinchi instansiya sudi hal qiluv
    qarorining qonuniyligini va asosliligini tekshiradi. Sud yangi dalillarni tekshirishi va yangi faktlarni
    aniqlashi mumkin.
    Apellatsiya instansiyasining sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini to‘liq hajmda
    tekshirishi shart.
    Birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqish predmeti bo‘lmagan yangi talablar apellatsiya
    instansiyasi sudi tomonidan qabul qilinmaydi va ko‘rilmaydi.

    Download 1,69 Mb.
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   124




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan ishni ko‘rish tartibi

    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish