|
-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagiBog'liq MSIYtK207-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi
masalani hal etish tartibi va muddati
Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki
qaytarish masalasi shikoyat (protest) ish bilan birga sudga kelib tushgan kundan e’tiboran besh
kundan kechiktirmay apellatsiya instansiyasi sudi sudyasi tomonidan yakka tartibda hal qilinadi.
Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki uni
qaytarish to‘g‘risida ajrim chiqariladi, uning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u
chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan
tartibda yuboriladi.
208-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish
Ushbu Kodeksda belgilangan shakl va mazmun talablariga rioya qilingan holda berilgan
apellatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya instansiyasi sudining ish yurituviga qabul qilinadi.
Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda apellatsiya
shikoyatini (protestini) ko‘rish bo‘yicha sud majlisini o‘tkazish vaqti va joyi ko‘rsatiladi.
209-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish
Sudya apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad
etadi, agar:
1) apellatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish (protest keltirish)
huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa;
2) apellatsiya shikoyati (protesti) qonunga muvofiq apellatsiya tartibida shikoyat qilinishi
(protest keltirilishi) mumkin bo‘lmagan sud hujjati ustidan berilgan bo‘lsa;
3) apellatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya tartibida ko‘rilgan sud hujjati ustidan berilgan
bo‘lsa;
4) apellatsiya shikoyatini (protestini) berishning o‘tkazib yuborilgan muddatining tiklanishi
rad etilgan bo‘lsa;
5) apellatsiya shikoyatidan (protestidan) uni bergan shaxs voz kechganligi (uni chaqirib
olganligi) sababli apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish to‘g‘risida ajrim
mavjud bo‘lsa.
Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimda
apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari ko‘rsatiladi,
apellatsiya shikoyatini berishda to‘langan davlat bojini qaytarish to‘g‘risidagi masala hal etiladi.
Apellatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimning ko‘chirma
nusxasi shikoyatni (protestni) bergan shaxsga shikoyat (protest) va ilova qilingan hujjatlar bilan
birga ushbu Kodeksning
171-moddasida
nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim
ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin.
Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim
bekor qilingan taqdirda, apellatsiya shikoyati (protesti) sudga dastlab murojaat qilingan kunda
berilgan hisoblanadi.
|
| |