• 212-modda. Apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan hal qiluv qarorining ijrosini to‘xtatib turish
  • -modda. Apellatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet81/124
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #241905
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   124
    Bog'liq
    MSIYtK

    211-modda. Apellatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr
    Ishda ishtirok etuvchi shaxs apellatsiya shikoyatining (protestining) ko‘chirma nusxasini
    olganidan keyin uning yuzasidan yozma fikrini hamda ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga
    yozma fikrning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillarni apellatsiya shikoyati
    (protesti) ko‘rib chiqiladigan kungacha yetib borishini ta’minlaydigan muddatda sudga yuborishga
    haqli.
    Apellatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr ishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning
    vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga uning ishni yuritishga
    bo‘lgan vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
    Apellatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikrga ilgari taqdim etilmagan hujjatlar ilova
    qilinishi mumkin. Bu holda yozma fikrga ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga ularda mavjud
    bo‘lmagan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinadi.
    212-modda. Apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan hal qiluv qarorining ijrosini to‘xtatib
    turish
    Apellatsiya shikoyati (protesti) uni berish muddati o‘tkazib yuborilgan holda berilgan va ushbu
    muddatni tiklash to‘g‘risidagi iltimosnoma qanoatlantirilgan taqdirda, apellatsiya instansiyasi sudi
    hal qiluv qarorining ijrosini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra to‘xtatib
    turishga haqli.
    Hal qiluv qarorining ijrosini to‘xtatib turish yoki uning ijrosini to‘xtatib turishni rad etish haqida
    apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatiladi.


    Hal qiluv qarorining ijrosi apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan apellatsiya shikoyatini
    (protestini) ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar bo‘lgan muddatga
    to‘xtatib turiladi.

    Download 1,69 Mb.
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   124




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Apellatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr

    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish