2) ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga apellatsiya shikoyati va unga ilova qilingan, ushbu
shaxslarda mavjud bo‘lmagan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini yoki
topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat;
3) apellatsiya shikoyati vakil
tomonidan imzolangan taqdirda, vakilning uni imzolashga doir
vakolatini tasdiqlovchi hujjat.
Apellatsiya protestiga ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga
protestning va unga ilova
qilingan, ushbu shaxslarda mavjud bo‘lmagan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini
yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Arizani (shikoyatni) qaytarish yoki arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim
ustidan berilgan apellatsiya shikoyatiga (protestiga) qaytarilgan ariza (shikoyat) va uni sudga berish
chog‘ida unga ilova qilingan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak.