-modda. Apellatsiya instansiyasi sudining qarori




Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/124
Sana18.05.2024
Hajmi1,69 Mb.
#241905
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   124
Bog'liq
MSIYtK

221-modda. Apellatsiya instansiyasi sudining qarori
Apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish natijalari bo‘yicha qaror
qabul qiladi, qaror ishni ko‘rgan sudyalar tomonidan imzolanadi.
Apellatsiya instansiyasi sudining qarorida quyidagilar ko‘rsatiladi:
1) apellatsiya instansiyasi sudining nomi, qarorni qabul qilgan sud tarkibi, sud majlisi kotibi;
2) ishning raqami, qaror qabul qilingan sana va joy;
3) apellatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi),
uning protsessual holati;


4) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, shuningdek ular vakillarining va sud protsessi boshqa
ishtirokchilarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
5) talab predmeti;
6) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori qabul qilingan sana, uni qabul qilgan sudyaning
familiyasi, ism-sharifining bosh harflari;
7) ish bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv qarori mazmunining qisqacha bayoni;
8) apellatsiya shikoyatida (protestida) keltirilgan hal qiluv qarorining qonuniyligini va
asosliligini tekshirish to‘g‘risida talab bildirilishiga doir asoslar;
9) apellatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikrda bayon qilingan vajlar;
10) ishda ishtirok etuvchi va sud majlisida hozir bo‘lgan shaxslarning tushuntirishlari;
11) apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan aniqlangan ish holatlari; sudning ushbu holatlar
to‘g‘risidagi xulosalari uchun asos bo‘lgan dalillar; sud qarorni qabul qilishda amal qilgan qonunlar
hamda boshqa qonunchilik hujjatlari; sudning u yoki bu dalillarni rad etishiga va ishda ishtirok
etuvchi shaxslar havola qilgan qonunlarni va boshqa qonunchilik hujjatlarini qo‘llamaganligiga doir
sabablar;
12) agar birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori to‘liq yoki qisman bekor qilingan yoxud
o‘zgartirilgan bo‘lsa, apellatsiya instansiyasi sudi uning xulosalariga qo‘shilmaganligining sabablari;
14) apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish natijalari to‘g‘risidagi xulosalar.
Apellatsiya instansiyasi sudining qarorida ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘rtasida sud
xarajatlarining taqsimlanishi ko‘rsatiladi.
Apellatsiya instansiyasi sudi qarorining ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u
qabul qilingan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 
161-moddasida
nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
Apellatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan e’tiboran qonuniy kuchga
kiradi.

Download 1,69 Mb.
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   124




Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-modda. Apellatsiya instansiyasi sudining qarori

Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish