-modda. Hal qiluv qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun asoslar




Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/124
Sana18.05.2024
Hajmi1,69 Mb.
#241905
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   124
Bog'liq
MSIYtK

220-modda. Hal qiluv qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun asoslar


Hal qiluv qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
1) ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarning to‘liq aniqlanmaganligi;
2) sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarning
isbotlanmaganligi;
3) hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq emasligi;
4) moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud noto‘g‘ri
qo‘llanilganligi.
Moddiy huquq normalarining buzilishi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilishi quyidagilardan iborat:
1) qo‘llanilishi lozim bo‘lgan qonunning yoki boshqa qonunchilik hujjatining
qo‘llanilmaganligi;
2) qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan qonunning yoki boshqa qonunchilik hujjatining
qo‘llanilganligi;
3) qonunning yoki boshqa qonunchilik hujjatining noto‘g‘ri talqin qilinganligi.
Protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilganligi, agar bu noto‘g‘ri
hal qiluv qarori qabul qilinishiga olib kelgan bo‘lsa yoki olib kelishi mumkin bo‘lsa, birinchi
instansiya sudining hal qiluv qarorini o‘zgartirish yoxud bekor qilish uchun asos bo‘ladi.
Sudning hal qiluv qarori quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin, agar:
1) sud ishi yuritilayotgan til to‘g‘risidagi qoida ishni ko‘rish chog‘ida buzilgan bo‘lsa;
2) sud majlisi bayonnomasi imzolanmagan yoki ushbu Kodeks 176-moddasining ikkinchi
qismida ko‘rsatilganidan boshqa shaxslar tomonidan imzolangan yoxud, agar sud majlisining
audio- yoki videoyozuvi amalga oshirilgan bo‘lsa, audio- va videoyozuvning elektron yoki boshqa
tashuvchilari sud majlisi bayonnomasiga qo‘shib qo‘yilmagan bo‘lsa;
3) sudyalar maslahatining sir saqlanishi to‘g‘risidagi qoida buzilgan bo‘lsa.
Quyidagi protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilganligi har
qanday holda birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilish uchun asos bo‘ladi:
1) ishning sud tomonidan noqonuniy tarkibda ko‘rilganligi;
2) ishning ishda ishtirok etuvchi, sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda
xabardor qilinmagan biror-bir shaxs yo‘qligida ko‘rilganligi;
3) ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida sud
tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinganligi;
4) hal qiluv qarorining sudya yoki, agar ish sudyalar hay’ati tarkibida ko‘rilgan bo‘lsa,
sudyalarning biri tomonidan imzolanmaganligi yoxud hal qiluv qarorida ko‘rsatilganidan boshqa
sudyalar tomonidan imzolanganligi;
5) ishda sud majlisi bayonnomasining mavjud emasligi;
6) bildirilgan talab bo‘yicha sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinmaganligi;
7) ishning sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda ko‘rilganligi.
Apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, agar taraflar
o‘rtasida kelishuv bitimi tuzilgan va u apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa,
bekor qiladi.

Download 1,69 Mb.
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   124




Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-modda. Hal qiluv qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun asoslar

Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish