|
-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr bildirishBog'liq MSIYtK235-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr bildirish
Ishda ishtirok etuvchi shaxs kassatsiya shikoyatining (protestining) ko‘chirma nusxasini
olganidan keyin uning yuzasidan yozma fikrini hamda ushbu yozma fikrning ko‘chirma nusxalari
ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni kassatsiya
shikoyati (protesti) ko‘rib chiqiladigan kungacha yetib borishini ta’minlaydigan muddatda sudga
yuborishga haqli.
Kassatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr ishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning
vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga uning ishni yuritishga
vakolati borligini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
236-modda. Sud hujjatlarining ijrosini to‘xtatib turish
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra, kassatsiya instansiyasi sudi
(sudyasi) birinchi instansiya sudida qabul qilingan hal qiluv qarorining ijrosini kassatsiya
instansiyasida ish yuritish tamomlanguniga qadar to‘xtatib turadi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda sud
hujjatining ijrosi to‘xtatib turilishi haqida ko‘rsatiladi.
237-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish
Agar kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganidan so‘ng uning
imzolanmaganligi yoki uni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan yoki mansab mavqeyi yoki familiyasi,
ism-sharifining bosh harflari ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolanganligi aniqlansa, kassatsiya
instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldiradi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi sud ajrimi ustidan taftish
shikoyati (protesti) berilishi mumkin.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish uchun asos bo‘lgan holatlar bartaraf
etilganidan keyin shikoyat (protest) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sudga yangidan berilishi
mumkin.
|
| |