|
-modda. Kassatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilinadigan hujjatlarBog'liq MSIYtK230-modda. Kassatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilinadigan hujjatlar
Kassatsiya shikoyatiga quyidagilar ilova qilinadi:
1) davlat boji va pochta xarajatlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
2) ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga kassatsiya shikoyatining va unga ilova qilingan,
ushbu shaxslarda mavjud bo‘lmagan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini yoki
topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat;
3) kassatsiya shikoyati vakil tomonidan imzolangan taqdirda, kassatsiya shikoyatiga vakilning
imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjat.
Kassatsiya protestiga ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga kassatsiya protesti va unga
ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud bo‘lmagan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari
yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Arizani (shikoyatni) qaytarish to‘g‘risidagi, arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish haqidagi
ajrim ustidan berilgan kassatsiya shikoyatiga (protestiga) qaytarilgan ariza (shikoyat) va uni sudga
taqdim etish chog‘ida unga qo‘shib berilgan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak.
230 -modda. Ishni talab qilib olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar prokurorlari va ularning o‘rinbosarlari ushbu Kodeks 224-
moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarning murojaati mavjud bo‘lgan taqdirda yoki
prokuror ishtirokida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha kassatsiya protesti kiritish to‘g‘risidagi masalasini hal
qilish uchun tegishli suddan ishni talab qilib olishga haqli.
231-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi
masalani hal etish tartibi va muddati
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki
qaytarish to‘g‘risidagi masala shikoyat (protest) sudga kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan
kechiktirmay kassatsiya instansiyasi sudi sudyasi tomonidan yakka tartibda hal qilinadi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki
qaytarish to‘g‘risida ajrim chiqariladi, uning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u
chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan
tartibda yuboriladi.
|
| |