|
-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining qaroriBog'liq MSIYtK245-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining qarori
Kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish natijalari bo‘yicha qaror
qabul qiladi, qaror ishni ko‘rgan sudyalar tomonidan imzolanadi.
Kassatsiya instansiyasi sudining qarorida quyidagilar ko‘rsatiladi:
1) kassatsiya instansiyasi sudining nomi, qarorni qabul qilgan sud tarkibi, sud majlisining
kotibi;
2) ishning raqami, qaror qabul qilingan sana va joy;
3) kassatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi),
uning protsessual holati;
4) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, shuningdek ular vakillarining va sud protsessining
boshqa ishtirokchilarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
5) talab predmeti;
6) hal qiluv qarori qabul qilingan sana, uni qabul qilgan sudyalarning familiyasi, ism-
sharifining bosh harflari;
7) ish bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv qarori mazmunining qisqacha bayoni;
8) kassatsiya shikoyatida (protestida) keltirilgan hal qiluv qarorining qonuniyligi va asosliligini
tekshirish to‘g‘risida talab arz qilinishiga sabab bo‘lgan asoslar;
9) kassatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikrda bayon qilingan vajlar;
10) ishda ishtirok etuvchi va sud majlisida hozir bo‘lgan shaxslarning tushuntirishlari;
11) kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan aniqlangan ish holatlari; sudning ushbu holatlar
to‘g‘risidagi xulosalari uchun asos bo‘lgan dalillar; sud qaror qabul qilishda amal qilgan qonunlar va
boshqa qonunchilik hujjatlari; sudning u yoki bu dalillarni rad etishiga hamda ishda ishtirok etuvchi
shaxslar havola qilgan qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlarini qo‘llamaganligiga doir sabablar;
12) agar birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori to‘liq yoki qisman bekor qilingan bo‘lsa,
uning xulosalariga kassatsiya instansiyasi sudi qo‘shilmaganligining sabablari;
13) kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish natijalari bo‘yicha xulosalar.
Kassatsiya instansiyasi sudining qarorida ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘rtasida sud
xarajatlarining taqsimlanishi ko‘rsatiladi.
Kassatsiya instansiyasi sudi qarorining ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u
qabul qilingan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay, ushbu Kodeksning
161-moddasida
nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
Kassatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan e’tiboran qonuniy kuchga
kiradi.
|
| |