Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) o‘rganish natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi
Oliy sudi sudyasi:
1) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni ushbu Kodeksning 256-
moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra rad etish to‘g‘risida;
2) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ushbu Kodeks 257-moddasi birinchi qismining 1 —
6-bandlarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra qaytarish to‘g‘risida;
3) agar sud hujjatlarini taftish tartibida tekshirish asoslari mavjud bo‘lmasa, taftish tartibidagi
shikoyatni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga ko‘rib
chiqish uchun o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida;
4) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va uni ko‘rib
chiqish
uchun ish bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha
sudlov
hay’atiga o‘tkazish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qabul
qilishni rad etish yoki qaytarish to‘g‘risida besh kundan
kechiktirmay ajrim chiqaradi, taftish
tartibidagi shikoyatni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov
hay’atiga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida yoki taftish
tartibidagi shikoyatni
(protestni) ish yuritishga qabul qilish va uni ko‘rib chiqish uchun ish bilan birga O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish to‘g‘risida esa
shikoyat (protest) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga kelib tushgan kundan e’tiboran
bir oydan
kechiktirmay ajrim chiqaradi.
Ajrimning ko‘chirma nusxasi taftish tartibida shikoyat (protest)
bergan shaxsga va ishda
ishtirok etuvchi shaxslarga ajrim chiqarilganidan keyingi kundan kechiktirmay, ushbu Kodeksning
171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.