|
-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va uni Pdf ko'rish
|
bet | 108/124 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,69 Mb. | | #241905 |
Bog'liq MSIYtK263-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va uni
ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov
hay’atiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ajrim
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish
yuritishga qabul qilish va uni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy
ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ajrimida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1) ajrim chiqarilgan sana va joy;
2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari;
3) shikoyat (protest) bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
4) ustidan taftish shikoyati (protest) berilgan sud hujjatlari;
5) sud hujjatlari qabul qilingan ish mazmunining qisqacha bayoni;
6) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy
sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish asoslarining asoslantirilgan bayoni;
7) sud majlisining vaqti va joyi.
264-modda. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) yuzasidan yozma fikr bildirish
Ishda ishtirok etuvchi shaxs taftish tartibidagi shikoyatning (protestning) ko‘chirma
nusxalarini olgach, uning yuzasidan yozma fikrini hamda yozma fikrning ko‘chirma nusxalari ishda
ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni yozma fikr taftish
tartibidagi shikoyat (protest) ko‘rib chiqiladigan kunga qadar yetib borishini ta’minlaydigan
muddatda sudga yuborishga haqli.
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) yuzasidan yozma fikr ishda ishtirok etuvchi shaxs yoki
uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga uning ishni
yuritishga bo‘lgan vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
265-modda. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) bo‘yicha sud hujjatlarining ijrosini
|
| |