bayon qiladi. Shundan so‘ng sud majlisida hozir bo‘lgan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning
tushuntirishlari eshitiladi.
Dastlab taftish tartibida shikoyat bergan shaxs yoki uning vakili tushuntirish beradi, agar ish
prokurorning protesti bo‘yicha ko‘rilayotgan bo‘lsa, dastlab prokuror so‘zga chiqadi. Sud hujjati
ustidan har ikkala taraf tomonidan shikoyat berilgan taqdirda, birinchi bo‘lib arizachi so‘zga chiqadi.
Ushbu Kodeksning 47-moddasida nazarda tutilgan tartibda ishda ishtirok etuvchi davlat
organlari va boshqa shaxslar, agar ular sud hujjati ustidan shikoyat bermagan bo‘lsa, sudda taraflar
va uchinchi shaxslardan keyin so‘zga chiqadi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari eshitilganidan keyin taftish instansiyasi
sudi qaror qabul qilish uchun maslahatxonaga kiradi.
Taftish instansiyasi sudining qarori ishni ko‘rish tugashi bilanoq darhol qabul qilinadi.
Alohida hollarda asoslantirilgan qarorni tayyorlash besh kungacha bo‘lgan muddatga
kechiktirilishi mumkin, biroq sud uning qaror qismini sud muhokamasi tamomlangan majlisning
o‘zidayoq e’lon qilishi kerak.
Sudyalar maslahatlashuvi, qaror chiqarish va uni o‘qib eshittirish ushbu Kodeksda belgilangan
tartibda amalga oshiriladi.