• 266 -modda. Taftish instansiyasi sudining qarori
  • I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet113/124
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #241905
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   124
    Bog'liq
    MSIYtK

    5
    6
    7


    qarorning xulosa qismida sud xarajatlari ushbu Kodeksning 115-moddasida nazarda tutilgan
    tartibda taqsimlanishi ko‘rsatiladi.
    266 -modda. Sud hujjatini o‘zgartirish yoki bekor qilish asoslari
    Sud hujjatining noqonuniyligi yoki asossizligi hal qiluv qarorini, qarorni yoki ajrimni taftish
    tartibida o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun asos bo‘ladi.
    Sudning mazmunan to‘g‘ri bo‘lgan hal qiluv qarori, qarori yoki ajrimi faqat yuzaki asoslar
    bo‘yicha bekor qilinishi mumkin emas.
    266 -modda. Taftish instansiyasi sudining qarori
    Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ko‘rish natijalari bo‘yicha sud qaror qabul qiladi, qaror
    ishni ko‘rgan sudyalar tomonidan imzolanadi.
    Ishni taftish tartibida ko‘rgan sudning qarorida quyidagilar ko‘rsatiladi:
    1) qarorni qabul qilgan sudning nomi va tarkibi, sud majlisining kotibi;
    2) ish raqami, qaror qabul qilingan sana va joy;
    3) shikoyat (protest) bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), uning
    protsessual holati;
    4) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, shuningdek ular vakillarining va sud protsessi boshqa
    ishtirokchilarining nomlari (familiyasi, ismi, otasining ismi);
    5) shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) sud hujjatlari mazmunining qisqacha bayoni;
    6) shikoyatda (protestda) keltirilgan sud hujjatlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirish
    to‘g‘risida talab arz qilinishiga sabab bo‘lgan asoslar;
    7) shikoyat (protest) yuzasidan yozma fikrda bayon qilingan vajlar;
    8) ishda ishtirok etuvchi va sud majlisida hozir bo‘lgan shaxslarning tushuntirishlari;
    9) sud tomonidan aniqlangan ish holatlari;
    10) ishni ko‘rgan sud qaysi sabablarga ko‘ra o‘z xulosalariga kelgan bo‘lsa, o‘sha sabablar
    hamda o‘zi amal qilgan qonunlarga va boshqa qonunchilik hujjatlariga havola;
    11) shikoyatni (protestni) ko‘rish natijalari bo‘yicha sud xulosalari;
    12) agar ish yangidan ko‘rish uchun yuborilayotgan bo‘lsa, sud tomonidan bajarilishi kerak
    bo‘lgan harakatlar.
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarori O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
    Rayosati majlisida raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
    Ishni taftish tartibida ko‘rgan sudning qarori qabul qilingan kundan e’tiboran qonuniy kuchga
    kiradi.
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarori yakuniy hisoblanadi va uning ustidan
    shikoyat qilinmaydi (protest keltirilmaydi).

    Download 1,69 Mb.
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   124




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar

    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish