• 281-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatining uzilishi
  • 282-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash
  • -modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet121/124
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #241905
    1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   124
    Bog'liq
    MSIYtK

    280-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati
    Ijro varaqasi sud hujjati qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran uch yil ichida yoki darhol ijro
    etilishi lozim bo‘lgan sud hujjati qabul qilinganidan keyingi kundan e’tiboran ijroga taqdim etilishi
    mumkin.
    Agar sud hujjatining ijrosi to‘xtatib qo‘yilgan bo‘lsa, uning ijrosi to‘xtatib qo‘yilgan vaqt ijro
    varaqasini ijroga taqdim etish uchun belgilangan muddatga qo‘shib hisoblanmaydi.
    281-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatining uzilishi
    Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati:
    ijro varaqasi ijroga taqdim etilganda;


    ijro varaqasi qarzdor tomonidan qisman ijro etilganda uziladi.
    Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati uzilgandan so‘ng muddatning o‘tish davri
    yangidan boshlanadi. Muddat uzilguniga qadar o‘tgan vaqt yangi muddatga qo‘shib
    hisoblanmaydi.
    Ijro varaqasi uni to‘liq yoki qisman ijro etish imkoniyati yo‘qligi sababli undiruvchiga
    qaytarilgan taqdirda, ijro varaqasini muddat uzilgandan keyin ijroga taqdim etishning yangi
    muddati ijro varaqasi undiruvchiga qaytarilgan kundan e’tiboran hisoblab chiqariladi.
    282-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash
    Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatini o‘tkazib yuborgan undiruvchi ijro varaqasini
    bergan sudga yoki u ijro etiladigan joydagi sudga o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risidagi
    ariza bilan murojaat qilishga haqli.
    Muddatni o‘tkazib yuborish sabablari sud tomonidan uzrli deb topilgan taqdirda, o‘tkazib
    yuborilgan muddat tiklanishi mumkin.
    Undiruvchining ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatini tiklash to‘g‘risidagi arizasi u
    sudga kelib tushgan kundan e’tiboran yigirma kunlik muddatda sud majlisida ko‘rib chiqiladi.
    Undiruvchi, qarzdor sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida ariza kelib tushgan kundan
    e’tiboran besh kundan kechiktirmay chiqarilgan sud ajrimi orqali, ushbu Kodeksning 
    124-
    moddasida 
    nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Biroq sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida
    tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi arizani ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik
    qilmaydi.
    Arizani ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi, uning ko‘chirma nusxasi undiruvchi va
    qarzdorga yuboriladi.
    Ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.

    Download 1,69 Mb.
    1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   124




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati

    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish