Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish uchun
asoslar quyidagilardan iborat:
1) sud hujjati qabul qilingan paytda mavjud bo‘lgan, lekin arizachiga ma’lum bo‘lmagan va
ma’lum bo‘lishi mumkin bo‘lmagan, ish uchun muhim holatlar;
2) ekspertning bila turib yolg‘on
xulosa berganligi, guvohning bila turib yolg‘on ko‘rsatuvlar
berganligi, bila turib noto‘g‘ri tarjima qilinganligi sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan
aniqlangan bo‘lsa va ular mazkur ish bo‘yicha qonunga xilof yoki asoslanmagan sud hujjati qabul
qilinishiga sabab bo‘lgan bo‘lsa;
3) ishda ishtirok etuvchi shaxsning yoki uning vakilining yoxud sudyaning mazkur ishni ko‘rish
chog‘ida
sodir etilgan, sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi
bilan aniqlangan jinoiy
qilmishlari;
4) ma’muriy sudning yoki fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning, jinoyat ishlari bo‘yicha sudning
yoki iqtisodiy sudning mazkur ish bo‘yicha sud hujjatini qabul qilishga asos bo‘lgan
sud hujjati
yoxud boshqa organning shunday hujjati bekor qilinganligi.