-modda. Taftish instansiyasi sudining ajrimlari ustidan shikoyat qilish (protest




Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/124
Sana18.05.2024
Hajmi1,69 Mb.
#241905
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   124
Bog'liq
MSIYtK

266 -modda. Taftish instansiyasi sudining ajrimlari ustidan shikoyat qilish (protest
keltirish)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy
sudlarining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish
yuritishga qabul qilishni rad etish, qaytarish, taftish tartibidagi shikoyat (protest) bo‘yicha ish
yuritishni tugatish, taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi
ajrimlari ustidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga
ushbu Kodeksda sud hujjati ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berishning belgilangan
muddati ichida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasining taftish
tartibidagi shikoyatni ish yuritishga qabul qilishni rad etish, taftish tartibidagi shikoyatni qaytarish
to‘g‘risidagi ajrimi ushbu Kodeksda taftish tartibida shikoyat berish uchun belgilangan muddat
ichida shikoyat bergan shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining
raisi yoki uning o‘rinbosari tomonidan bekor qilinishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasining taftish
tartibidagi protestni ish yuritishga qabul qilishni rad etish, taftish tartibidagi protestni qaytarish
to‘g‘risidagi ajrimi ustidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sud hujjati ustidan
taftish tartibida protest berish muddati ichida protest keltirilishi mumkin.
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) bo‘yicha ish yuritishni tugatish, taftish tartibidagi
shikoyatni (protestni) ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi ajrim, shuningdek ushbu Kodeksda ustidan
shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Ma’muriy
ishlar bo‘yicha sudlov hay’atining boshqa ajrimlari ustidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining
raisi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining
Rayosatiga ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sud hujjati ustidan taftish tartibida shikoyat
(protest) berish muddati ichida protest keltirilishi mumkin.

Download 1,69 Mb.
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   124




Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 -modda. Taftish instansiyasi sudining ajrimlari ustidan shikoyat qilish (protest

Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish