Taftish
instansiyasi sudi ajrim, qaror ustidan berilgan shikoyatni (protestni) ko‘rish natijalari
bo‘yicha quyidagilarga haqli:
1) ajrimni, qarorni o‘zgarishsiz qoldirishga;
2) ajrimni, qarorni to‘liq yoki qisman o‘zgartirishga yoki bekor qilishga va masalani mazmunan
hal qilishga yoxud ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini o‘z kuchida qoldirishga;
3) ajrimni, qarorni bekor qilishga va arizani (shikoyatni), ishni mazmunan ko‘rish uchun
tegishli instansiya sudiga yuborishga;
4) ajrimni bekor qilishga va arizani (shikoyatni), ish materiallarini ko‘rib chiqish uchun sudga
taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga yuborishga.