• 284-modda. Sud hujjatining qaytarma ijrosi
  • -modda. Ijro varaqasining dublikatini berish




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet122/124
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #241905
    1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   124
    Bog'liq
    MSIYtK

    283-modda. Ijro varaqasining dublikatini berish
    Ijro varaqasi yo‘qotilgan taqdirda, uni bergan sud undiruvchining arizasiga ko‘ra ijro
    varaqasining dublikatini berishi mumkin.
    Ijro varaqasining dublikatini berish to‘g‘risidagi ariza ijro varaqasini ijroga taqdim etish uchun
    belgilangan muddat o‘tguniga qadar berilishi mumkin, bundan ijro varaqasi davlat ijrochisi yoki
    ijroni amalga oshiruvchi boshqa shaxs tomonidan yo‘qotilgan va bu haqda undiruvchiga ijro
    varaqasini ijroga taqdim etish uchun belgilangan muddat o‘tgandan so‘ng ma’lum bo‘lgan hollar
    mustasno. Ushbu hollarda ijro varaqasining dublikatini berish to‘g‘risidagi ariza ijro varaqasi
    yo‘qotilganligi undiruvchiga ma’lum bo‘lgan kundan e’tiboran bir oy ichida berilishi mumkin.
    Ijro varaqasining dublikatini berish to‘g‘risidagi ariza sudga kelib tushgan kundan e’tiboran
    yigirma kunlik muddatda sud majlisida ko‘rib chiqiladi.
    Undiruvchi, qarzdor sud majlisi vaqti va joyi to‘g‘risida ariza kelib tushgan kundan e’tiboran
    besh kundan kechiktirmay chiqarilgan sud ajrimi orqali, ushbu Kodeksning 
    124-moddasida 
    nazarda
    tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Biroq, sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda
    xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi arizani ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
    Arizani ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi, uning ko‘chirma nusxasi undiruvchi va
    qarzdorga yuboriladi.
    Ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
    284-modda. Sud hujjatining qaytarma ijrosi
    Agar ijro etilgan sud hujjati o‘zgartirilib yoki bekor qilinib, bildirilgan talabni to‘liq yoki qisman
    rad etish to‘g‘risida yangi sud hujjati qabul qilinsa yoxud ish yuritish tugatilsa yoki ariza (shikoyat)
    ko‘rmasdan qoldirilsa, bekor qilingan yoki tegishli qismi o‘zgartirilgan sud hujjati bo‘yicha
    arizachining foydasiga undirilgan hamma narsa javobgarga qaytariladi.
    Agar ijro etilmagan sud hujjati bekor qilinib yoki o‘zgartirilib, bildirilgan talabni to‘liq yoxud
    qisman rad etish to‘g‘risida yangi sud hujjati qabul qilinsa yoxud ish yuritish tugatilsa yoki ariza
    (shikoyat) ko‘rmasdan qoldirilsa, sud bekor qilingan yoki tegishli qismi o‘zgartirilgan sud hujjati
    bo‘yicha undirishni to‘liq yoki qisman bekor qilish haqida sud hujjatini qabul qiladi.



    Download 1,69 Mb.
    1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   124




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Ijro varaqasining dublikatini berish

    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish