|
I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar Pdf ko'rish
|
bet | 120/124 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,69 Mb. | | #241905 |
Bog'liq MSIYtK277-modda. Ijro varaqasi
Sud tomonidan berilgan, undiruvchining sud hujjatini majburiy tartibda ijro ettirish huquqini
tasdiqlovchi hujjat ijro varaqasidir.
278-modda. Ijro varaqasini berish
Sud hujjati bo‘yicha bitta ijro varaqasi beriladi, bundan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan
hollar mustasno.
Agar sud hujjatini ijro etish turli joylarda yoxud bir nechta undiruvchi foydasiga amalga
oshirilishi kerak bo‘lsa, sud undiruvchilarning iltimosiga ko‘ra ijro etish joyi yoxud sud hujjatining
ushbu ijro varaqasi bo‘yicha ijro etilishi lozim bo‘lgan qismini ko‘rsatgan holda bir nechta ijro
varaqasini beradi.
Ijro varaqasi sud hujjatini qabul qilgan sud tomonidan beriladi.
Sud hujjati qonuniy kuchga kirganidan so‘ng besh kun ichida ijro varaqasi undiruvchiga
beriladi yoki uning iltimosnomasiga ko‘ra davlat ijrochisiga ijro etish uchun yuboriladi.
Budjetga mablag‘larni undirish uchun ijro varaqasi qarzdor turgan joydagi davlat ijrochisiga
sud hujjati qonuniy kuchga kirgandan so‘ng besh kun ichida yuboriladi.
Ijro varaqasi elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.
279-modda. Ijro varaqasining mazmuni
Ijro varaqasida quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
1) ijro varaqasini bergan sudning nomi;
2) ijro varaqasi berilgan ish va uning raqami;
3) ijro etilishi lozim bo‘lgan sud hujjati qabul qilingan sana;
4) undiruvchi va qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning joylashgan yeri
(pochta manzili) yoki yashash joyi, qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami
(O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa
hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek qarzdor yuridik shaxsning soliq to‘lovchi identifikatsiya
raqami;
5) sud hujjatining xulosa qismi;
6) sud hujjati qonuniy kuchga kirgan sana;
7) ijro varaqasi berilgan sana va uni ijroga taqdim etish muddati.
Ijro varaqasi sudya tomonidan imzolanadi va sudning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
|
| |