Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari, agar sud tomonidan boshqa muddat belgilanmagan
bo‘lsa, ular qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran bir oy ichida ma’muriy organlar, fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa organlar, tashkilotlar, shuningdek mansabdor shaxslar
tomonidan ijro etilishi lozim. Ma’muriy organlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va
boshqa organlar, tashkilotlar, shuningdek mansabdor shaxslar sud hujjati ijro etilganligi to‘g‘risida
sudni xabardor qilishi shart.
Sud hujjati ijro etilmagan taqdirda, ushbu Kodeksning
14-bobida
belgilangan tartibda va
miqdorda birinchi instansiya sudi tomonidan sud jarimasi solinadi hamda sud hujjatini ijro etish
uchun bir oydan oshmaydigan takroriy muddat beriladi.