• 6-modda. Ma’muriy ish
  • -modda. Sudga murojaat qilish shakli




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/124
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #241905
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124
    Bog'liq
    MSIYtK

    5-modda. Sudga murojaat qilish shakli
    Sudga murojaat qilish:
    fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va
    qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi ma’muriy ishlar bo‘yicha, shuningdek ushbu
    Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda — ariza (shikoyat) va iltimosnoma shaklida;
    apellatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyalari sudlariga murojaat etilganda,
    shuningdek ushbu Kodeks hamda boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda shikoyat (protest)
    shaklida amalga oshiriladi.
    Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.


    6-modda. Ma’muriy ish
    Ma’muriy ish ishda ishtirok etuvchi shaxslar va ma’muriy sud ishlarini yuritishning boshqa
    ishtirokchilari tomonidan sudga taqdim etilgan yoxud sud tomonidan talab qilib olingan hujjatlar,
    shuningdek qog‘ozda rasmiylashtirilgan sud hujjatlari va boshqa hujjatlar asosida shakllantiriladi.
    Ma’muriy ish elektron shaklda shakllantirilishi mumkin.
    Ma’muriy ish elektron shaklda shakllantirilgan hollarda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar va
    ma’muriy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari o‘zlarining elektron raqamli imzosi bilan
    tasdiqlangan hujjatlarni sudga elektron shaklda taqdim etishga haqli. Ishda ishtirok etuvchi
    shaxslar va ma’muriy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari tomonidan sudga taqdim
    etilgan yozma hujjatlar ishga elektron shaklda qo‘shib qo‘yiladi, shundan so‘ng yozma hujjatlar
    ularni taqdim etgan shaxslarga qaytariladi.
    Ma’muriy ish elektron shaklda shakllantirilgan taqdirda, sud hujjatlari sudyaning
    (sudyalarning) elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi, sud majlislarining hamda alohida
    protsessual harakatlarning bayonnomalari esa raislik qiluvchining va sud majlisi kotibining elektron
    raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
    Elektron shakldagi ma’muriy ishni boshqa ma’muriy sudga yoki boshqa organga o‘tkazish
    axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
    Elektron shaklda shakllantirilgan ma’muriy ish qog‘ozdagi ko‘chirma nusxasiga ega bo‘lishi
    mumkin.

    Download 1,69 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish