• 13-modda. Sud muhokamasining oshkoraligi
  • 14-modda. Sud muhokamasining bevositaligi
  • -modda. Ma’muriy sud ishlari yuritiladigan til




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/124
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #241905
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124
    Bog'liq
    MSIYtK

    12-modda. Ma’muriy sud ishlari yuritiladigan til
    Ma’muriy sud ishlari o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi
    so‘zlashadigan tilda yuritiladi.
    Ma’muriy sud ishlari yuritilayotgan tilni bilmaydigan sud protsessi ishtirokchilarining tarjimon
    orqali ish materiallari bilan tanishish, sud harakatlarida ishtirok etish hamda sudda o‘z ona tilida
    yoki erkin tanlangan muloqot tilida so‘zlash huquqi ta’minlanadi.
    Sud muhokamasi jarayonida qabul qilinadigan sud hujjatlari sud majlisi qaysi tilda o‘tkazilgan
    bo‘lsa, o‘sha tilda tuziladi.
    13-modda. Sud muhokamasining oshkoraligi
    Sudlarda ishlar muhokamasi oshkora o‘tkaziladi.
    Davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni saqlash zarur bo‘lgan taqdirda,
    ishni yopiq sud majlisida eshitishga yo‘l qo‘yiladi. Ishni yopiq majlisda videokonferensaloqa rejimida
    eshitishga yo‘l qo‘yilmaydi, bunday majlisning audio- va videoyozuvi esa amalga oshirilmaydi.
    Eshitish yopiq sud majlisida o‘tkazilgan taqdirda, ishni elektron shaklda shakllantirishga yo‘l
    qo‘yilmaydi.
    Ishni yopiq sud majlisida muhokama qilish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
    Sudning hal qiluv qarori barcha hollarda oshkora o‘qib eshittiriladi.
    14-modda. Sud muhokamasining bevositaligi
    Sud ma’muriy ishni ko‘rib chiqishda ish bo‘yicha barcha dalillarni bevosita tekshirishi shart.
    15-modda. Ma’muriy ishlarni qonunchilik asosida hal qilish
    Sud ma’muriy ishlarni O‘zbekiston Respublikasi 
    Konstitutsiyasi 
    va qonunlari, boshqa
    qonunchilik hujjatlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida hal
    qiladi.
    Sud ma’muriy ishni ko‘rayotganda ma’muriy organning hujjati qonunga muvofiq emasligini,
    shu jumladan hujjat vakolat doirasidan chetga chiqilgan holda qabul qilinganligini aniqlasa,
    qonunga muvofiq qaror qabul qiladi.
    Nizoli munosabatni tartibga soluvchi huquq normalari mavjud bo‘lmagan taqdirda, sud
    shunga o‘xshash munosabatlarni tartibga soladigan huquq normalarini qo‘llaydi, bunday normalar
    ham mavjud bo‘lmaganda esa nizoni qonunlarning umumiy asoslari va mazmunidan kelib chiqib
    hal qiladi.
    Ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishda qonunchilikdagi barcha bartaraf etib bo‘lmaydigan
    ziddiyatlar va noaniqliklar fuqarolar va yuridik shaxslarning foydasiga talqin etiladi.

    Download 1,69 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Ma’muriy sud ishlari yuritiladigan til

    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish