• 20-modda. Ishni ko‘rishda sudyaning takror ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmasligi
  • -modda. Masalalarni sud tomonidan hay’at tarkibida hal qilish tartibi




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/124
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #241905
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124
    Bog'liq
    MSIYtK

    19-modda. Masalalarni sud tomonidan hay’at tarkibida hal qilish tartibi
    Sud tomonidan ish hay’at tarkibida ko‘rilayotganda yuzaga keladigan masalalar sudyalar
    tomonidan ko‘pchilik ovoz bilan hal qilinadi. Sudyalarning birortasi ovoz berishda betaraf qolishga
    haqli emas. Sud majlisda raislik qiluvchi sudya hammadan keyin ovoz beradi.
    Ko‘pchilikning fikriga qo‘shilmagan sudya sud hujjatiga imzo qo‘yishi shart va u o‘zining
    alohida fikrini yozma shaklda bayon qilishga haqli, alohida fikr muhrlangan konvertda ishga qo‘shib
    qo‘yiladi, lekin e’lon qilinmaydi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudyaning alohida fikri bilan
    tanishtirilmaydi.
    Yuqori instansiya sudi sudyaning alohida fikri bilan tanishishga haqli.
    20-modda. Ishni ko‘rishda sudyaning takror ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmasligi
    Ishni birinchi instansiya sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya, agar sudning hal qiluv qarori
    apellatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi tomonidan bekor qilingan bo‘lsa, shu ishni
    birinchi instansiya sudida yangidan ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas, bundan yangi ochilgan
    holatlar bo‘yicha ishlarni ko‘rish hollari mustasno.
    Ishni birinchi instansiya sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni apellatsiya, kassatsiya
    yoki taftish instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas.
    Ishni apellatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi
    instansiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas.
    Ishni kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya,
    apellatsiya yoki taftish instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas.
    Ishni taftish instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya,
    apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda, shuningdek ishni yuqori turuvchi sud
    tomonidan taftish tartibida qayta ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas.

    Download 1,69 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Masalalarni sud tomonidan hay’at tarkibida hal qilish tartibi

    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish