• 38-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar
  • 40-modda. Taraflar
  • -§. Ma’muriy sud ishlarini yuritish ishtirokchilarining tarkibi, huquq va majburiyatlari




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/124
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #241905
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   124
    Bog'liq
    MSIYtK

    2-§. Ma’muriy sud ishlarini yuritish ishtirokchilarining tarkibi, huquq va majburiyatlari
    37-modda. Ma’muriy sud ishlarini yuritish ishtirokchilarining tarkibi
    Ishda ishtirok etuvchi shaxslar va odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar
    ma’muriy sud ishlarini yuritish ishtirokchilaridir.
    38-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar
    Taraflar, uchinchi shaxslar, prokuror, davlat organlari va boshqa shaxslar o‘z zimmalariga
    yuklatilgan vakolatlarga ko‘ra ishda ishtirok etuvchi shaxslardir.
    39-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari
    Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallari bilan tanishish, ulardan ko‘chirmalar olish,
    ko‘chirma nusxa olish, rad qilish to‘g‘risida arz qilish, dalillar taqdim etish, dalillarni tekshirishda
    ishtirok etish, savollar berish, iltimosnomalar kiritish, arz qilish, sudga og‘zaki va yozma
    tushuntirishlar berish, ishni ko‘rish davomida yuzaga keladigan barcha masalalar bo‘yicha o‘z
    vajlarini, xulosalarini taqdim qilish, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomalari,
    vajlariga e’tiroz bildirish, sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) hamda ushbu
    Kodeksda o‘zlariga berilgan boshqa protsessual huquqlardan foydalanish huquqiga ega.
    Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan protsessual majburiyatlarga
    ega va ular o‘zlariga tegishli barcha protsessual huquqlardan insofli ravishda foydalanishi kerak.
    40-modda. Taraflar
    Arizachi va javobgar ma’muriy sud ishlarini yuritishdagi taraflardir.
    O‘zlarining huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida
    talab taqdim etayotgan yoki manfaatlarini ko‘zlab talab taqdim etilgan fuqarolar va yuridik shaxslar
    arizachilardir.
    Ariza (shikoyat) talabi qaratilgan ma’muriy organlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
    organlari va ularning mansabdor shaxslari javobgarlardir.
    Taraflar teng protsessual huquqlardan foydalanadi.

    Download 1,69 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   124




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -§. Ma’muriy sud ishlarini yuritish ishtirokchilarining tarkibi, huquq va majburiyatlari

    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish