|
I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalarBog'liq MSIYtK2-§. Sudlovga tegishlilik
28-modda. Ishlarning sudlovga tegishliligi
Sudga taalluqli ishlar tumanlararo ma’muriy sudlar tomonidan ko‘riladi, bundan
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari,
shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudloviga tegishli ishlar mustasno.
Investitsiya nizolari bo‘yicha yirik investorning, raqobat to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha
tomonlarning xohishiga ko‘ra ushbu toifadagi ishlar bevosita O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
tomonidan, qolgan investitsiyaviy nizolar investorning xohishiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari tomonidan birinchi
instansiya sudi sifatida ko‘rib chiqiladi.
29-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar
ma’muriy sudlari sudloviga tegishli ishlar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari
birinchi instansiya sudi sifatida davlat sirlari bilan bog‘liq ishlarni ko‘radi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari
alohida holatlarga qarab, har qanday ishni tumanlararo ma’muriy suddan olib qo‘yishga va uni
birinchi instansiya bo‘yicha o‘zining ish yurituviga qabul qilishga, ishni bir suddan boshqasiga
o‘tkazishga haqli.
30-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudloviga tegishli ishlar
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi birinchi instansiya sudi sifatida:
1) idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;
2) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi xatti-harakatlari (qarorlari) yuzasidan
nizolashish haqidagi ishlarni ko‘rib chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi qonun bilan o‘z vakolatlariga kiritilgan boshqa ishlarni ham
birinchi instansiya sudi sifatida ko‘radi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi alohida holatlarga qarab, har qanday ishni istalgan
ma’muriy suddan olib qo‘yishga va uni birinchi instansiya bo‘yicha o‘zining ish yurituviga qabul
qilishga, ishni bir suddan boshqasiga o‘tkazishga haqli.
|
| |